Oydinov Muxlis Xoliqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boyitilgan AKF-78 markali Angren kaolinidan foydalanib, sintetik NaA seolitini olish va ularning adsorbsion xususiyatlari», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K800.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xandamov Davron Abduqodirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: AKF-78 markali Angren kaolini va γ-Al2O3 asosida NaA seoliti olish va uning adsorbsion xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boyitilgan AKF-78 markali Angren kaolini va γ-Al2O3 dan foydalanib, sintetik mikrog‘ovakli seolit olish usuli yaratilgan;
650oC da qizdirilgan AKF-78 markali Angren kaolini va γ-Al2O3 ning 2,2:1 nisbatdagi aralashmasini NaOH eritmasi bilan gidrotermal ishlov berish orqali sintetik mikrog‘ovakli NaA seoliti olingan;
olingan seolitning  kristall o‘lchami D=1.79 * 10-10 m dan 4.9 * 10-8 m gacha, dislokatsiya zichligi δ=1014 m-2  dan 1017 m-2 gacha, panjaralararo deformatsiya ε=0,019 dan 0.24 gacha qiymatlari isbotlangan;
termik ishlov berilgan AKF-78 markali Angren kaolini va γ-Al2O3 dan foydalanib olingan sintetik mikrog‘ovakli NaA seolitning intensivlik cho‘qqilari, Linde Na-A seolitning intensivlik cho‘qqilariga mos kelishi aniqlangan;
sintetik mikrog‘ovakli NaA seolitlarga suv bug‘i adsorbsiyasining differensial issiqliklari to‘lqinsimon pog‘onali ko‘rinishda bo‘lib, boshlang‘ich to‘yinishlarda adsorbsiya differensial issiqliklari kondensatsiya issiqliklaridan 2-3 barobar yuqori bo‘lishi aniqlangan;
olingan sintetik mikrog‘ovakli NaA seolitiga N2 adsorbsiyasi asosida uning maxsus sirt maydoni (SBET=624,74m2*g–1), o‘rtacha g‘ovak hajmi (D=14,24Å) qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boyitilgan AKF-78 markali Angren kaolini va γ-Al2O3 asosida seolit adsorbentlarini sintez qilish va ularning adsorbsion xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
NaA seoliti yordamida neft mahsulotlari tarkibidagi qo‘shimcha suv va karbonat angidrid molekulalaridan tozalash usuli «Farg‘ona NQIZ» MChJ ning «2024-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ” MChJ ning 2023 yil 4 sentyabrdagi 01-02/2004-son ma’lumotnomasi). Natijada neft mahsulotlari tarkibidagi qo‘shimcha suv va karbonatli birikmalaridan tozalash imkonini beradi;
NaA seoliti yordamida neft mahsulotlari tarkibidagi qo‘shimcha metil sulfid, etil sulfid, metilmerkaptan, etilmerkaptan kabi oltingugurtli birikmalardan tozalash usuli «Farg‘ona NQIZ» MChJ amaliyotida tadbiq qilingan («Farg‘ona NQIZ» MChJ ning 2023 yil 4 sentyabrdagi 01-02/2004-son ma’lumotnomasi). Natijada neft mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida oltingugurtli birikmalardan 1,2 barobargacha tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish