Abdug‘aniev Muxriddin Muxiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Biomedisina signallarini raqamli ishlashning bo‘lak-polinomial usullari va dasturiy majmuasi” mavzusidagi 05.01.04 - “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4169.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zaynidinov Hakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, PhD.13/05.05.2023.T.162.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudayqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Saidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lak-polinomial usullar asosida tibbiy apparat vositalaridan qayd etilgan biomedisina signallariga raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elektroensefalograf apparatidan olingan signallarga Ermit splayni yordamida raqamli ishlov berish algoritmlari hamda ensefalograf apparati va kompyuter bilan o‘zaro aloqasini ta'minlash modeli ishlab chiqilgan;
ensefalograf apparatidan olingan elektroensefalografiya signallariga raqamli ishlov berishda bo‘lak-polinomial usullaridan foydalangan holda artefakt kasalligini tashxislash algoritmi va dasturiy moduli ishlab chiqilgan;
endoskop apparati yordamida olingan tasvirdan oshqozon yaralarini va ularning yuzasini Ermit splayni asosida aniqlash algoritmi va dasturiy interfeys ishlab chiqilgan;
elektroensefalografiya signallariga raqamli ishlov berish hamda tibbiy tasviridan oshqozon yaralarining yuzasini hisoblash algoritmlari va dasturiy majmua ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida bir o‘zgaruvchili lokal kubik Ermit splayni yordamida signallar va tasvirlarga raqamli ishlov berish algoritmlari va ularning dasturiy vositalari yordamida olingan ilmiy yangiliklar asosida:
endoskop apparati yordamida qayd etilgan gastroenterologiya signallarni raqamli ishlov berish uchun lokal kubik splayn usullari, algoritmlari va ular asosida yaratilgan dasturiy majmua Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Gastroenterologiya bo‘limiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yil 25-martdagi 02-38/6145-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan dasturiy vosita bemorlarga kasalliklari yuzasidan aniq tashxis qo‘yish, vrachlarni bemorlarga davolanish grafiklarini to‘g‘ri tanlash imkoniyatlarini yaratgan. Olingan ma’lumotlarning yuqori informativligi, aniq tashxis qo‘yish, ko‘rik natijalarini saqlab qolish kabi imkoniyatlarni taqdim etib, xizmat ko‘rsatish sifatining 8-13% ga oshish imkonini bergan;
elektroensefalografiya va gastroenterologiya signallarni raqamli ishlov berish uchun lokal kubik splayn usullari, algoritmlari va ular asosida yaratilgan dasturiy majmua Samarqand viloyat 1-son shahar shifoxonasi va Samarqand davlat tibbiyot universiteti 4-son Ichki kasalliklar kafedrasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yil 25-martdagi 02-38/6145-sonli ma’lumotnomasi). Dasturiy majmuaning amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarga kasalliklarga tashxis qo‘yish, vrachlarni bemorlarga davolanish grafiklarini to‘g‘ri tanlash imkoniyatlarini yaratgan. Olingan ma’lumotlarning yuqori informativligi, aniq tashxis qo‘yish, ko‘rik natijalarini saqlab qolish kabi imkoniyatlarni taqdim etib, tashxis qo‘yish aniqligini 10-14% ga oshgan, ketadigan vaqt esa 15-20% ga kamaydi hamda mehnat hajmini kamayishiga imkon bergan;
Andijon viloyati Andijon shahar “MEDEX PREMIUM” MChJ ga gastroenterologiya signallarni raqamli ishlov berish uchun lokal kubik splayn usullari, algoritmlari va ular asosida yaratilgan oshqozon yarasining yuzasini hisoblash uchun dasturiy majmua joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yil 25-martdagi 02-38/6145-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan dasturiy vosita bemorlarga kasalliklari yuzasidan aniq tashxis qo‘yish, vrachlarni bemorlarga davolanish grafiklarini to‘g‘ri tanlash imkoniyatlarini yaratgan. Olingan ma’lumotlarning yuqori informativligi, ko‘rik natijalarini saqlab qolish kabi imkoniyatlarni taqdim etib, xizmat ko‘rsatish sifatining 9-14% ga oshish imkonini bergan.