Ergashev G‘iyosjon Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Matematik modellashtirish yordamida Si(Li)-detektorlarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4074.
Ilmiy rahbar: Turgunov Nozimjon Abdimannopovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Axmad Zaynitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamadalieva Lola Kamiljanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi matematik modellashtirish yordamida Si(Li)- detektorlarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularning elektrofizik xususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Si(Li) asosidagi detektorlarning kimyoviy emirilish texnologik jarayonlarini raqamli matematik modellashtirish asosida amalga oshirish natijasida sirtidagi mavjud nuqsonlar, an’anaviy kimyoviy emirilish jarayoniga nisbatan 25 % ga kamayishi skanerlovchi elektron mikroskopiya usuli yordamida aniqlangan;
ilk bor Si(Li) detektorlarini tayyorlashda kremniyga litiy ionlarini diffuziya qilish jarayoni 420 °C haroratda, 60 sekund vaqt ichida amalga oshirilganda litiy ionlarining 300 mkm chuqurlikda bir xil taqsimlanishiga erishilishi aniqlangan;
diffuziya va dreyf texnologiyasi bo‘yicha p-i-n struktura asosida katta o‘lchamdagi Si(Li) detektorini tayyorlash jarayoniga matematik modellashtirishdan foydalanib diffuziya jarayoni uchun 420 °C va dreyf jarayoni uchun esa 88 °C optimal harorat ekanligi aniqlangan;
katta o‘lchamli Si(Li) detektorlarning volt-amper xarakteristikalari bo‘yicha olingan kompyuter-matematik modellashtirish asosidagi nazariy hisoblarga asoslangan natijalar hamda amaliy tajribalar asosida olingan natijalari o‘zaro taqqoslanganda ularning o‘rtacha qiymatlaridagi og‘ishlar orasidagi tafovut 0,1917 %  ni tashkil etishi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Katta diametrli kremniy monokristallari asosida yarimo‘tkazgichli yadroviy nurlanishlarni qayd qiluvchi ikki koordinatli-sezuvchan detektorlar ishlab chiqish texnologiyasini va ularning funksional xarakteristikalarini matematik modellashtirish orqali aniqlash asosida:
kremniy asosida katta o‘lchamli yadroviy nurlanishlarni qayd qiluvchi ikki koordinatli – sezuvchan detektorlarning funksional xarakteristikalarini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlangani; monokristall kremniy asosida yarimo‘tkazgichli yadroviy nurlanishlarni qayd qiluvchi ikki koordinatli – sezuvchan detektorlarning texnologik jarayonlarini mukammallashtirish usullari ishlab chiqilgani; diffuziya va dreyf texnologiyasi buyicha p-i-n-struktura asosida katta o‘lchamdagi Si(Li) detektorlarini tayyorlash jarayoni matematik modellashtirish yordamida amalga oshirilishi, shuningdek diffuziya jarayoni uchun 420 °C va dreyf jarayoni uchun esa 88 °C optimal harorat tanlab olinishi; tayyorlangan katta o‘lchamli Si(Li) detektorlarning elektrofizik va radiometrik kattaliklari matematik modellashtirish asosida taqqoslash orqali amaliy va nazariy natijalar orasidagi tavofut 0,23 % ni tashkil etganligi «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida yuqori sezgir p-i-n-strukturalar olishda qo‘llanilgan (“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining 2024-yil 10 yanvardagi № 04-3/37-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kremniy asosida katta o‘lchamli (diametri 110-120 mm) yarimo‘tkazgichli yadroviy nurlanishlarni qayd qiluvchi detektorlarning funksional xarakteristikalarini kengaytirish imkonlarini aniqlash; monokristall kremniy plastinasida kimyoviy emirilish jarayonida matematik modeldan foydalanilgan holda 25 % gacha nuqsonlarni kamaytirish; diffuziya va dreyf jarayonlarida litiy ionlarini bir xil taqsimlanish usulini ishlab chiqish va ularning elektrofizik va radiometrik kattaliklarini optimallashtirish imkonini bergan;
yarimo‘tkazgichli detektorlarning kimyoviy emirilish texnologik jarayonlarini raqamli matematik modellashtirish bilan birga amalga oshirib Si(Li) nuqsonlarini bartaraf etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024-yil 22 fevraldagi №2/1255-424–sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kremniy plastinasidagi nuqsonlarni bartaraf etishda ananaviy kimyoviy emirilish jarayoniga nisbatan 25 foizgacha kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish