Usmonov Egamberdi Musinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport faoliyatida natijaga erishishda psixologik yondashuvning o‘rni”, 13.00.04 - “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘omlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1485.
Ilmiy rahbar: Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Aliev Iskandar Baxramovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor,
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport faoliyatida natijaga erishishda psixologik yondashuvning o‘rnini aniqlash orqali taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport faoliyatida natijaga erishishning tarkibiy tuzilmasi sifatida psixologik metodikalarni modifikatsiyalashtirilgan holda foydalanishga ko‘ra “irodaviy matonatlilik”, “muvaffaqiyasiz vaziyatlarga nisbatan koping (to‘siqlarni enguvchi) sifatlar”, “o‘zini nazorat qilish”, “qat’iylik” xususiyatlari shakllanishini aniqlash natijasida sportchi shaxsi fazilatlarini tizimlashtirish orqali natijaga erishish samaradorligining dinamikasi takomillashtirilgan;
sport faoliyatida natijaga erishishda psixologik yondoshuvlarni sportchilarning musobaqalarga umumiy, maxsus va yakuniy tayyorgarlik bosqichlarida qo‘llashni trener-psixolog-sportchi-psixolog-trener hamkorligini intensiv transformatsiyalash asosida sportchilarda “chidamlilik”, “irodaviy quvvat”, “mas’uliyatlilik” hamda “muvaffaqqiyatga erishish” sifatlari sportda ichki motivlarga yo‘nalganlik qobiliyati bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli, natijadorlik sifatlari ustuvor omil sifatida asoslangan;
erkin va yunon-rum kurashchilarning natijaga erishish sifatlari trener shaxsi xususiyatlari bilan bog‘liq rivojlanishiga ko‘ra muvaffaqqiyasiz vaziyatlardan qochish, jur’atsizlik, atrofdagilardan madad kutish, qat’iyasizlik va vaziyatli xavotir shakllanishi tufayli, sportchilarda faoliyatda natijadorligi pasayishi faktorli analiz yordamida dalillanib, sportchining natijaga erishishini hamda shaxsiy, ijtimoiy sifatlar turkumini takomillashtirishga xizmat qiluvchi psixokorreksiyon dastur ishlab chiqilgan;
erkin va yunon-rum kurashchilarning mag‘lubiyatdan qutulish va g‘alabaga erishish motivatsiyasini psixokorreksiyalash (dastur) hisobiga sportchilar faoliyatida muvaffaqqiyatga erishish motivlari barqarorligi, “irodaviylik”, “chorasiz to‘siqlarni engib o‘tish”, “dadillik” va “maqsadga intiluvchanlik” sifatlari shakllanishi natijasida ularda musoboqa oldi hamda vaziyatli xavotirlarni oldini oluvchi muhim omillar ekanligi isbotlangan hamda sport faoliyatida natijaga erishishning pedagogik-psixologik modeli tartiblashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport faoliyatida natijaga erishishda psixologik yondashuvning o‘rni bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
sportchilarda natijaga erishishning pedagogik-psixologik jihatlarini ta’minlovchi irodaviy matonat, oqilona harakat, vaziyatni engib o‘tish, muvaffaqiyatga erishish, nazorat, qat’iylik, matonatlilik va irodaviy mas’uliyatlilik kabi psixologik omillar muhim ko‘rsatgichlar ekanligini inobatga olgan holda o‘quv-trenerovka yig‘inlarida psixologik tayyorgarlikni tashkil etishga doir tavsiyalar Farg‘ona, Jizzax, Chirchiq, Qarshi va Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tomonidan amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 03-16/6431-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport ta’lim muassasalari o‘quvchilarida natijaga erishishning pedagogik-psixologik jihatlarini takomillashtirishga erishilgan hamda spotchilarning kasbiy psixologik tayyorgarligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari oshirgan holda sport natijalari yaxshilanib kompetentlik darajasi o‘rtacha 11,7%ga o‘sishga erishilgan;
sportchilarda natijaga erishish shakllanishiga muvaffaqiyasizlikdan qochish, jur’atsizlik, vaziyatli xavotir, atrofdagilardan madad kutish, irodaviy mas’uliyasizlik, qat’iyasizlik va nazoratning beqarorligi kabi pedagogik-psixologik birliklar salbiy darajada ta’sir etishiga oid natijalar Farg‘ona, Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyatida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 03-16/6431-son ma’lumotnomasi). Natijada, natijaga erishish shakllanishida trenerlar va sport psixologlari faoliyatining metodik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan;
sportchilar faoliyatida irodaviy matonat, oqilona harakat, vaziyatni engib o‘tish, muvaffaqiyatga erishish, nazorat, irodaviy mas’uliyatlilik, g‘ayratlilik, jur’atlilik, muvaffaqiyatga erishish va qat’iylik kabi xususiyatlar yuqori darajada ahamiyatli faktorlarga birlishganligiga doir natijalar Farg‘ona, Jizzax, Qarshi, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari tizimidagi psixologik xizmat tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 03-16/6431-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarni bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorligini aniqlashning psixodiagnostik vositalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
sportchilarda natijaga erishish samaradorligiga shaxsning irodaviy sifatlari, engib o‘tuvchi xulq-atvor va muvaffaqiyatga erishish kabi pedagogik-psixologik omillar ta’siri dalillanganligiga doir takliflar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 03-16/6431-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklifning joriy etilishi sport maktablarida faoliyat yuritadigan mutaxassislarni psixologik xizmat faoliyatiga doir, bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarini oshishiga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish