Sa’dullaev Oybek Turdiali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalar daromadiga ta’sir qiluvchi risklarni kamaytirish usullari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2987.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Farhod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Don va un ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni daromadiga ta’sir qiluvchi risklarni oldini olishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
korxonaning funksional departament strukturasiga yangi faoliyatning barcha sohalari bo‘yicha chegaralangan majburiyatlarni bo‘linmalarga yuklatish orqali debitorlik qarzlarni undirish imkoniyatini oshirishi asoslangan;
korxonaning dividend siyosatini olib borishda «agressiv dividend siyosati» turini qo‘llash orqali qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorida aksiyalar bozor bahosini oshirish taklif etilgan;
korxonaning marketing xizmatini amalga oshirishda yangi texnologiya “Digital marketing” usulidan foydalanish taklif etilgan;
korxonani samaradorligini baholash mezonlariga korxona aksiyasini nominal bahosini bozor kursi bahosiga nisbati koeffisientini kiritish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalar daromadiga ta’sir qiluvchi risklarni kamaytirish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonaning funksional departament strukturasiga yangi faoliyatning barcha sohalari bo‘yicha chegaralangan majburiyatlarni bo‘linmalarga yuklatish prinsipi asosida amalga oshirish taklifi (“Don-Xalq Rizqi” Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 26.05.2023 yildagi № 121-son buyrug‘i bilan korxona amaliyotiga kiritilgan). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida korxonaning asosiy vositalari 2021 yilga nisbatan 2022 yilda 102,3 foizga oshirildi.
korxonaning dividend siyosatini olib borishda «agressiv dividend siyosati» turini qo‘llash taklifi (“Don-Xalq Rizqi”Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 26.05.2023 yildagi № 122-son buyrug‘i bilan korxona amaliyotiga kiritilgan). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida 2021 yilda olingan sof foydani dividendga ajratilagan summasini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgandan keyin 60 kun ichida ichida to‘langan bo‘lsa, 2022 yilda ushbu taklif asosida dividendga ajratilgan summa aksiyadorlarga 40 kun ichida to‘landi.
korxonaning marketing xizmatini amalga oshirishda yangi texnologiya “Digital marketing” usulidan foydalanish taklifi (“Don-Xalq Rizqi” Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 26.05.2023 yildagi № 123-son buyrug‘i bilan korxona amaliyotiga kiritilgan). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida iste’molchilarga ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori sifati va turlarini o‘z vaqtida etkazib berish samaradorligi oshdi, natijada korxonaning taqsimlanmagan foydasi 2021 yilda 22.653.304 ming so‘mni tashkil etib 2022 yilda esa 26.187.187 ming so‘mni tashkil etdi, natijada 115,6 foiz o‘sishga erishildi.
korxona aksiyasini nominal bahosini bozor kursi bahosiga nisbati koeffisientini kiritish taklifi (“Don-Xalq Rizqi” Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 26.05.2023 yildagi № 124-son buyrug‘i bilan korxona amaliyotiga kiritilgan). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida aktivlar rentabelligini baholash koeffisienti 0,1 aniqlikda hisoblandi, natijada korxonaning aktivlar rentabelligi 2021 yilda 35.101.380 ming so‘mni tashkil etib 2022 yilda 36.533.662 ming so‘mni tashkil etdi, natijada 104 foiz o‘sishga erishildi.