Raximov Afzalbek Qudrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fiskal siyosatning ekologik yo‘naltirilgan mexanizmlarini ishlab chiqish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3270.
Ilmiy rahbar: Sabirov Mirza Qilichbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida ekologik yo‘naltirilgan fiskal islohotlarni amalga oshirish imkoniyatini baholash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq ob’ektini qazib olish, birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida yuzaga keladigan texnologik yo‘qotishlarni hisobga olgan holda aniqlanish taklif etilgan;
elektromobil va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni, ularga servis xizmatini ko‘rsatishni, ular uchun zarur xom ashyo, materiallar, uskunalar va texnologik jihozlar importini rag‘batlantirish maqsadida utilizatsiya yig‘imi, bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish taklif etilgan;
respublikada ishlab chiqariladigan va ichki bozorda sotiladigan elektromobillarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga imtiyozli kreditlar berilishini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiyalash taklif etilgan;
elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini mulk solig‘idan, ular joylashgan er uchastkalarini er solig‘idan, shuningdek, bunday xizmatlarni ko‘rsatishdan olinadigan daromadlarni foyda solig‘i va aylanmadan soliqdan ozod qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fiskal siyosatning ekologik yo‘naltirilgan mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq ob’ektini qazib olish, birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida yuzaga keladigan texnologik yo‘qotishlarni hisobga olgan holda aniqlanish taklifi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-741-son qonuniga kiritilib, Soliq kodeksining tegishli moddalari tahrir qilingan (Moliya vazirligining 2022 yil 2 noyabrdagi 06/04-01-01-37/3826-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’ektini aniqlashtirishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan;
elektromobil va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni, ularga servis xizmatini ko‘rsatishni, ular uchun zarur xom ashyo, materiallar, uskunalar va texnologik jihozlar importini rag‘batlantirish maqsadida utilizatsiya yig‘imi, bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 dekabrda qabul qilingan “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-443-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining 2024 yil 7 fevraldagi 33/20-07411-sonli dalolatnomasi). Natijada, yonilg‘i asosida ishlaydigan dvigatelli avtotransport vositalaridan havoga chiqarib tashlanadigan karbonat angidrid (CO₂), azot oksidi (NOX), uglevodorod (CXHY), karbon monoksit (CO) birikmalaridan iborat zaharli va kanserogen moddalar emissiyasini keskin qisqartirish orqali atmosfera ifloslanishini oldini olishga xizmat qiladi;
respublikada ishlab chiqariladigan va ichki bozorda sotiladigan elektromobillarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga imtiyozli kreditlar berilishini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 dekabrda qabul qilingan “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-443-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining 2024 yil 7 fevraldagi 33/20-07411-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekistonda «yashil» iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish, elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish va shu orqali yonilg‘i asosida ishlaydigan dvigatelli avtotransport vositalaridan havoga chiqarib tashlanadigan zaharli moddalar emissiyasini qisqartirish xizmat qiladi;
elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini mulk solig‘idan, ular joylashgan er uchastkalarini er solig‘idan, shuningdek, bunday xizmatlarni ko‘rsatishdan olinadigan daromadlarni foyda solig‘i va aylanmadan soliqdan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 dekabrda qabul qilingan “Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-444-sonli Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining 2024 yil 7 fevraldagi 33/20-07411-sonli dalolatnomasi). Natijada, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘i yaratilishini rag‘batlantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.