Umarxonov Azizxon Sharipxonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi, kriminalistika va tezkor-qidiruv huquq; sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Yu302.
Ilmiy rahbar: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti DSc.32.30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Inog‘omjonova Zumradxon Fatxullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Rajabov Baxtiyor Almaxmatovich, yuridik fanlar doktori, professor; Bazarova Dildora Baxadirovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tergovga qadar tekshiruv davrida ham jinoyat protsessi ishtirokchilarini xavfsizligini ta’minlash choralari qo‘llanilishiga va ularning xayoti, sog‘ligi va mulkini muhofaza qilish choralari qo‘llanilishi asoslangan;
shaxsni jinoyat protsessida ishtirok etganligi munosabati bilan o‘ldirish, unga zo‘rlik ishlatish, uning mol-mulkini yo‘q qilish yoki mol-mulkiga shikast etkazishning aniq tahdidi mavjudligi xavfsizlik choralarini qo‘llash asosi bo‘lib xizmat qilishi asoslangan;
jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlanishi choralarining qo‘llanilganligi mazkur shaxslarning boshqa huquq va manfaatlarini cheklanishiga olib kelmasligi va ularning kafolatlari to‘liq ravishda amalga oshirilishini ta’minlanishi shartligi asoslangan;
jinoyat protsessi ishtirokchilarini ularga nisbatan ularning xavfsizligini ta’minlash choralari qo‘llanilishi, bu choralarning o‘zgartirilishi, ularga qo‘shimchalar kiritilishi yoki ularning qo‘llanilishi bekor qilinishi to‘g‘risida, shuningdek himoya qilishni ta’minlash bilan bog‘liq qarorlar qabul qilinishi haqida o‘z vaqtida xabardor etish zarurligi asoslangan;
xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror, ajrimda xavfsizlik choralari qo‘llanilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar; xavfsizlik choralarini qo‘llash asoslari (tahdidning xususiyati va boshqa holatlar); xavfsizlik choralarining turlari; xavfsizlik choralarini ta’minlash topshirilayotgan organ aks ettirilishi lozimligi asoslangan;
jinoyat ishi materiallaridan va davlat organlari va tashkilotlarining axborot bazalaridan himoya qilinayotgan shaxsning shaxsiyatiga oid ma’lumotlarni qonunda nazarda tutilgan tartibdan tashqari, uchinchi shaxslarga berish ta’qiqlanishi shartligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
himoya qilish choralari jinoyat ishi qo‘zg‘atilguniga qadar arizachiga, jinoyat shohidiga yoki jinoyatning oldini olishga yoxud uni fosh etishga ko‘maklashuvchi shaxslarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkinligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 14 yanvardagi O‘RQ–515-son Qonunining 4-moddasi 3-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 12 iyundagi 06/2-08-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tergovga qadar tekshiruv davrida ham jinoyat protsessi ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash choralari qo‘llanilishiga va ularning hayoti, sog‘ligi va mulkini muhofaza qilish choralari qo‘llanilishining huquqiy asoslari yaratilishiga xizmat qilgan;
himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qiluvchi organ aniqlagan himoya qilinuvchi shaxsni jinoyat protsessida ishtirok etganligi munosabati bilan unga zo‘rlik ishlatish, mol-mulkini yo‘q qilish yoki shikast etkazish yoxud uni o‘ldirishning aniq tahdidi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar xavfsizlik choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lishi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 14 yanvardagi O‘RQ–515-son Qonunining 16-moddasi 1-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 12 iyundagi 06/2-08-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessi ishtirokchilariga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan g‘ayriqonuniy ta’sirning oldi olinishini yoki bartaraf etilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
qo‘llanilayotgan xavfsizlik choralari himoya qilinuvchi va boshqa shaxslarning uy-joyga, mehnatga, pensiyaga oid huquqlarini va boshqa huquqlarini cheklamasligi lozimligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 14 yanvardagi O‘RQ–515-son Qonunining 18-moddasi 4-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 12 iyundagi 06/2-08-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlanishi choralarining qo‘llanilganligi mazkur shaxslarning boshqa huquq va manfaatlarini cheklanishiga olib kelmasligi va ularning kafolatlari to‘liq ravishda amalga oshirilishini ta’minlanishiga xizmat qilgan;
himoya qilinuvchi shaxslarni ularga nisbatan xavfsizlik choralari va ijtimoiy himoya qilish choralari qo‘llanilishi, bu choralarning o‘zgartirilishi, ularga qo‘shimchalar kiritilishi yoki ularning qo‘llanilishi bekor qilinishi to‘g‘risida, shuningdek himoya qilishni ta’minlash bilan bog‘liq qarorlar qabul qilinishi haqida o‘z vaqtida xabardor etishi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 14 yanvardagi O‘RQ–515-son Qonuni 25-moddasi 1-qismi 3-xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023 yil 12 iyundagi 06/2-08-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessi ishtirokchilarini xavfsizlikni ta’minlash choralari qo‘llanilganligi haqida xabardor qilish shartligini belgilash hamda ularning huquqlari kafolatlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror, ajrimda xavfsizlik choralari qo‘llanilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar; xavfsizlik choralarini qo‘llash asoslari (tahdidning xususiyati va boshqa holatlar); xavfsizlik choralarining turlari; xavfsizlik choralarini ta’minlash topshirilayotgan organ aks ettirilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif JPK loyihasining 341-moddasining uchinchi qismini shakllantirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023 yil 24 iyundagi 1/1145-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi mobaynida protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash choralarini qo‘llashning asoslari va qo‘llash tartibining protsessual tartibga solinishini ta’minlashga xizmat qilgan;
jinoyat ishlarini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari, shuningdek boshqa tashkilotlarning axborot bazalaridan himoya qilinayotgan shaxsning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonunda nazarda tutilgan tartibdan tashqari, uchinchi shaxslarga berish ta’qiqlanishi to‘g‘risidagi takliflardan JPK loyihasining 342-moddasi oltinchi qismi shakllantirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023 yil 24 iyundagi 1/1145-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessi ishtirrokchilarining xavfsizligini ta’minlash choralari qo‘llanilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarning sir saqlanishi va tarqalib ketishini oldini olishga xizmat qilgan.