Ismanjanov Akbar Anvarjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Axborotning fuqaroviy-huquqiy maqomi» 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Yu81.
Ilmiy maslahatchi: Omanbay Okyulov, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat koʼrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Narziev Otabek Sa’dievich, yuridik fanlar doktori, professor; Raimova Nargiza Doroevna, yuridik fanlar doktori, professor; Babakulov Zafar Kurbonnazarovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotning fuqarolik huquqiy maqomini aniqlash va uning maxsus turlari bilan o‘zaro nisbatini belgilash va uyg‘unlashtirish, shuningdek uning fuqarolik almashinuvining optimal mexanizmini aniqlash va shu qatorda axborotning onlayn tarmoqlarda huquq egasining manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq huquqiy echimlar topishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirishni sababli asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslangan holda tashkil etish asoslantirilgan;
“ma’lumotlar sifati va talabi” monitoringi sifatida talab qilingan ma’lumotlarda jamiyat uchun eng katta qiziqish va ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni tushunish asoslantirilgan;
ochiq ma’lumotlar bo‘yicha internet hamjamiyatni shakllantirish va internet jahon axborot tarmog‘ida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda faoliyat yuritayotgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar bozorini yaratish va takomillashtirish zarurligi asoslantirilgan;
genomga oid axborotga ishlov berish shart-sharoitlari uning yo‘qotilishi, buzilishi va undan ruxsatsiz foydalanilishi, xuddi shuningdek qonunga xilof ravishda va (yoki) bexosdan foydalanilishi, va (yoki) genomga oid axborot mavjud bo‘lgan elektron axborot resurslarga ta’sir ko‘rsatilishi imkoniyatini bartaraf etish asoslantirilgan;
genomga oid axborotga ishlov berish genomga oid axborotga ishlov berish shartlariga ko‘ra faqat olingan ma’lumotlarning muhofaza qilinishini ta’minlash bo‘yicha shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotning fuqarolik-huquqiy maqomi va fuqarolik-huquqiy axborot bilan munosabatlarda foydalanish va uni muhofaza qilishning huquqiy jihatlarini aniqlash, tartibga solish va hal qilish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslangan holda tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 23-dekabrdagi 808-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasining O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasidagi joriy holat bo‘yicha 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yiling 1-mart 12/21-08 sondagi dalolatnomasi). Mazkur taklifni amalga oshirilishi ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlanishini aniqlash uchun tegishli ko‘rsatkichlar va indikatorlarini belgilashga imkon bergan;
ma’lumotlar sifati va talabi monitoringi sifatida talab qilingan ma’lumotlar jamiyat uchun eng katta qiziqish va ahamiyatga eta bo‘lgan axborotni tushunish taklifi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 23-dekabrdagi 808-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasining ma’lumotlar ochiqligini metodik ko‘llab-quvvatlashni ta’minlash bo‘yicha 15-bandi va “b” kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yiling 1-mart 12/21-08 sondagi dalolatnomasi); Mazkur taklifni amalga oshirilishi ochiq ma’lumotlarning sifatli ma’lumot talablarini aniqlashga va konsepsiya tomonidan belgilangan chora-tadbirlari orqali sifatli ma’lumotlarni rivojlantirishiga olib kelgan;
ochiq ma’lumotlar bo‘yicha hamjamiyatni shakllantirish va internet jahon axborot tarmog‘ida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda faoliyat yuritayotgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar bozorini yaratish va takomillashtirish bo‘yicha taklifi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 23-dekabrdagi 808-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasining ochiq ma’lumotlar asosidagi dasturiy mahsulotlar va xizmatlar bozorini yaratish va takomillashtirish bo‘yicha 21-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yiling 1-mart 12/21-08 sondagi dalolatnomasi). Mazkur taklifni amalga oshirilishi ochiq ma’lumotlar bo‘yicha hamjamiyatni shakllantirish va Internet jahon axborot tarmog‘ida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda faoliyat yuritayotgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar bozorini yaratish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
genomga oid axborotga ishlov berish shart-sharoitlari uning yo‘qotilishi, buzilishi va undan ruxsatsiz foydalanilishi, xuddi shuningdek qonunga xilof ravishda va (yoki) bexosdan foydalanilishi, va (yoki) genomga oid axborot mavjud bo‘lgan elektron axborot resurslarga ta’sir ko‘rsatilishi imkoniyatini istisno etishini ta’minlash talabi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-noyabrdagi “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-649-sonli Qonuni 23-moddasini genomga oid axborotga ishlov berish va uni muhofaza qilishga doir asosiy talablarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Senatining Sud-hukuk masalalari va Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 24-mart 2021-yil tomonidan 8-sondagi dalolatnomasi). Mazkur taklifni amalga oshirilishi genomga oid axborot mavjud bo‘lgan elektron axborot resurslarga ta’sir ko‘rsatilishi imkoniyatini bartaraf etishini ta’minlagan;
genomga oid axborotga ishlov berish, faqat olingan ma’lumotlarning muhofaza qilinishini ta’minlash bo‘yicha shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilish bo‘yicha qoidasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-noyabrdagi “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-649-sonli Qonuni 23-moddasini, genomga oid axborotga ishlov berish va uni muhofaza qilishga doir asosiy talablarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Senatining Sud-hukuk masalalari va Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 24-mart 2021-yil tomonidan 8-sondagi dalolatnomasi). Mazkur taklifni amalga oshirilishi genomga oid ma’lumotni shart-sharoitlar bo‘lmasa ishlov berishni bartaraf etishni ta’minlagan.