Yakubov Nurbek Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Hududlarda aholi turmush darajasini monitoring qilishning o‘ziga xos xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD /Iqt1579.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedov Tursun Muxitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, (DSc) professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, DSc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otaboev Sherzodbek Xudayberganovich, falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida aholi turmush darajasini monitoring qilish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududiy-funksional ierarxiya (respublika - viloyat - tuman - mahalla) tamoyiliga asoslangan tizimli va monitoringni tashkil etishni ommaviy, davriy va epizodik xizmatlar turlariga ajratgan holda aholi ehtiyojlari asosida shakllantirish uslubiyoti takomillashtirilgan;
Xorazm viloyatining eng qoloq hududlarida xizmat ko‘rsatish sohasi holatini sotsiologik so‘rovlar yordamida monitoring qilish Bog‘ot, Shovot va Xiva tumanlarining mahallalarida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
chekka qishloq hududlaridagi aholi joylashuvi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularda tezkor internet, elektron savdo, onlayn shifokor, masofaviy ta’lim kabi innovatsion xizmat turlarini rivojlantirish tavsiya etilgan;
viloyat aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda viloyat va tumanlar kesimida xizmat ko‘rsatish sohasini 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan va ularni monitoring qiluvchi axborot-tahliliy tizim arxitekturasi tegishli vazirlik va hududiy idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish asosida taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyati hududlarda aholi turmush darajasini monitoring qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va undan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar asosida:
viloyat – tuman – mahalla kesimlarida aholining turmush darajasini tizimli monitoring qilishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy yondashuv bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi 154-son “2022 – 2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorning 4-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 02/22-1/48 son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024 yil 14 maydagi 7-1477 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amalga oshirilishi aholining real ehtiyojidan kelib chiqqan holda mamlakat, viloyatlar, shaharlar, tumanlar va mahallalar miqyosida xizmatlar turlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, maqsadli investisiya loyihalarini joylashtirish imkonini bergan;
Xorazm viloyatining nisbatan past rivojlangan hududlari mahallalarida xizmatlar sohasining holati monitoringi natijalari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining 11.13-ilovasini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 02/22-1/48 son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024 yil 14 maydagi 7-1477 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi viloyatning nisbatan past rivojlangan tumanlarida tadirkorlar tomonidan yangi xizmat ob’ektlarini joylashtirish orqali xizmatlar sohasining barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashga imkon bergan;
qishloq joylarida aholi joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularda innovatsion xizmatlarning tezkor internet, elektron savdo, onlayn doktor, masofaviy o‘qitish kabi turlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining 10-ilovasini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 02/22-1/48 son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024 yil 14 maydagi 7-1477 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Xorazm viloyatining qishloq joylarida innovatsion xizmat turlarini rivojlantirishni manzilli qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshirilgan;
Aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Xorazm viloyatning tumanlarida xizmat sohasini 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi 154-son “2022 – 2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasini 1-ilovasini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 02/22-1/48 son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024 yil 14 maydagi 7-1477 son ma’lumotnomasi). Xizmatlar sohasini rivojlantirishning tavsiya etilgan maqsadli parametrlarini tumanlar kesimida qo‘llash mintaqalar orasidagi farqni 2 marta kamaytirishga imkon beradi.