Omonov Shermuhammad Bekmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari», 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2418
Ilmiy rahbar: Kuvandikov Shuxrat Obloqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Utemuratova Gulnaraxan Xojaniyazovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
iqtisodiyotning innovasion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat - xususiy sherikligi loyihalarida davlat va xususiy sektor majburiyatlarining aniq chegaralarini belgilash hamda sheriklik ishtirokchilari sa’yi-harakatlarini birlashtirish va ularning izchilligini ta’minlashga ko‘ra davlat - xususiy sherikligi modellarini joriy etish tizimi takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida DXSh loyihalarida risk qiymatini baholash usuli risklar ehtimolligini oralig‘ida past ( ), maqbul ( ), kritik
( ) va halokatli ( ) risk zonalariga tabaqalashtirish orqali davlat va xususiy sektor ishtirokchilari o‘rtasida risklarni taqsimlash mezonlari asosida takomillashtirilgan;
investision loyihaga mavjud ehtiyojlarni shakllantirish, tanlash, loyihani ekspert baholash, loyihani realizasiya qilish bo‘yicha tender o‘tkazish hamda tegishli konsessiya shartnomasini kelishish bosqichlaridan iborat algoritm asosida davlat - xususiy sherikligida konsessiya loyihasini boshqarish modeli ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatida xizmatlar sohasining samarali rivojlanish dinamikasi asosida jami xizmatlar hajmini oshirishning 2027-yilga bo‘lgan davrga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat-xususiy sherikligi loyihalarida davlat va xususiy sektor majburiyatlarining aniq chegaralarini belgilash hamda sheriklik ishtirokchilari sa’yi-harakatlarini birlashtirish va ularning izchilligini ta’minlashga ko‘ra davlat-xususiy sherikligi modellarini joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining amaliyotida foydalanish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 23-noyabrdagi 11/03-30-15063-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish davlat - xususiy sheriklik loyihalarida davlat va xususiy sektor o‘rtasida mas’uliyat va risklarni taqsimlash imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasida DXSh loyihalarida risk qiymatini baholash usuli risklar ehtimolligini oralig‘ida past ( ), maqbul ( ), kritik
( ) va halokatli ( ) risk zonalariga tabaqalashtirish orqali davlat va xususiy sektor ishtirokchilari o‘rtasida risklarni taqsimlash mezonlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining amaliyotida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 23-noyabrdagi 11/03-30-15063-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish davlat - xususiy sheriklik loyihasidagi risklar qiymatini baholash orqali muayyan vaqt oralig‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan maksimal yo‘qotishlarni aniqlash imkonini bergan;
investision loyihalarga ehtiyojlarni tahlil etish, loyihani tanlash, loyihani ekspert baholash, manfaatdor tomonlar bilan kelishuvga erishish, shartnoma hujjatlarini tayyorlash hamda tender o‘tkazish bosqichlarini shakllantirish asosida davlat-xususiy sherikligida konsessiya loyihasini boshqarish modeli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining amaliyotida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 23-noyabrdagi 11/03-30-15063-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish davlat - xususiy sherikligining muhim shakli hisoblangan konsessiya modelidan foydalanish asosida xizmat ko‘rsatish sohasida davlat - xususiy sherikligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan.
Samarqand viloyatida xizmatlar sohasining samarali rivojlanish dinamikasi asosida jami xizmatlar hajmini oshirishning 2027 yilga bo‘lgan davrga prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturlari va “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 23-noyabrdagi 11/03-30-15063-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2027 yilga kelib, viloyatda jami ishlab chiqarilgan xizmatlar hajmi 41,3 %ga va xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat unumdorligi 36,0 %ga oshishi imkonini beradi.