Mamatkulov Asilbek Kiryigitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektrod tarkibi va separator g‘ovakligini o‘zgartirib, kislotali akkumulyatorlar ish resursini oshirish va zaryadsizlanishini kamaytirish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3571.
Ilmiy rahbar: Erkabaev Furqat Il`yasovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaeva Dilnoza Jo‘raevna, texnika fanlari doktori, professor; Sidikov Abdujalil Siddiqovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyatorlardagi elektrod qotishmasining tarkibini hamda polipropilen materialli separator mikrog‘ovaklari hajmini o‘zgartirish orqali ishlash samaradorligini  oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyator ishchi qismidagi separatorning kolloid-kimyoviy hamda yangi yaratilgan qo‘rg‘oshin-kal`siyli qotishmaning fizik-kolloid va kimyoviy xossalari aniqlangan;
akumulyatorlardagi polipropilen materialli separatorning ma’lum bosim ostida siqilishi natijasida g‘ovaklar xajmining kichrayishi aniqlanib, sirt yuzasi 42,4 m2/g dan 36,9 m2/g gacha, t-Plot bo‘yicha mmezog‘ovaklar yuza hajmi 77,2 m2/g dan 67,5 m2/g ga kamaygani ko‘rsatib berilishi natijasida umumiy g‘ovaklar hajmining dastlabki g‘ovaklariga nisbatan 15 % ga kamayishi izoterma egrilari asosida kolloid kimyoviy usul orqali isbotlangan;
akkumulyatorda bitta musbat elektrod qotishmasi o‘rniga qo‘sh elektrod qotishmalari qo‘llanganda elektronlar harakati qisman tartiblanishi natijasida, ishlash samaradorligini va xizmat muddati 30 % ga uzaytirilishiga hamda 100 sikl davomidagi elektr sig‘imini yo‘qotilishi 20% gacha kamaytirilishi aniqlangan;
rentgenfazali tahlillar asosida uchta qo‘rg‘oshin elementiga bitta kal`siy elementi birikib qo‘rg‘oshin-kal`siyli (CaPb3) birikma hosil bo‘lishi va uning miqdori 5,1 % qiymatni tashkil etishi orqali qo‘rg‘oshin-kal`siyli qotishmaning mustahkamligini oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kislotali akkumulyatorlar uchun o‘z-o‘zidan zaryadsizlanish jarayonini kamaytirish maqsadida yangi tarkibdagi qo‘rg‘oshin-kal`siy qotishmali va qo‘sh elektrodlarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kislotali akkumulyatorlar uchun yangi tarkibdagi qo‘rg‘oshin-kal`siy qotishmali elektrodlarni qo‘llash texnologiyasi «Jizzax akkumulyator zavodi» AJ ishlab chiqarish sharoitida amaliyotga joriy qilingan («Uzavtosanoat» AJning 2023 yil 16 iyundagi 17/17-25-0822-son ma’lumotnomasi). Natijada, akkumulyatorlardagi qo‘rg‘oshin-surma elektrodlarni yangi qo‘rg‘oshin-kalsiy elektrodlar bilan almashtirish akkumulyatorlarning o‘z-o‘zidan zaryadsizlanishini yiliga 23,9% ga kamaytirish imkonini bergan;
akkumulyatorlardagi qalin musbat elektrod qotishmalari o‘rniga qo‘sh elektrodlar «Jizzax akkumulyator zavodi» AJda amaliyotga joriy qilingan («Uzavtosanoat» AJning 2023 yil 16 iyundagi 17/17-25-0822-son ma’lumotnomasi). Natijada, akkumulyator konstruksiyadagi qalin musbat elektrodlar qo‘sh elektordlarga almashtirilganda akkumulyator 100 ish siklida elektr sig‘imining pasayishini 20% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish