Ro‘ziev Muzaffar Ortiq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kaskadli mashina kanallaridagi beqaror suv harakatining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish (Qarshi magistral kanali misolida)” mavzusidagi 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4780
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
 Xudaykulov Savet Ishankulovich – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti “Suv omborlari va ularning xavfsizligi” laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori,  professor  (05.09.07)
Axmedxodjaeva Ifoda Axmadjanovna – “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti professori, t.f.n., (05.09.07)                                    
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kaskadli mashina kanallaridagi nasos stansiyalarining ish rejimiga bog‘liq ravishda kanalda sodir bo‘ladigan  beqaror suv harakatini hisoblashning gidravlik usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Reynol`ds, N`yuton, Eyler va gomoxronlik mezonlari asosida, mashina kanalidagi suv oqimining gidravlik parametrlarining dinamikasi hamda nasos agregatlarining energetik harakteristikalarining o‘zaro bog‘liqligini  harakterlovchi gidravlik model` ishlab chiqilgan;
Nasos stansiyasining ish rejimiga bog‘liq holda mashina kanalida sodir bo‘ladigan beqaror suv harakatining matematik modeli takomillashtirilgan;
Suv keltiruvchi kanaldagi suv sathini o‘zgarishiga bog‘liq holda mashina kanalining nasos stansiyalaridagi o‘tish jarayonlarini  gidravlik hisobi takomillashtirilgan;
Qarshi mashina kanali kaskadidagi nasos stansiyalari ish rejimini boshqarishning kompyuter dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kaskadli mashina kanallaridagi nasos stansiyalarining ish rejimiga bog‘liq ravishda kanalda sodir bo‘ladigan  beqaror suv harakatini hisoblashning gidravlik usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qarshi mashina kanali kaskadidagi Hacoc ctansiyalarining ish rejimini boshqarishning kompyuter dasturi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi  faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi cyv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 22-iyundagi 03/17-2224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kackadli mashina kanalida 2-3 foiz suv resurslarini iqtisod qilinishiga erishilgan.
nacoc ctansiyalarining ish rejimiga bog‘liq ravishda kanal uchastkalarida sodir bo‘ladigan beqaror suv harakatining matematik modeli Qashqadaryo viloti  Hacoc ctansiyalari va energetika boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 22-iyundagi 03/17-2224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nacoc ctansiyalarini xavfsiz va ishonchli ishlash holati yaxshilanib, 0,5-0,6 foiz elektr energiya xarajatlarini iqtisod qilinishiga imkoniyat yaratilgan.
suv keltiruvchi kanaldagi suv sathini o‘zgarishiga bog‘liq holda mashina kanalining nacoc ctansiyalaridagi o‘tish jarayonlarning gidravlik hisoblash usuli Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil          22-iyundagi 03/17-2224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada magistral kanallaridagi nasas ctansiyalarini xavfsiz va ishonchli ishlash holati yaxshilanib, elektr energiyasi xarajatlarini 0,1-0,2 foiz iqtisod qilinishiga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish