Yusupov Hasan Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning yangi va istiqbolli navlarining etishtirish agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish (Xorazm viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1408
Ilmiy rahbar: Satipov Gaipnazar Matvapaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universeti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Karim Mardonqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Allanazarov Sultanbek Reypnazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning “Sulton” va “S-8294” navlaridan ertaki, yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda turli ko‘chat qalinligida chilpish muddatni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning ertapishar “Sulton” hamda “S-8294” navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda “Sulton” navini 60x12-1 tizimda ekilib, chilpish tadbirini 12-14 hosil shox paydo bo‘lganida, “S-8294” navini 60x12-1 tizimda ekilib, chilpish tadbirini 15-16 hosil shox paydo bo‘lganida o‘tkazish yuqori samara berishi aniqlangan;
G‘o‘zaning “Sulton” hamda “S-8294” navlari chigitlarini 60x12-1 tizimda ekish amal davri oxirida ko‘chat qalinligini gektariga “Sulton” navida 129,1-129,8 ming tupgacha, “S-8294” navida 129,1-129,3 ming tupgacha saqlanib qolinishi asoslangan;
G‘o‘zaning “Sulton” hamda “S-8294” navlarini o‘suv davrida 10-11 hosil shoxi paydo bo‘lganida chilpish tadbirini olib borish umumiy ko‘saklar soniga salbiy ta’sir etib, 12-14 va 15-16 hosil shoxi paydo bo‘lganida chilpish tadbiri olib borishga nisbatan 1-sentyabr holatiga “Sulton” navida 60x12-1 ekish tizimida ekilganida 3,0-5,1 dona/tup gacha, 60x15-1 ekish tizimida ekilganida 2,1-3,2 dona/tup gacha, “S-8294” navida 60x12-1 ekish tizimida ekilganida 2,1-4,9 dona/tup gacha, 60x15-1 ekish tizimida ekilganida 2,3-4,2 dona/tup gacha kamayib borishi isbotlangan;
G‘o‘za chigitlarini 60x12-1 tizimda ekib, o‘suv davrida 12-14 hosil shox paydo bo‘lganida chilpish tadbirini olib borish rentabellik darajasini “Sulton” navida 44,9 foizga, “S-8294” navida 28,5 foizga, 15-16 hosil shox paydo bo‘lganida chilpish tadbirini olib borish rentabellik darajasini “Sulton” navida 37,6 foizga, “S-8294” navida 31,0 foizga etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati sharoitida g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda chigitlarni maqbul ekish tizimi va chilpish muddatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Paxtachilikka ixtisoslashgan klasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun “Xorazm viloyati sharoitida g‘o‘za etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 22.06.2024 yildagi №05/04-04-278-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda klaster va fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
G‘o‘zaning “Sulton” hamda “S-8294” navlari Urganch tumani “To‘rabek” fermer xo‘jaligida 25,0 gektar, “Qalandar Sapaev” fermer xo‘jaligida 28,0 gektar, “Sherzod Xamdam” fermer xo‘jaligida 33,0 gektar, Bog‘ot tumani “Ortiq o‘g‘li Oybek” fermer xo‘jaligida 30,0 gektar, jami 116,0 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 22.06.2024 yildagi №05/04-04-278-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zaning “Sulton” navi chigitlari 60x12-1 tizimda ekilib, o‘suv davrida 12-14 hosilshox paydo bo‘lganida, g‘o‘zaning “S-8294” navi chigitlari 60x12-1 tizimda ekilib, o‘suv davrida 15-16 hosilshox paydo bo‘lganida chilpish tadbiri olib borilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
G‘o‘zaning “Sulton” navi chigitlari 60x12-1 tizimda ekilib, o‘suv davrida 12-14 hosilshox paydo bo‘lganida, g‘o‘zaning “S-8294” navi chigitlari 60x12-1 tizimda ekilib, o‘suv davrida 15-16 hosilshox paydo bo‘lganida chilpish tadbirini o‘tkazish texnologiyasi Urganch va Bog‘ot tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 22.06.2024 yildagi №05/04-04-278-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali rentabellik darajasi “Sulton” navida 42,3 foizga, “S-8294” navida 30,4% foizga ortishiga erishilgan.