Fozilov Xasan Qudratilloevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):Musobaqa davrida burchak oyinchilarining hujum texnik-taktik harakatlarini samaradorligini oshirish” 13.00.04 - “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD.Ped3255.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Abror Shavkatovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmadvaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Akromov Jasur Anvarovich pedagogika, fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mashg‘ulotlar va musobaqa davrida buruchak o‘yinchilarni texnik-taktik xarakatlarini rivojlantrishga qaratilgan kabinatsion o‘yin usullarini ishlab chiqish orqali tayyorgarlik samaradorligni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gandbolchilarni musobaqa faoliyatiga tayyorlashdagi burchak o‘yinchilarining qarshi hujum qilishda tezkor-xarakatni amalga oshirishga qaratilgan taktik rejalarni tashkil etish, debyutlar davomiyligi hamda hujum zonasining ma’lum bir hududida raqamli afzalliklarini joriy video kuzatuv sifat me’yorlarini oshirish orqali yaratish bilan o‘yin jarayonidagi barcha axborotlarni mobil ravishda qayta ishlash samaradorligi oshirilgan;
burchak o‘yinchilarining tayyorgarlik davridagi vositalar hajm va shiddatining samaradorligini oshirish uchun har-xil davomiylikdagi maksimal jismoniy yuklamada anaerob va aerob jarayonlarning umumiy quvvat sarflanishiga ketadigan nisbiy ulushini mashg‘ulot vositalarini qisqa sprint, qarshi xujumdagi tezkor start yugurish turlaridan foydalanib navbatdagi vositalarga organizmni tiklagan holda tezkor moslashish samaradorligi oshirilgan;
musobaqa davrida gandbolchilarni hujumdagi texnik-taktik harakatlarini oshirishga qaratilgan haftalik mashg‘ulotlar vositalarini me’yorlashtirilgan dastur yordamida o‘yinchilarning o‘ng va chap burchakdan to‘pni qarshi hujumda darvozaga otish hamda o‘ng va burchakdan sun’iy himoyachini aldab o‘tib darvozaga to‘p otish kabi maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlar darajasi oshirilgan;
gandbolchilarning xujum harakatlarini darvozabon maydonida yuzaga keladigan murakkab-texnik vaziyatlarda yuqori sifatda bajarish maqsadida taktik kombinatsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan tezkor to‘p uzatish, ortga qaytib burchakdan uzatilgan to‘pni sakrab darvozaga otish kabi musobaqa faoliyatidagi xujum harakatlarini bajarish samaradorligi oshirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Musobaqa davrida burchak o‘yinchilarining texnik-taktik harakatlarini baholash va tahlil qilish yuzasidan olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
gandbolchilarni musobaqa faoliyatiga tayyorlashdagi burchak o‘yinchilarining qarshi hujum qilishda tezkor-xarakatni amalga oshirishga qaratilgan taktik rejalarni tashkil etish, debyutlar davomiyligi hamda hujum zonasining ma’lum bir hududida raqamli afzalliklarini joriy video kuzatuv sifat me’yorlarini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston gandbol federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan milliy terma jamoa o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 9 apreldagi 03-16/3609-son dalolatnomasi). Natijada malakali gandbolchilarning hujum o‘yin tayyorgarligi 17,7% ga yaxshilangan;
burchak o‘yinchilarining tayyorgarlik davridagi vositalar hajm va shiddatining samaradorligini oshirish uchun har-xil davomiylikdagi maksimal jismoniy yuklamada anaerob va aerob jarayonlarning umumiy quvvat sarflanishiga ketadigan nisbiy ulushini mashg‘ulot vositalarini qisqa sprint, qarshi xujumdagi tezkor start yugurish turlaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahri Sport o‘yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan maktabida shug‘ullanuvchi malakali gandbolchilar mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 9 apreldagi 03-16/3609-son dalolatnomasi). Natijada gandbolchilarini oʻyin davomida turli hujum harakatlari boʻyicha qayd etilgan natijalilari 13.27 % o‘sgan;
musobaqa davrida gandbolchilarni hujumdagi texnik-taktik harakatlarini oshirishga qaratilgan haftalik mashg‘ulotlar vositalarini me’yorlashtirilgan dasturdan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport klubida shug‘ullanuvchi malakali gandbolchilar mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 03-16/3609-son ma’lumotnoma). Natijada gandbolchilarini oʻyin davomidagi hujumlar sonini 10 daqiqalik oraliqlar kesimida qayd etilgan natijalari 16.19 % ga oshgan;
gandbolchilarning xujum harakatlarini darvozabon maydonida yuzaga keladigan murakkab-texnik vaziyatlarda yuqori sifatda bajarish maqsadida taktik kombinatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanuvchi malakali gandbolchilar mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 9 apreldagi 03-16/3609-son dalolatnomasi). Natijada turgan joydan uzunlikka sakrash (sm) 4,9 % ga, 60 m.ga yugurish 2,1% ga yaxshilangan.