Saidakbarov Xusniddin Abdisalom uglining
Iqtisodyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Boshqaruv hisobi tizimida biznes jarayonlari hisobi va ularning metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1. DSc /Iqt460.
Ilmiy maslahatchi: Abdisalomova Nodira Bahodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zsuvta’minot” AJ.
IK faoliyat muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdug‘affor Karimovich -iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Mamayunus Qarshiboevich -iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich -iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi boshqaruv hisobi tizimida biznes jarayonlari va ularning hisobi metodologiyasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv ta’minoti korxonalarida biznes jarayonlarini qo‘shilgan qiymatning yaratilishiga ta’sir etish darajasiga ko‘ra boshqaruv hisobini tashkil etishning yangi belgisi sifatida jarayonga yo‘naltirilgan boshqaruv va mahsulotning hayotiy sikli bosqichlarini boshqarish elementlarini qo‘llash shartlari asoslangan;
biznes jarayonlari va mahsulot hayotiy siklining bosqichlari bo‘yicha boshqaruv hisobining har bir jarayon va hayotiy sikl bosqichida tannarx va moliyaviy natijalarni alohida aniqlash variantlarini nazarda tutgan holda axborotni shakllantirish imkonini beruvchi va hisob yuritish algoritmlari hamda korrespondensiyalovchi yozuvlari inobatga olinib hisoblash tizimi ishlab chiqilgan;
ichimlik suvini ishlab chiqarish, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bilan bog‘liq yo‘qotishlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishda 2200 – “Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi yo‘qotishlar” nomli ishchi schyotini ochish hamda ushbu schyotni amaliy qo‘llash bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari tizimi taklif etilgan;
“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish yuklama xarajatlari xususiyatlari hamda ichimlik suvini ishlab chiqarish jarayonida tabiiy yo‘qotishlar ulushining yuqoriligini hisobga olgan holda suv ta’minot tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarishdagi va xizmat ko‘rsatishdagi yo‘qotishlarni iste’moldagi sarflar va yo‘qotishlar, texnologik sarflar va yo‘qotishlar, hisobga olinmagan yo‘qotishlar toifalariga ajratgan holda hisobini yuritish taklifi asoslangan;
“O‘zsuvta’minot” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qilingan xarajatdagi yo‘qotishlarni hisoblashning moliyaviy hisobot iste’molchilariga taqdim etiladigan ma’lumotlarga bo‘lgan sifat tavsiflari bo‘yicha talabni qondirish jihatidan metodologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshqaruv hisobi tizimida biznes jarayonlari va ularning hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
suv ta’minoti korxonalarida boshqaruv hisobini tashkil etishda jarayonga yo‘naltirilgan boshqaruv va mahsulotning hayotiy sikli bosqichlarini boshqarish elementlarini qo‘llash shartlari aniqlanib, biznes jarayonlarini qo‘shilgan qiymatning yaratilishiga ta’sir etish darajasi va raqamlashtirish imkoniyatlari bo‘yicha tasniflashning yangi belgilari taklifi “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan boshqaruv hisobini tashkil etishda foydalanilgan (“O‘zsuvta’minot” AJning 2024 yil 9 yanvardagi 2/20-56-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, suv ta’minoti korxonalarida “ishlab chiqish/joriy etish – o‘sish – rivojlanish/etuklik – yuqori samara – pasayish” elementlari asosida qiymatlar zanjirining namunaviy elementlari va mahsulot hayotiy siklining bosqichlari asosida biznes jarayonlarining tuzilmasi ishlab chiqilgan bo‘lib, marjinal tahlil, buxgalteriya hisobi bazasidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, xavf-xatarlarni hisobga olish va tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
biznes jarayonlari va mahsulot hayotiy siklining bosqichlari bo‘yicha boshqaruv hisobining har bir jarayon va hayotiy sikl bosqichida tannarx va moliyaviy natijalarni alohida aniqlash variantlarini nazarda tutgan holda, axborotni shakllantirish imkonini beruvchi va hisob yuritish algoritmlari va korrespondensiyalovchi yozuvlarni o‘z ichiga olgan hisoblash tizimi “O‘zsuvta’minot” AJ tarkibidagi korxonalar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minot” AJning 2024 yil 9 yanvardagi 2/20-56-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalaniladigan suvni tayyorlash, qayta ishlash va saqlash qurilmalari hayotiy siklining qisqarishi sharoitida biznes jarayonlari va hayotiy sikl bosqichlarini amalga oshirishning buxgalteriya hisobidan mustaqil bo‘lgan moliyaviy natijalarini aniqlash maqsadida, buxgalteriya yozuvlari metodikasini faol ravishda o‘zgartirish imkonini bergan;
jarayonli yondashuvni hisobga olgan holda operatsion ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash; byudjetlashtirishning integratsiyalashgan maqsadli jarayonga yo‘naltirilgan modelini ishlab chiqish; axborot bloklarini, byudjetlarning tarkibi va mazmunini aniqlash; biznes jarayonlarini tavsiflash va tartibga solish; monitoring, tahlil qilish va xatarlarni kamaytirish tartiblarini ishlab chiqish kabi bosqichlar asosida biznes jarayonlarining tezkor moliyaviy kontrollingi tizimini shakllantirish metodikasi “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minot” AJning 2024 yil 9 yanvardagi 2/20-56-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida minimal xavf-xatarlarni hisobga olgan holda rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, biznes jarayonlarining o‘zaro hamkorligini va bo‘linmalar, biznes birliklari, umuman, faoliyat natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash imkonini beruvchi tashxislash tartibotlarini amalga oshirish algoritmi sifatida biznes jarayonlarining strategik moliyaviy kontrolling tizimini nazorat qilish imkoniyati yaratilgan;
“O‘zsuvta’minot” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha qilingan xarajatdagi yo‘qotishlarni hisoblash metodologiyasi “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minot” AJning 2024 yil 9 yanvardagi 2/20-56-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdagi metodik formulalarning amaliyotga joriy etilishi natijasida, “O‘zsuvta’minot”
AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha qilingan xarajatdagi yo‘qotishlarni hisoblashda aniqlikka va shaffoflikka erishilgan;
ichimlik suvini ishlab chiqarish, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bilan bog‘liq yo‘qotishlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishda 2200 – “Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi yo‘qotishlar”nomli ishchi schyotini ochish hamda ushbu schyotni amaliy qo‘llash bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari tizimi “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minot” AJning 2024 yil 9 yanvardagi 2/20-56-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, 1-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo‘llash” nomli Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS), 1-son “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” nomli Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (BHXS), Moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning konseptual asosi va boshqa xalqaro standartlardagi moliyaviy hisobot iste’molchilariga taqdim etiladigan ma’lumotlarga bo‘lgan sifat tavsiflari bo‘yicha talabining qondirilishiga erishilgan.