Dusanov Xurshid Toshpulotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Shaxsni ovozi asosida identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash algoritmlari hamda dasturiy ta’minotini ishlab chiqish”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” hamda 05.01.04-“Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” qo‘shma (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4627.
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Narzillo Solidjonovich texnika fanlari doktori (DSc), professor hamda Babomurodov Ozod Jo‘raevich texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Primova Xolida Anorboevna, texnika fanlari doktori, dotsent; Ochilov Mannon Musinovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ovozli ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish va intellektual tahlil qilish orqali shaxsni identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash va verifikatsiyalashning tezkor algoritmlari hamda dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
signal amplituda qiymatlari inobatga olgan holda nutq signalini diskretlash algoritmi taklif etilgan;
“Delta” va “Maksimum-minimum” diskretlash algoritmlari asosida nutq belgilari majmuasini shakllantirish algoritmlari takomillashtirilgan;
nutqni tekis talaffuz qilish holatlarida o‘tkazib yuborish ehtimolligi yuqori bo‘lishini inobatga olgan holda kepstral silliqlik o‘lchovini takomillashtirish orqali chegaralarni aniqlash algoritmi taklif etilgan;
shaxsni ovozi asosida identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash xossa hamda xususiyatlarini inobatga olgan holda tanib olish masalasi uchun nutqli ma’lumotlar bazasini shakllantirish yondashuvi ishlab chiqilgan;
signal-shovqin munosabatlari asosida shaxs ovoz modelini shakllantirishning chuqur neyron tarmoq modeli ishlab chiqilgan;
ikki omilli autentifikatsiya shartlarini inobatga olgan holda takrorlanmaydigan so‘zlar matrisasini hosil qilish algoritmi taklif etilgan;
tanib olish tizimi aniqligi va qobiliyatini oshirish imkonini ta’minlovchi mavjud va taklif etilgan algoritmlar asosida yaratilgan dasturiy modullarni qamrab oluvchi shaxsni ovozi asosida identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ovozli ma’lumotlarga raqamli ishlov berish va tanib olishning mavjud hamda taklif etilgan model, usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot asosida:
nutq signallarini diskretlash, nutqli sohalariga ishlov berish va shaxsni tanib olish masalalarini echish uchun belgilar fazosini shakllantirish usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida shaxsni ovozi asosida identifikatsiyalash uchun joriy qilingan (Jizzax viloyati hokimligining 2024 yil 22 avgustdagi 05-867-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus xonalarga kirish-chiqishini nazorat qilishga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 12%ga qisqartirish imkonini bergan, Tanib olish aniqligi esa 96%ni tashkil etgan;
nutq signalidan belgilar to‘plamini shakllantirish algoritmlari, shaxs ovozi chuqur neyron tarmoq modeli va ikki omilli autentifikatsiya shartlarini inobatga olgan holda so‘zlar ketma-ketligini hosil qilish algoritmi asosida yaratilgan dasturiy majmua “Hamkorbank” ATB Jizzax filiali hamda “Ipoteka-bank” ajsiadorlik tijorat Ipoteka banki Jizzax filialida xodimlarni maxsus xonalarga kirish-chiqishini nazorat qilish va xodimlarni ovozi asosida identifikatsiyalashga joriy qilingan (Jizzax viloyati hokimligining 2024 yil 22 avgustdagi 05-867-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus xonalarga kirish-chiqishini nazorat qilishga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 10%ga qisqartirish imkonini bergan.