Ganiev Andiyor Adizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkir pankreatitning klinik-immunologik xususiyatlari va xirurgik davolash yakuni istiqbolini belgilash usullarini mukammalashtirish” ixtisosliklar shifri: 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4171.
Ilmiy rahbarlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musoev Toxir Yaxyoevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulamov Olimjon Mirzoxitovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir pankreatitning klinik-immunologik xususiyatlari va xirurgik davolash yakuni istiqbolini belgilash usullarini mukammallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘tkir pankreatitning alkogolli va alkogolsiz etiologiyali progressiyalanuvchi shakli abortiv kechuvchi shakliga nisbatan  yallig‘lanishga xos IL-1β, IL-6 va TGFβ1 sitokinlar miqdorining ishonarli ortishi fonida rivojlanishi isbotlangan;
ilk bor o‘tkir pankreatitning kelib chiqishi alkogolli va alkogolsiz bo‘lgan progressiyalanuvchi shaklida yallig‘lanishga xos IL-2 miqdorining abortiv kechuvchi shakliga nisbatan keskin kamayishi bilan kechishi aniqlangan;
ilk bor progressiyalanuvchi alkogol etiologiyali o‘tkir pankreatitda yallig‘lanishga xos sitokinlar (IL-1β, IL-6 va TGFβ) va laktoferrin miqdori kelib chiqishi alkogolsiz o‘tkir pankreatitga nisbatan  keskin ortishi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir pankreatitning progressiyalanuvchi shakli uning kelib chiqishidan kat’iy nazar tug‘ma immunitetning gumoral omillari (komplementning C3 va C5 komponentlari) miqdorining keskin kamayishi fonida laktoferrin miqdorining ortishi bilan kechishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir pankreatitning klinik-immunologik xususiyatlari va xirurgik davolash yakuni istiqbolini belgilash usullarini mukammallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik:  ilk bor o‘tkir pankreatitning alkogolli va alkogolsiz etiologiyali progressiyalanuvchi shakli abortiv kechuvchi shakliga nisbatan  yallig‘lanishga xos IL-1β, IL-6 va TGFβ1 sitokinlar miqdorining ishonarli ortishi fonida rivojlanishi isbotlanganligi bo‘yicha «O‘tkir pankreatitda klinik-immunologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 24 noyabrdagi 23m/145-sonli  xulosasi). Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 18.12.2023 yildagi 58-son xamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2.12.2023 yildagi 137-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/09-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi:  o‘tkir pankreatitning alkogolli va alkogolsiz etiologiyali progressiyalanuvchi shakli va abortiv kechuvchi shaklida klinik-immunologik xususiyatlarini aniqlash usullarini qo‘llash  kasallik asoratlarini kamaytirishga imkon yaratadi  va kasallik natijasi va bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilishi o‘tkir pankreatitli bemorlarni klinik-immunologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash usulini qo‘llash orqali kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga va xamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga bir bemorni davolashda 855000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir pankreatitning kelib chiqishi alkogolli va alkogolsiz bo‘lgan progressiyalanuvchi shaklida yallig‘lanishga xos IL-2 miqdorining abortiv kechuvchi shakliga nisbatan keskin kamayishi bilan kechishi aniqlanganligi bo‘yicha «O‘tkir pankreatitda klinik-immunologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 24 noyabrdagi 23m/145-sonli  xulosasi). Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 18.12.2023 yildagi 58-son xamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2.12.2023 yildagi 137-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/09-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi:  o‘tkir pankreatitning kelib chiqishi alkogolli va alkogolsiz bo‘lgan progressiyalanuvchi shaklida klinik-immunologik xususiyatlarini aniqlash usullarini takomillashtirish  kasallik asoratlarini kamaytirishga imkon yaratadi  va kasallik natijasi va bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilishi o‘tkir pankreatitli bemorlarni klinik-immunologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash usulini qo‘llash orqali kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga va xamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga bir bemorni davolashda 855000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor progressiyalanuvchi alkogol etiologiyali o‘tkir pankreatitda yallig‘lanishga xos sitokinlar (IL-1β, IL-6 va TGFβ) va laktoferrin miqdori kelib chiqishi alkogolsiz o‘tkir pankreatitga nisbatan  keskin ortishi aniqlanganligi bo‘yicha «O‘tkir pankreatitda klinik-immunologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 24 noyabrdagi 23m/145-sonli  xulosasi). Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 18.12.2023 yildagi 58-son xamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2.12.2023 yildagi 137-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/09-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi:  progressiyalanuvchi alkogol etiologiyali o‘tkir pankreatitning klinik-immunologik xususiyatlari aniqlash usullarini takomillashtirish  kasallik asoratlarini kamaytirishga imkon yaratadi  va kasallik natijasi va bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilishi o‘tkir pankreatitli bemorlarni klinik-immunologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash usulini qo‘llash orqali kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga va xamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga bir bemorni davolashda 855000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir pankreatitning progressiyalanuvchi shakli uning kelib chiqishidan kat’iy nazar tug‘ma immunitetning gumoral omillari (komplementning C3 va C5 komponentlari) miqdorining keskin kamayishi fonida laktoferrin miqdorining ortishi bilan kechishi isbotlanganligi bo‘yicha «O‘tkir pankreatitda klinik-immunologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 24 noyabrdagi 23m/145-sonli  xulosasi). Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 18.12.2023 yildagi 58-son xamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 2.12.2023 yildagi 137-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/09-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda o‘tkir pankreatitning progressiyalanuvchi shakli uning kelib chiqishidan kat’iy nazar tug‘ma immunitetning gumoral omillari miqdorlarini o‘z vaqtida aniqlash va ixtisoslashtirilgan davolash taktikasini qo‘llash kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirish xamda asoratlarini kamaytirishga imkon yaratadi  va bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilishi o‘tkir pankreatitli bemorlarni klinik-immunologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash usulini qo‘llash orqali kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga va xamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga bir bemorni davolashda 855000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish