Odilov Boburjon Furqat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari passivlarining barqarorligini ta’minlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD.Iqt1312.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Baxriddinov Sharofiddin, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari passivlarining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
barqaror passivlarning brutto passivlar hajmidagi salmog‘ini muddatli depozitlar va birinchi darajali kapital hisobidan oshirish asoslangan;
tijorat banklarining emission operatsiyalarni kengaytirish orqali qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan pul mablag‘larining brutto passivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish taklif etilgan;
tijorat banklarida xarajatlar tarkibini Funds transfer pricing (FTP)ni joriy qilish asosida optimallashtirish yo‘li bilan foizli daromadlarning yalpi daromad hajmidagi salmog‘ini oshirish asoslangan;
tijorat banklarida majburiyatlarni boshqarish amaliyotini bankning uzoq muddatli barqaror moliya manbalari bilan uzoq muddatli aktivlarni to‘liq qoplashini baholash asosida barqaror passivlarning brutto passivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
barqaror passivlarning brutto passivlar hajmidagi salmog‘ini muddatli depozitlar va birinchi darajali kapital hisobidan oshirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2023 yil 12 iyundagi №11-05/4186-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda 2022 yilda 2021 yilga nisbatan muddatli depozitlarning miqdori 922,6 mln. so‘mga yoki 14,4 foizga oshgani holda, birinchi darajali kapital miqdori 899,4 mln. so‘mga yoki 14,8 foizga ko‘paygan;
tijorat banklarining emission operatsiyalarni kengaytirish orqali qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan pul mablag‘larining brutto passivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB ning 2023 yil 12 iyundagi №11-05/4186-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan pul mablag‘lari qoldig‘i 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 64,7 mln. so‘mga yoki 2,0 foizga oshgan;
tijorat banklarida xarajatlar tarkibini Funds transfer pricing (FTP)ni joriy qilish asosida optimallashtirish yo‘li bilan foizli daromadlarning yalpi daromad hajmidagi salmog‘ini oshirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2023 yil 12 iyundagi №11-05/4186-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB sof foizli daromadning yalpi daromad hajmidagi salmog‘i 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 1,4 foizli punktga oshgan;
tijorat banklarida majburiyatlarni boshqarish amaliyotini bankning uzoq muddatli barqaror moliya manbalari bilan uzoq muddatli aktivlarni to‘liq qoplashini baholash asosida barqaror passivlarning brutto passivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2023 yil 12 iyundagi №11-05/4186-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda majburiyatlarning passivlar hajmidagi salmog‘i 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 1,5 foizli punktga yoki 7625,2 mln. so‘mga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish