Karimova Muattar Sharifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pka eksperimental pnevmosklerozida qalqonsimon bezning xujayra strukturalari tuzilishining morfofunksional xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2368.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: «Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti  (Tojikiston Respublikasi)»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oq zotsiz kalamushlarda postnatal ontogenezda qalqonsimon bezning normal sharoitda, eksperimental pnevmosklerozda xamda anor danagi moyi bilan korreksiya qilingandan keyingi morfofunksional xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda follikula hajmining nisbatan kichrayishi, follikula bo‘shlig‘ida kolloid miqdorining kamayishi, kolloid quyuqlashishi hamda tirotsit hujayra hajmini kichrayishi va ko‘pchiligining yassi shaklda o‘zgarishi, follikula devorida va interstisial to‘qimada kollagen tolalar miqdori oshishi asoslangan;
eksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda morfometrik ko‘rsatkichlarga asoslanib tomir o‘zani nisbiy yuzasining,  tirotsit hujayralari balandligi va stroma nisbatining markaziy hamda  periferik qismlarida oshishi aniqlangan;
eksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda anor danagi moyi bilan korreksiya qilinganda qalqonsimon bezning morfologik va gistomorfometrik ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’siri isbotlangan;
eksperimental pnevmoskleroz guruhida TTG gormonini nisbatan oshishi, T3 va T4 gormonlarining nisbatan pasayishi, anor danagi moyi qo‘llanilganda T3 va T4 gormonlarining normal ko‘rsatkichlarga yaqinlashganligini asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pka eksperimental pnevmosklerozida qalqonsimon bezning xujayra strukturalari tuzilishining morfofunksional xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda follikula hajmining nisbatan kichrayishi, follikula bo‘shlig‘ida kolloid miqdorining kamayishi, kolloid quyuqlashishi hamda tirotsit hujayra hajmini kichrayishi va ko‘pchiligining yassi shaklda o‘zgarishi, follikula devorida va interstisial to‘qimada kollagen tolalar miqdori oshishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 noyabrda 23-m/128-son bilan tasdiqlangan «Tajriba usulida o‘pka pnevmosklerozi chaqirilganda qalqonsimon bezdagi morfologik o‘zgarishlarning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 31.10.2023 yildagi 01/328-son hamda Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka pnevmosklerozida qalqonsimon bez epiteliy xujayralari va to‘kimalardagi patologik jarayonlarning qiyosiy tavsifi ochib berilganligi og‘ir asoratlar rivojlanishini oldini olishda profilaktik va davolovchi vora tadbirlarni ishlab chiqishni takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pka pnevmosklerozida yuz beradigan o‘zgarishlar va qalqonsimon bez xujayralarining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik xolatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 1198700 so‘mga iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: eksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda morfometrik ko‘rsatkichlarga asoslanib tomir o‘zani nisbiy yuzasining,  tirotsit hujayralari balandligi va stroma nisbatining markaziy hamda periferik qismlarida oshishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 noyabrda 23-m/128-son bilan tasdiqlangan «Tajriba usulida o‘pka pnevmosklerozi chaqirilganda qalqonsimon bezdagi morfologik o‘zgarishlarning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 31.10.2023 yildagi 01/328-son hamda Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka pnevmosklerozi kasalligida tajriba hayvonlari qalqonsimon bezidagi morfologik o‘zgarishlarni xususiyatlarini o‘rganish orqali, ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlarda davolash taktikasiga o‘zgartirishlar kiritilishini inobatga olinishi nogironlikni oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pka pnevmosklerozida yuz beradigan o‘zgarishlar va qalqonsimon bez xujayralarining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik xolatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 1198700 so‘mga iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda anor danagi moyi bilan korreksiya qilinganda qalqonsimon bezning morfologik va gistomorfometrik ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’siri isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 noyabrda 23-m/128-son bilan tasdiqlangan «Tajriba usulida o‘pka pnevmosklerozi chaqirilganda qalqonsimon bezdagi morfologik o‘zgarishlarning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 31.10.2023 yildagi 01/328-son hamda Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: O‘pka pnevmosklerozi paytida qalqonsimon bez hujayralarining parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi bilan bir qatorda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pka pnevmosklerozida yuz beradigan o‘zgarishlar va qalqonsimon bez xujayralarining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik xolatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 1198700 so‘mga iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: eksperimental pnevmoskleroz guruhida TTG gormonini nisbatan oshishi, T3 va T4 gormonlarining nisbatan pasayishi, anor danagi moyi qo‘llanilganda T3 va T4 gormonlarining normal ko‘rsatkichlarga yaqinlashganligini asoslanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 noyabrda 23-m/128-son bilan tasdiqlangan «Tajriba usulida o‘pka pnevmosklerozi chaqirilganda qalqonsimon bezdagi morfologik o‘zgarishlarning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 31.10.2023 yildagi 01/328-son hamda Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.10.2023 yildagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: anor danagi moyining davolovchi ta’siri aniqlanishi uning pnevmosklerozda qo‘llanilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tugdiruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pka pnevmosklerozida yuz beradigan o‘zgarishlar va qalqonsimon bez xujayralarining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik xolatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 1198700 so‘mga iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish