Qarshiev Olim Namozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalash samaradorligini tozalagich konstruksiyasini takomillashtirish asosida oshirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3920
Ilmiy rahbar Rosulov Ro‘zimurad Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor, Mahmudova Shaxnoza Abduvalievna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, v.v.b. dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta xom ashyosini mayda iflosliklardan tozalash mashinasining qoziqlari turli uzunlikda bo‘lgan qoziqli barabanining konstruktiv parametrlarini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan tozalashda har bir qoziqli barabandagi paxta oqimidan bir xil tozalash samaradorligiga erishishda qoziqlarning uzunligi va burchak tezliklari xar bir qoziqlar va to‘rli yuza orasidan oqib o‘tuvchi paxta massasiga bog‘liqlik tenglamasi asosida tozalash mashinasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
qoziqli baraban qoziqlari uzunliklarini tozalash yoyi bo‘yicha kamaytirish va paxta oqimiga ta’sir qiluvchi kuchlarni qoziqlar bilan to‘rli yuza orasidagi masofaga, burchak tezliklariga bog‘liqlarini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
uskuna tozalash samaradorligining paxtaga zarba beruvchi qoziqlar, qozqilar bilan to‘rli yuza orasidagi masofaning bog‘lanish regressiya tenglamalari asosida baraban qoziqlari, qoziqlar uchi bilan to‘rli sirt orasidagi masofaning ratsional parametrlari aniqlangan;
uskuna tozalash samaradorligining paxtaga zarba beruvchi qoziqlar tezlik parametrlari va paxta harakati qonuniyatlariga bog‘liqligi asosida, tozalash jarayonida paxta harakatini tahlil qiuvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalari qoziqlari turli uzunlikda bo‘lgan qoziqli barabanlarining konstruksiyasini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi”ga qarashli korxonada, jumladan, Toshkent viloyatidagi “REAL AGRO COTTON” UK ga qarashli Qorasuv paxta tozalash korxonasida turli uzunlikdagi qoziqlari mavjud barabani joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi”ning 2024 yil 29 apreldagi № 03/22-186 sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta iflosligini, tavsiya qilingan qoziqli barabanlar qo‘llanilganda mavjud konstruksiyaga nisbatan tozalangan paxta tarkibidagi mayda iflosliklarni kamayganligi, tozalash samaradorligi esa 7,9 % ga oshishiga erishilgan.