Rahmatova Maloxat Jumaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alcea nudiflora va Alcea rosea o‘simliklarining neytral moddalari», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/K82.
Ilmiy rahbar: Xidirova Nazira Qudratovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Maksudov Muzaffar Salimjonovich,kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alcea nudiflora va Alcea rosea o‘simliklari ekstraktlari neytral moddalarini ajratib olish, ularning kimyoviy tarkibi va farmakologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Alcea nudiflora o‘simligi ekstraktining neytral moddalari yig‘indisi tarkibida 28 ta, Alcea rosea o‘simligida esa 18 ta ushbu o‘simliklar uchun yangi terpenoidlar aniqlangan;
Alcea nudiflora va Alcea rosea o‘simliklari neytral moddalarining asosiy komponentlaridan biri biologik faol poliprenollar ekanligi, ular o‘z molekulasida 8–14 gacha izopren zvenosi tutgan fikaprenol tipidagi poliprenollarga mansubligi aniqlangan;
Alcea nudiflora va Alcea rosea o‘simliklarining neytral moddalari yig‘indisi, poliprenollar, fitol, skvalen, ά-tokoferollar, sterinlar, nonakozanol, geksakozanol, geptakozan, pentakozan, trikozanlar ajratib olingan va poliprenollar olish usuli takomillashtirilgan;
Alcea nudiflora o‘simligi poliprenollarining va ular asosidagi “Prenalon” dorivor vositasining farmakologik faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alcea nudiflora va Alcea rosea o‘simliklari ekstraktlari neytral moddalarini ajratib olish, ularning kimyoviy tarkibi va farmakologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
terida almashinuv jarayonini yaxshilovchi vosita olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04396, 2011 y.). Natijada poliprenollar va neytral moddalar yig‘indisidan tibbiyot va kosmetologiyada teridagi moddalar almashinuvini yaxshilovchi vositalar yaratish imkonini bergan;
Alcea nudiflora L. neytral moddalari yig‘indisi asosida yaratilgan Prenalon vositasi kosmetologiyada biologik faol qo‘shimcha sifatida qo‘llash, teridagi metabolizmni yaxshilashi va yuz terisi uchun samarali kremlar tayyorlashda “Bioline kosmetiks” O‘zbekiston–Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (Bioline kosmetiks” O‘zbekiston–Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasining 2018 yil 15 martdagi 15/18-son ma’lumotnomasi). Natijada yuz terisi uchun samarali kremlar yaratish imkonini bergan;
Alcea nudiflora o‘simligi neytral moddalari yig‘indisining asosiy moddasi bo‘lgan poliprenollardan FA-A11-T029 raqamli “Mahalliy xomashyo polifenollari va izoprenoidlari asosida radioprotektor vositalarni ishlab chiqish” mavzusidagi loyihada Alcea nudiflora o‘simligi poliprenollarining radioprotektorlik faolligini taqqoslashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 18 dekabrdagi FTA-02-11/1321-son ma’lumotnomasi). Natijada poliprenollarni radioprotektorlik faolligini aniqlash imkonini bergan.