Allamuratova Nilufar Tangirovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek oilalarida yoshlar estetik tafakkuri shakllanishida milliy qadriyatlarning o‘rni”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal406
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik kengash)
Rasmiy opponentlar: Muxtorov Azamat Muxtorovich,falsafa fanlari doktori, professor, Saidkasimov Akbar Isaxonovich falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek oilalarida yoshlar estetik tafakkurining milliy qadriyatlar asosida shakllanishini ijtimoiy falsafa nuqtayi nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar tafakkurida estetik qarashlar pyuralizmining shakllanishi, kreativ va innovatsion badiiy fikrlash kabi estetik munosabatlarning rivojlanish mexanizmlari takomillashuvida oilada milliy qadriyatlarning identiklik xususiyati qaror topishi, estetik tafakkurda nafosatlilik, uyg‘unlik, ulug‘vorlik singari kategoriyalarning dominantlashuvi kabi xususiyatlarning ustuvorligi falsafiy jihatdan asoslangan;
estetik qadriyatlar transformatsiyasi jarayonida o‘zbek oilalarida yoshlar estetik dunyoqarashining shakllanishi va estetik ideal taraqqiyoti ijtimoiy-individual dialog, estetik idealning dinamik evolyusiyasi, qarama-qarshiliklarning birligi kabi dialektik hamda qadriyatlar integratsiyasi, kollaborativ rivojlanish singari sinergetik yondashuvlarga asoslanishi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
o‘zbek oilalarida yoshi ulug‘larning asotir, rivoyat, naql ko‘rinishidagi pand-nasihatlari madaniy vorisiylikni uzatish, vizuallashtirish vositasida estetik tasavvurni shakllantirish, yoshlar estetik tafakkurida etnoestetik tasavvurlar hosil qilish orqali ularda “inson-jamiyat-tabiat” tizimiga nisbatan estetik munosabatni shakllantirishi, badiiy-estetik anglash hamda emotsional aloqadorlikni kuchaytirishi aniqlangan;
oilaviy qadriyatlarning yoshlar estetik va axloqiy tafakkurini shakllantirish jarayoni bilan bevosita aloqadorligi sababli yoshlarda gedonistik, evdomonistik, utilitar yoki altruistik munosabatlarning me’yorlanishi va shakllanishiga intensiv ta’sir ko‘rsatishi aksiologik, praksiologik, estetik nuqtayi nazardan asoslab berilgan.
IV.Natijalarining joriy qilinganligi. o‘zbek oilalari yoshlarining jamiyatda estetik tafakkuri rivojlanishi bilan bog‘liq milliy qadriyatlarni tadqiq etish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
yoshlar tafakkurida estetik qarashlar pyuralizmining shakllanishi, kreativ va innovatsion badiiy fikrlash kabi estetik munosabatlarning rivojlanish mexanizmlari takomillashuvida oilada milliy qadriyatlarning identiklik xususiyati qaror topishi, estetik tafakkurda nafosatlilik, uyg‘unlik, ulug‘vorlik singari kategoriyalarning dominantlashuvi kabi xususiyatlarning ustuvorligi falsafiy jihatdan asoslanganligiga doir taklif-tavsiyalaridan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” mavzusidagi grant loyihasini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 19-dekabrdagi 02/709-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar asosida o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan milliy qadiryatlarining zamonaviy jamiyatda yoshlar estetik ongiga falsafiy tarzda singishiga xizmat qilgan;
estetik qadriyatlar transformatsiyasi jarayonida o‘zbek oilalarida yoshlar estetik dunyoqarashining shakllanishi va estetik ideal taraqqiyoti ijtimoiy-individual dialog, estetik idealning dinamik evolyusiyasi, qarama-qarshiliklarning birligi kabi dialektik hamda qadriyatlar integratsiyasi, kollaborativ rivojlanish singari sinergetik yondashuvlarga asoslanishi falsafiy jihatdan ochib berilganligiga doir xulosadan Evropa Ittifoqining Erasmus+dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 29-noyabrdagi 3361/29.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek oilasida voyaga etayotgan yoshlarning estetik tafakkurining jahondagi atamalar bilan boyishiga, milliy qadriyatlarni keng ko‘lamda o‘rganilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek oilalarida yoshi ulug‘larning asotir, rivoyat, naql ko‘rinishidagi pand-nasihatlari madaniy vorisiylikni uzatish, vizuallashtirish vositasida estetik tasavvurni shakllantirish, yoshlar estetik tafakkurida etnoestetik tasavvurlar hosil qilish orqali ularda “inson-jamiyat-tabiat” tizimiga nisbatan estetik munosabatni shakllantirishi, badiiy-estetik anglash hamda emotsional aloqadorlikni kuchaytirishi aniqlanganligiga oid taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan ish rejasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 22-dekabrdagi 01-03/1633-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyotga ixlosmand o‘zbek yoshlarining estetik tafakkur doirasi yangilanib borishi va milliylikka falsafiy munosabatning kengayishiga xizmat qilgan;
oilaviy qadriyatlarning yoshlar estetik va axloqiy tafakkurini shakllantirish jarayoni bilan bevosita aloqadorligi sababli yoshlarda gedonistik, evdomonistik, utilitar yoki altruistik munosabatlarning me’yorlanishi va shakllanishiga intensiv ta’sir ko‘rsatishi aksiologik, praksiologik, estetik nuqtayi nazardan asoslab berilganligiga doir taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil davomida efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousi, “Assalom O‘zbekiston” tonggi dam olish dasturi teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 6-dekabrdagi 02-13-1992-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek oilalari yoshlari haqida teleko‘rsatuvlar tayyorlash bo‘yicha yangi ma’lumotlar bazasining boyishiga va yoshlar estetik tafakkurida milliy qadriyatlarga hurmat ruhining kuchayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish