Abdurazzoqova Mamura Nematjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qand jo‘xori (sorghum saccharatum Pers) poyasidan sharbat olish, asalari uchun ozuqa tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2360.
Ilmiy rahbar: Azizov Aktam Sharipovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Sherzod Mashrabjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Dadamirzaev Muzaffar Habibullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qand jo‘xori (Sorghum saccharatum Pers) poyasidan sharbat olish va asalari uchun ozuqa tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qand jo‘xori poyasini presslab sharbat olish va poya siqmasi tarkibidagi qoldiq uglevodlarni suvda ekstraksiyalab ajratish jarayonlarining asosuy qonuniyatlari aniqlangan;
qand jo‘xori poyasi sharbatini shaffoflantirish va biopolimerlarni gidrolizlash bosqichlari hamda jarayonning asosiy ko‘rsatkichlari asoslangan;
qand jo‘xori sharbatini bug‘latib quyultirish jarayonida texnologik parametrlar: sharbatni qizdirish harorati 45÷50 oC, qurilmadagi ishchi bosim 94 kPa da quyultirilgan sharbat tarkibidagi quruq moddalar konsentratsiyasi 48±2 % gacha ortishi aniqlangan;
quyultirilgan qand jo‘xori sharbatining kimyoviy tarkibi va fizik xossa ko‘rsatkichlari: zichligi 1,08÷1,2 kg/sm3 va qovushqoqligi 6÷9 Pa*s aniqlangan;
quyultirilgan qand jo‘xori sharbatidan asalari ozuqasi tayyorlashning ilmiy asoslangan me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qand jo‘xori (Sorghum saccharatum Pers) poyasidan sharbat olish va asalari uchun ozuqa tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qand jo‘xori poyasidan quyultirilgan sharbat olish texnologiyasi Toshkent viloyati Zangiota tumani Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi”ning 2023 yil 22 noyabrdagi 150-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, qand jo‘xorining uchta navi poyasidan quruq modda miqdori 20÷23 % bo‘lgan sharbat olinib, fermentlash va shaffoflantirib bug‘latish yo‘li bilan 50 % li qand jo‘xori siropi tayyorlash imkoniyati yaratilgan;
quyultirilgan qand jo‘xori sharbati va an’anaviy ozuqa - shakar qiyomi aralashmasi asosida asalari oilalari uchun ozuqa tayyorlash texnologiyasi Toshkent viloyati Oxangaron tumani va Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani asalarichilik xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi”ning 2023 yil 22 noyabrdagi 150-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, kech kuz va erta bahor oylarida tavsiya etilgan ozuqa bilan boqilgan asalari oilasi asalida, an’anaviy ozuqa berilgan holatda olingan asalga nisbatan, diastaza sonini (amilolitik fermentlar faolligini) 1,69 marta orttirish, asal tarkibidagi zaiflangan shakarning massaviy ulushini 0,25 % ga oshirish va asaldagi namlikning massaviy ulushini 7,9 % ga kamaytirish imkonini bergan.