Isakulova Muqaddas Shukurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polietilen ishlab chiqarish jarayoni ikkilamchi mahsulotlari asosida avtobo‘yoqlar uchun erituvchilar olish texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4111.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonkul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Juraev Asror Baxtiyor o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent; Tillaev Abduxofiz Toshevich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Uz-Kor Gas Chemical» QK MChJ piroliz jarayoni ikkilamchi mahsuloti hisoblangan piroliz kondensatidan avtobo‘yoqlar uchun va qayta ishlangan geksandan avtogermetik mahsulotlari uchun erituvchilar va suyultiruvchilarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piroliz kondensati tarkibidan avtobo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish uchun  Kocosol 100 va Kocosol 150 erituvchi va suyultiruvchilar olish usuli ishlab chiqilgan;
birinchi marta suspenzion polimerlanish jarayoni ikkilamchi mahsuloti qayta ishlanib avtogermetik olish uchun Micosol 1723 erituvchisi olingan;
piroliz kondensati va qayta ishlangan geksan tarkibidan avtobo‘yoqlar uchun erituvchilar olishda unga ta’sir qiluvchi omillar va jarayonning optimal sharoitlari aniqlangan;
Kocosol 100, Kocosol 150 va Micosol 1723  erituvchilarini distillyasiya usulida ajratib olishning prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Uglevodrodlar pirolizi jarayoni ikkilamchi mahsuloti hisoblangan piroliz kondensatidan avtobo‘yoqlar uchun va qayta ishlangan geksandan avtogermetik mahsulotlari uchun erituvchilar va suyultiruvchilarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
azeatrop haydash orqali taklif etilgan erituvchi va suyultiruvchi olish texnologiyasi “MULTI BUSINESS COMPANY” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“UzAuto” AJning 2024 yil 19 fevraldagi 15/06-25-0228-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan “MICOSOL 1723” maxsus erituvchi import maxsulot hisoblangan “MICOSOL 1720” erituvchisini mahalliylashtirish imkonini bergan;
“Uz-Kor Gas Chemical” MChJ ikkilamchi xomashyosini qayta ishlash usuli “MULTI BUSINESS COMPANY” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“UzAuto” AJning 2024 yil 19 fevraldagi 15/06-25-0228-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan suyultiruvchi nefrasga qo‘shimcha sifatida foydalaniladigan import mahsulotni lokalizatsiya qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish