Rustamova Muxlisa Muxtaralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichimlik suv ta’minoti tizimidagi kompozit materialli suv quvurlarining gidravlik xisoblash usullarini takomillashtirish” mavzusidagi 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudova Dildora Ernazarovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Xudaykulov Savet Ishankulovich – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti “Suv omborlari va ularning xavfsizligi” laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor (05.09.07)
Bo‘riev Eshmurod Sattorovich – Toshkent arxitektura-qurilish universtiteti professori, t.f.n., (05.09.07)
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ichimlik suv ta’minoti tizimida polietilen va shisha-plastik materialli bosimli suv quvurlarining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polietilen va shisha-plastik materialli bosimli suv quvurlari uchun Shezi koeffisientining empirik tenglamasi eksperimental tadqiqotlar natijalari asosida, hamda eng kichik kvadratlar usuli asosida takomillashtirilgan;
polietilen va shisha-plastik materialli quvurlardagi beqaror suv harakatining gidravlik modeli giperbolik turdagi bir o‘lchovli xususiy hosilali differensial tenglamalar tizimi asosida takomillashtirilgan;
polietilen va shisha-plastik materialli quvurlarda suv oqimining beqaror harakatidagi tezlik dinamikasining gidravlik modeli Eyler va Struxal` mezonlari asosida takomillashtirilgan;
polietilen va shisha-plastik materialli suv quvurlardagi suvning harakatida vujudga keladigan urinma kuchlanishning, oqimning o‘rtacha tezligi υ, zichligi ρ, dinamik yopishqoqlik μ va Eyler mezoniga funksional bog‘liqlik tenglamasi asosida gidravlik qarshilik koeffisienti uchun yarim empirik ifoda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichimlik suv ta’minoti tizimidagi polietilen va shisha-plastik materialli suv quvurlarining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
polietilen va shisha-plastik materialli suv quvurlarining Shezi koeffisienti uchun takomillashtirilgan empirik tenglamasi, hamda quvurlardagi beqaror suv harakatining gidravlik modeli “Farg‘ona shahar suv ta’minoti„ MChJ faoliyatiga joriy etilgan. (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 9 avgust 08-06/8299-sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv ta’minotida limitlarni taqsimlash tizimi takomillashtirilib, 2-3 % miqdorida ichimlik suvi resurslarini iqtisod qilinishiga erishilgan.
polietilen va shisha-plastik materialli quvurlarda suv oqimining berqaror harakatida oqimning tezligi dinamikasining gidravlik modeli, hamda suv quvurlaridagi suvning harakatida vujudga keladigan urinma kuchlanishning oqimning o‘rtacha tezligi υ, zichligi ρ, dinamik yopishqoqlik μ va Eyler mezoniga funksional bog‘liqlik tenglamasi asosida gidravlik qarshilik koeffisienti uchun yarim empirik ifoda “Farg‘ona Arxitek sanoat muhandis tarmoq loyiha” MChJ faoliyatiga joriy etilgan. (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 9 avgust 08-06/8299-sonli ma’lumotnomasi). Natijada polietilen va shisha-plastik materialli bosimli suv quvurlardagi gidravlik qarshilikni hisoblash soddalashtirilgan hamda loyihalash ishlarini osonlashtirilgan.