Hamroev Umid Muhammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani kengaytirishda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2015
Ilmiy rahbar: Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisod fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Babajonov Davronbek Jumamuratovich, i.f.f. doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mol-mulk solig‘i bazasini kengaytirishda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuridik shaxslar uchun bazaviy soliq stavkasini belgilangan ob’ektlarga nisbatan pasaytirilgan 0,4 foizli darajasini 0,5 foizga indeksatsiya qilish orqali mahalliy byudjet daromadlar bazasini kengaytirish hamda korxonalar moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash asoslangan;
mol-mulk solig‘ini hisoblashda bino va inshootlar bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazasi (liniyali ob’ektlar va tugallanmagan qurilish ob’ektlari bundan mustasno) ob’ektlari 1 kv. metr uchun hududlar kesimida mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lmagan miqdorlar belgilash taklifi asoslangan;
mol-mulklarni soliqqa tortishda yagona yondashuv sifatida tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berilgan va tadbirkorlik faoliyatida foydalanayotgan noturar joy mulk ob’ektlariga yuridik shaxslar uchun belgilangan mol-mulk solig‘ining 1,5 foizli soliq stavkasini qo‘llash taklifi asoslangan;
normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlarga nisbatan soliq stavkasini 3 foiz miqdorida belgilash asosida yuridik shaxslarning mol-mulkiga nisbatan oshirilgan soliq stavkalari orqali ta’sirchan choralar qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarni soliqqa tortish tartibini saqlab qolish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani kengaytirishda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuridik shaxslar uchun bazaviy soliq stavkasini belgilangan ob’ektlarga nisbatan pasaytirilgan 0,4 foizli darajasini 0,5 foizga indeksatsiya qilish orqali mahalliy byudjet daromadlar bazasini kengaytirish hamda korxonalar moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni asosida 415-moddaning to‘rtinchi qismiga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 21 maydagi 16/1-49497-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahalliy byudjet daromadlaridagi mol-mulk solig‘i tushum va moliyaviy mustaqilligini oshirish imkoni yaratilib, mol-mulk solig‘i bo‘yicha 257 ta korxona bo‘yicha hisoblangan soliqlar 64,3 mlrd. so‘mga oshgan;
mol-mulk solig‘ini hisoblashda bino va inshootlar bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazasi (liniyali ob’ektlar va tugallanmagan qurilish ob’ektlari bundan mustasno) ob’ektlari 1 kv. metr uchun hududlar kesimida mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lmagan miqdorlar belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni 412-moddaning birinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 21 maydagi 16/1-49497-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika bo‘yicha 2022 yil jami 68 809 ta soliq to‘lovchilarga 2 786,1 mlrd.so‘m (2021 yilda 64 542 ta, 1 670,6 mlrd so‘m) yuridik shaxslardan mol-mulk soliqlari hisoblangan va mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha soliq tushishiga imkon yaratilgan;
normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlarga nisbatan soliq stavkasini 3 foiz miqdorida belgilash asosida yuridik shaxslarning mol-mulkiga nisbatan oshirilgan soliq stavkalari orqali ta’sirchan choralar qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarni soliqqa tortish tartibini saqlab qolish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni bilan 422-moddaning beshinchi qismida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 21 maydagi 16/1-49497-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yil va 2023 yilning 1 iyun` holatiga oshirilgan stavkalarda 3,1 trln.so‘m soliqlar hisoblangan holda qo‘shimcha soliqlar tushishi imkoni yaratilgan;
mol-mulklarni soliqqa tortishda yagona yondashuv sifatida tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berilgan va tadbirkorlik faoliyatida foydalanayotgan noturar joy mulk ob’ektlariga yuridik shaxslar uchun belgilangan mol-mulk solig‘ining 1,5 foizli soliq stavkasini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 28 dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonuni 420-moddaning ikkinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 21 maydagi 16/1-49497-son ma’lumotnoma).Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024 yilda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 6 234,8 gektarlik 305302 ta noturar ob’ektlarga 1 062 mlrd so‘mlik (2023 yilda 272 mlrd so‘m bo‘lgan) mol-mulk solig‘i undirilishi belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish