Sayidov Nozimjon Abdulnosirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuchli elektromagnit maydon ta’siridagi nano o‘lchamli yarimo‘tkazgichlarda magnitooptik yutilish koeffisienti va magnitoqarshilik ossillyasiyalarining haroratga bog‘liqligini modellashtirish» 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM986
    Ilmiy rahbar: Erkaboev Ulug‘bek Inayatillaevich, “Informatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Onarkulov Karimberdi Egamberdievich – Farg‘ona davlat universiteti, kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nosirov Murodjon Zokirovich –  Andijon davlat universiteti professori, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuchli elektromagnit maydon ta’siridagi nano o‘lchamli yarimo‘tkazgichlarda magnitooptik yutilish koeffisienti va magnitoqarshilik ossillyasiyalarining haroratga bog‘liqligini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, to‘g‘ri zonali nanostrukturali yarimo‘tkazgichlarda zonalararo magnitooptik yutulish koeffisienti ossillyasiyalarining haroratga bog‘liqligini kombinirlangan holatlar zichligining delta-funksiyalarini qatorga yoyish usuli yordamida asoslangan;  
kuchli magnit maydondagi kvant o‘lchamli yarimo‘tkazgichlarning kombinirlangan holatlar zichligini haroratga bog‘liqligini hisoblashning yangi metodi taklif etilgan;   
ikki o‘lchamli kombinirlangan holatlar zichligi ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligini matematik modeli ishlab chiqilgan;
o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydondagi kvant o‘rali geterostrukturali yarimo‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanlik ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligini ifodalovchi yangi analitik ifodalar topilgan;
taklif etilayotgan model yordamida, to‘g‘ri zonali nanostrukturali yarimo‘tkazgichlarning kvant effekti ossillyasiyalarini harorat, magnit maydon kuchlanganligi va kuchli elektromagnit to‘lqin quvvatlariga bog‘liqligini differensial tenglamalari keltirib chiqarilgan va ular asosida tajriba natijalari tushuntirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kuchli elektromagnit maydon ta’siridagi nanostrukturali yarimo‘tkazgichlarda magnitooptik yutulish koeffisienti va magnitoqarshilik ossillyasiyalarining haroratga bog‘liqligini modellashtirish natijalari asosida:
nanostrukturali yarimo‘tkazgichlarning magnitooptik yutulish koeffisientini haroratga bog‘liqligini hisoblashda olingan natijalardan “To‘g‘ri zonali bo‘lmagan yarimo‘tkazgichli kvant nuqtalar: lokallashgan eksiton spinlarining dinamikasi va rekombinatsiyasi” mavzusidagi № 19-02-00098 raqamli amaliy loyihada bajarishga qo‘llanilgan (Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘liming A.V.Rjanov nomidagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi institutining 2024 yil 9 yanvardagi № 15307-26-6804 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanishda loyihadagi kvant o‘lchamli yarimo‘tkazgichlarning magnitooptik yutulish koeffisientini 1.3% ga oshirish imkonini bergan;
o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydondagi nanoo‘lchamli yarimo‘tkazgichlarda kvant effekti ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligini aniqlashda olingan natijalardan “O‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydondagi deformatsiyalangan p-n-o‘tish volt-amper xarakteristikasiga yorug‘likning ta’sirini tadqiq etish” mavzusidagi OT-F2-71 raqamli fundamental grantni bajarishda qo‘llanilgan (Namangan muhandislik-qurilish institutining 2024 yil 8 fevraldagi №06/10- 09/122 sonli malumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanishda loyihadagi magnitoqarshilik kattaligini 3.5% ga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish