Asranov Abdurasul Xoshimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim tizimida buxgalteriya hisobi va nazoratini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2232.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Masharipov Ozod Alimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimi faoliyatida buxgalteriya hisobi va nazorati metodologiyasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblarda 174/1 - “Akademik stipendiya oluvchilar hisob-kitoblar”, 174/2 - “Ijtimoiy stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar”, 174/3 - “Maxsus stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar”, 174/4 - “Nomdor stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” subschyotlari yordamida stipendiya oluvchilar hisobi yuritilishini takomillashtirish taklifi asoslangan;
talabalar bilan hisob-kitoblar hisobini yuritishda 178 - “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” ishchi schyotini ochish hamda 178/1 - “Modul` kredit bo‘yicha hisob-kitoblar”, 178/2 - “Talabalar turar joyi to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotlarini qo‘llash asosida talabalar bilan to‘lov-kontraktdan tashqari mablag‘lar hisobi takomillashtirilgan;
byudjetdan tashqari mablag‘larni hisobga olishda 263 - “Innovatsion jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” schyotini qo‘llash orqali innovatsion faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobini takomillashtirish taklifi asoslangan;
kredit-modul` tizimida talabaning fanlardan qarzdorligi bo‘yicha hisob-kitoblar, uni to‘lanishi holatiga oid schyotlarni tahlil qilish, to‘lov-shartnoma schyotiga kredit-modulga oid qarzdorligi bo‘yicha to‘lovlar hamda tizimni rivojlantirish jamg‘armasi schyotida hisobni olib borish imkonini beruvchi talabalar bilan kredit-modul` hisobini byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar 262(102401)-schyotida yuritish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim tizimi faoliyatida buxgalteriya hisobi va nazorati metodologiyasini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblarda 174/1 - “Akademik stipendiya oluvchilar hisob-kitoblar”, 174/2 - “Ijtimoiy stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar”, 174/3 - “Maxsus stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar”, 174/4 - “Nomdor stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” subschyotlari yordamida stipendiya oluvchilar hisobi yuritilishini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari (ToshDAU, Andijon QXAI, Termiz AIRI, Qoraqalpog‘iston QXAI), Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat pedagogika instituti, Andijon mashinasozlik instituti tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 4/17-4/3-1437-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi oliy ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobini yuritishda hisob siyosatini ishchi schyotlar rejasi tarkibi, hisob registrlarini yuritish va uning axborot imkoniyatlarining oshirilishi natijasida hisob siyosatini tez va tejamli tuzish imkoniyati soddalashgan va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy hisobotlarni tuzish imkoni yaxshilangan;
talabalar bilan hisob-kitoblar hisobini yuritishda 178 - “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” ishchi schyotini ochish hamda 178/1 - “Modul` kredit bo‘yicha hisob-kitoblar”, 178/2 - “Talabalar turar joyi to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotlarini qo‘llash asosida talabalar bilan to‘lov-kontraktdan tashqari mablag‘lar hisobini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari (ToshDAU, Andijon QXAI, Termiz AIRI, Qoraqalpog‘iston QXAI), Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat pedagogika instituti, Andijon mashinasozlik instituti tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 4/17-4/3-1437-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 178 - “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” ishchi schyot kiritish hamda 178/1- “Kredit-modul bo‘yicha hisob-kitoblar” va 178/2- “Talabalar turar joyi to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar” schyotlarini amaliy qo‘llash talabalar to‘lov-shartnomadan tashqari boshqa mablag‘lari to‘g‘risidagi hisob-kitoblari UzASBO dasturida foydalanish imkoniyati yaratilib, kredit modul` tizimi bo‘yicha bo‘lgan qarzdorlik hamda talabalardan fanlarni qayta o‘zlashtirish bo‘yicha tushgan mablag‘lar hisobi nazoratga olingan, bu talabalar turar joyi to‘lovlar hisobini yuritilishi, ya’ni talabalar uchun hisoblanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi va nazoratini takomillashtirish imkonini bergan;
byudjetdan tashqari mablag‘larni hisobga olishda 263 - “Innovatsion jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” schyotini qo‘llash orqali innovatsion faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari (ToshDAU, AndijonQXAI, TermizAIRI, Qoraqalpog‘iston QXAI), Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat pedagogika instituti, Andijon mashinasozlik instituti tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 4/17-4/3-1437-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga olishni takomillashtirishda 263-“Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha boshqa daromadlar” nomli ishchi schyotini qo‘llash ilmiy va innovatsion faoliyat bilan bog‘liq barcha mablag‘lar har bir kafedralarning daromadlar va xarajatlar hisobini alohida sintetik schyotda yuritilishi, ma’lumotlarning aniqligini, shaffofligini ta’minlashi asoslangan;
kredit-modul` tizimida talabaning fanlardan qarzdorligi bo‘yicha hisob-kitoblar, uni to‘lanishi holatiga oid schyotlarni tahlil qilish, to‘lov-shartnoma schyotiga kredit-modulga oid qarzdorligi bo‘yicha to‘lovlar hamda tizimni rivojlantirish jamg‘armasi schyotida hisobni olib borish imkonini beruvchi talabalar bilan kredit-modul` hisobini byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar 262-schyotida yuritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari (ToshDAU, Andijon QXAI, Termiz AIRI, Qoraqolpog‘iston QXAI), Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat pedagogika instituti, Andijon mashinasozlik instituti tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 4/17-4/3-1437-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida daromadlar va xarajatlarni shakllanishi va amalga oshirilishida buxgalteriya hisobi va nazoratini takomillashtirish tizimi orqali buxgalteriya xizmati iste’molchilarini sifatli axborot olish imkonini yaratilib, davlat mablag‘larining tejamliligi ortgan.