Mambetnazarov Genjemurat Djumabaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolatlarini takomillashtirish masalalari”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1035.
Ilmiy rahbar: Reymova Zuxra Abatbaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Gulnoza Saydig‘anixo‘jaevna, yuridik fanlari doktori, professor; Allambergenov Saparbay Dauletbaevich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolatlarini takomillashtirishga oid muammolar va ularning echimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy kengashlar kotibiyatlari tomonidan mazkur kengashlar o‘z faoliyatini amalga oshirishiga oid hujjatlar zarurligi sababli ularni axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy va boshqa jihatdan ta’minlash amalga oshirilishi kerakligi asoslab berilgan;
kotibiyat tomonidan Kengash va doimiy komissiyalar qarorlarini qonunchilikka va yuridik texnikaga muvofiqligini ko‘rib chiqish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, normativ tusdagi qarorlarning Kengash muhokamasiga kiritilishidan oldin adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini amalga oshirish lozimligi asoslab berilgan;
mahalliy Kengash deputati tomonidan odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda unga nisbatan tegishli chora qo‘llash yuzasidan mahalliy Kengash yoxud uning topshirig‘iga ko‘ra Odob-axloq masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan deputatning xulq-atvori to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi  asoslab berilgan;
mahalliy Kengash tomonidan deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etgani deputatga nisbatan jinoyat ishi yuritilishini yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni nazarda tutadigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritilishini istisno etadigan va tugatishga olib keladigan holat hisoblanishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy qilindi:
mahalliy kengashlar kotibiyatlari tomonidan mazkur kengashlar o‘z faoliyatini amalga oshirishiga oid hujjatlar zarurligi sababli ularni axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy va boshqa jihatdan ta’minlash amalga oshirilishi kerakligi haqidagi taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGES Prezidiumining 2024-yil 23-fevraldagi “Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining kotibiyati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1538-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi kotibiyati to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining Mahalliy hokimiyatning vakillik va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil 1-martdagi 08-08/150-3-son Dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mahalliy Kengash kotibiyatlarining axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy va boshqa jihatlardan faoliyatini tartibga solishga  xizmat qilgan;
kotibiyat tomonidan Kengash va doimiy komissiyalar qarorlarini qonunchilikka va yuridik texnikaga muvofiqligini ko‘rib chiqish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, normativ tusdagi qarorlarning Kengash muhokamasiga kiritilishidan oldin adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini amalga oshirishiga oid haqidagi taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGES Prezidiumining 2024-yil 23-fevraldagi “Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining kotibiyati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1538-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi kotibiyati to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomning 8-bandi o‘n uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining Mahalliy hokimiyatning vakillik va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil 1-martdagi 08-08/150-3-son Dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mahalliy Kengashning  kotibiyatlarining norma ijodkorligi faoliyatini tartibga solishga  xizmat qilgan;
mahalliy Kengash deputati tomonidan odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda unga nisbatan tegishli chora qo‘llash yuzasidan mahalliy Kengash yoxud uning topshirig‘iga ko‘ra Odob-axloq masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan deputatning xulq-atvori to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishiga oid taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGES Prezidiumining
2024-yil 23-fevraldagi “Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
1537-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar”ning 5-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining Mahalliy hokimiyatning vakillik va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil 1-martdagi 08-08/150-2-son Dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Kengashning yoki Odob-axloq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning deputatning xulq-atvori to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqishga oid vakolatlarini belgilashga xizmat qilgan;
mahalliy Kengash tomonidan deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etgani deputatga nisbatan jinoyat ishi yuritilishini yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni nazarda tutadigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritilishini istisno etadigan va tugatishga olib keladigan holat hisoblanishiga oid taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGES Prezidiumining 2024-yil 23-fevraldagi “Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1537-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar”ning 6-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining Mahalliy hokimiyatning vakillik va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil 1-martdagi 08-08/150-2-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Kengash deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etgani unga nisbatan sud-tergov ish yuritilishini istisno etadigan va tugatishga olib keladigan holat hisoblanishi tartibini joriy etilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish