Nuridullaeva Kamola Negmatilloevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor qoqi o‘t asosida dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni yaratishning nazariy va eksperimental aspektlari», 15.00.01 – Dori texnologiyasi, 14.00.41 – Xalq tabobati (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Far43.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Kamal Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Karieva Yokut Saidkarimovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Zarifa Alimdjanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Atabekov Nurmat Satiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sotimov G‘ayrat Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan dorivor qoqi o‘t ildizini kimyoviy tarkibini aniqlash, undan inulinni ajratib olishning ilmiy asoslangan texnologiyasini yaratish hamda ushbu substansiya asosida BFQni ishlab chiqish va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan dorivor qoqi o‘t ildizlari tarkibidagi asosiy BFM va ularning miqdori aniqlanib, ushbu o‘simlik inulin saqlovchilar guruhiga kirishi aniqlangan;
dorivor qoqi o‘t ildizlarini standartlash usullari ishlab chiqilgan, xomashyo sifatini me’yorlashtiruvchi sonli ko‘rsatkichlar, hamda uning ekologik tozaligi va xavfsizligini belgilovchi mikrobiologik tozaligi va kontamenantlar miqdori (og‘ir toksik metallar, radionuklidlar va pestisidlar) aniqlangan;
ilk bor eksperimentlarni matematik rejalashtirish usulidan foydalanib, dorivor qoqi o‘t ildizlaridan inulinni ekstraksiya qilish jarayoni uchun maqbul sharoitlar tanlangan va substansiyasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan substansiyani yot moddalardan tozalash uchun inulinni etil spirti yordamida cho‘ktirish usuli taklif qilingan; bunda suvli ekstraktni optimal konsentrlash darajasi, konsentrat – etil spirti hajm nisbati, cho‘ktirish vaqti va etanol konsentratsiyasi aniqlangan;
inulin saqlovchi substansiyasini standartlash usullari ishlab chiqilgan, ularning chinligi va sifat ko‘rsatkichlarining mezonlari aniqlangan;
uchta takroriy tajribaga ega 5x5 ikki omilli rejadan foydalanib, inulin saqlovchi substansiya asosida kapsula shaklidagi «Inumak» BFQni ilmiy asoslangan tarkibi tanlangan va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor faol moddalar (inulin saqlovchi substansiya, zanjabil quruq ekstrakti, askorbin kislotasi) aralashmasining struktura-mexanik va texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida kapsula shaklidagi «Immunorm» BFQning tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
dorivor qoqi o‘t ildizlaridan olingan inulin saqlovchi substansiyasi asosida olingan kapsula shaklidagi monofaol va kombinirlangan BFQni standartlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor qoqi o‘t asosida dori vositalari va BFQni yaratishning nazariy va eksperimental aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoqi o‘t ildizlari uchun Vaqtincha farmakopeya maqolasi (VFS 42-Uz-5406-2024) O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan va va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M 04602/03/24-sonli guvohnoma). Natijada, o‘simlik tabiatiga ega mahalliy dori vositalari assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Qoqi o‘t ildizining quruq ekstrakti» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 25201521-06:2024) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 25201521-06:2024) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «MAKRO FARM ANDIJAN» MChJda inulin saqlovchi quruq ekstrakt ko‘rinishidagi BFQni ishlab chiqarish imkonini bergan;
dorivor qoqi o‘t ildizidan olingan inulin saqlovchi substansiya asosida «Inumak» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 25201521-08:2024) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 25201521-08:2024) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «MAKRO FARM ANDIJAN» MChJda kapsula shaklidagi  BFQni ishlab chiqarish imkonini bergan;
inulin saqlovchi substansiya, zanjabil quruq ekstrakti va askorbin kislotasi asosida «Immunorm» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 25201521-07:2024) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 25201521-07:2024) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, mahalliy farmatsevtik korxonasi «MAKRO FARM ANDIJAN» MChJda kapsula shaklidagi kombinirlangan tarkibli BFQni ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan toksikologik sinovlar natijasida «Inumak» va «Immunorm» BFQning zaharli emasligi hamda samaradorliligi (O‘zR Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasining 2024 yil 6 va 10 iyundagi xulosalari) isbotlanib, ishlab chiqarilishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi SSVning 002543 va 002544-son ruxsatnomalari). Natijada, oqsil almashinuvi jarayonlarini faollashtiruvchi va organizmda sodir bo‘ladigan biokimyoviy jarayonlarning energiya ta’minotini yaxshilaydigan xavfsiz BFQni ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish