Raxmatullaev Behzod Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish orqali oila farovonligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlari», 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.           
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2537
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Muxammedov Murod Muxamadievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish orqali oila farovonligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasi subektlarining resurs imkoniyatlari bilan belgilanadigan xizmatlarni iste’mol qilish sifatini oshirishga qaratilgan muqobil strategiyalarga mos keladigan raqobatbarosh ustunliklardan foydalanish asosida xizmat ko‘rsatish sohasida xizmat sifatining oila farovonligiga ta’siri modeli bo‘yicha taklifi asoslangan;
mahallalarda xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlik salohiyatini oshirish, xizmatlar faoliyatini diversifikasiyalash maqsadida mahalla ettiligi bilan kelishilgan holda xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha oilaviy tadbirkorlik asosida klasterlar tashkil etish taklifi asoslangan;
oilaviy xizmatlarni tizimli tashkil etish, turmush sharoitlarini yaxshilash, samarali ijtimoiy profilaktik xizmatlarni joriy etish orqali oila farovonligini oshirish taklifi dalillangan;
xizmatlar bozorining rivojlanish tendensiyalari hamda xizmat ko‘rsatish sohasining oila farovonligiga ta’siri o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmi va unga ta’sir etuvchi omillar ekonometrik tahlillar asosida  xizmatlar sohasini barqaror rivojlantirishning 2028-yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish orqali oila farovonligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 xizmat ko‘rsatish sohasi subektlarining resurs imkoniyatlari bilan belgilanadigan xizmatlarni iste’mol qilish sifatini oshirishga qaratilgan muqobil strategiyalarga mos keladigan raqobatbarosh ustunliklardan foydalanish asosida xizmat ko‘rsatish sohasida xizmat sifatining oila farovonligiga ta’siri modeli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “2024–2025 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 13-iyundagi 01/00-03/10-5909-sonli dalolatnomasi). Ushbu modeldan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasi subektlarining xizmat sifatini oshirish orqali resurs salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek oilalarga sifatli xizmatlarni taqdim etish orqali oila farovonligini oshirish imkonini bergan;
mahallalarda xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlik salohiyatini oshirish, xizmatlar faoliyatini diversifikasiyalash maqsadida mahalla ettiligi bilan kelishilgan holda xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha oilaviy tadbirkorlik asosida klasterlar tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “2024–2025 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanib, uning hududiy tuzilmalari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 13-iyundagi 01/00-03/10-5909-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish oilalar moliyaviy savodxonligini oshirish, mahalla ettiligi bilan kelishilgan holda xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha oilaviy tadbirkorlik asosida klasterlar orqali xizmatlar faoliyatini diversifikasiyalash, shuningdek mahallada xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish imkonini bergan;
oilaviy xizmatlarni tizimli tashkil etish, turmush sharoitlarini yaxshilash, samarali ijtimoiy profilaktik xizmatlarni joriy etish orqali oila farovonligini oshirish taklifi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “2024–2025 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanib, uning hududiy tuzilmalari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 13-iyundagi 01/00-03/10-5909-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish oilada ta’lim, sog‘liqni saqlash, yashash va ovqatlanish hamda moliyaviy xizmatlarining samarali ijtimoiy profilaktiksini yo‘lga qo‘yish orqali oila farovonligini oshirish imkonini bergan;
xizmatlar bozorining rivojlanish tendensiyalari hamda xizmat ko‘rsatish sohasining oila farovonligiga ta’siri o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmi va unga ta’sir etuvchi omillar ekonometrik tahlillar asosida xizmatlar sohasini barqaror rivojlantirishning 2028-yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “2024–2025 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanib, uning hududiy tuzilmalari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 13-iyundagi 01/00-03/10-5909-sonli dalolatnomasi). 2028-yilda 2022-yilga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmi 25,2 %, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 23,5 %, ta’lim sohasidagi xizmatlar 15,9 %, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 16,3 %, savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari 24,1 % va aholi jon boshiga umumiy daromadlar 31,2 % oshishiga erishish imkonini bergan

Yangiliklarga obuna bo‘lish