Achilova Nazifa Raxmankulovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kreativ yondashuv asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining pedagogik kompetensiyalarini shakllantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2717
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Uchkun Ergashevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalarida kreativ yondashuv asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarining kreativligi va pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari, didaktik xususiyatlari, ularda umumkasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning rivojlanganlik darajasi, o‘quv-bilish faoliyatining produktivligi va tadqiqiy yo‘nalishdagi uslublarning shakllanganligi kabi omillarini integratsiyalash asosida o‘qitish bilan optimallik darajasini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda kreativ yondashuv asosida pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning didaktik modelini motivatsion-maqsadga yo‘naltirilgan, tuzilmali-mazmunli, funksional-faoliyatli, baholi-natijaviy tashkiliy-pedagogik komponentlari axborot texnologiyalari vositasida biologiya o‘qitish metodikasi fanidan information, daliliy, muammoli, fanlararo integratsiyalashuv va refleksiv bosqichlarga asoslangan STEAM texnologiyalari va PISA xalqaro tadqiqotlarining kontent topshiriqlarining ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentli mutaxassis sifatida tayyorlash axborot ta’lim muhitida talabalarning o‘quv motivlarini intensivligi,  ijodiy o‘z-o‘zini rivojlantirish samaradorligi, topshiriqlarni bajarish algoritmi, kognitiv jarayonlarni fasilitativi (pedagogik qo‘llab-quvvatlash) ning kreativligini ta’minlash kabi metodik shart-sharoitlari raqamli texnologiyalarni adaptiv joriy etish mexanizmi asosida kengaytirildi va metodik ta’minoti esa o‘qitish vositalari va subektlari faoliyatini integratsion shaklda loyihalashtirish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qitvchilarining pedagogik kompetensiyalarini shakillantirishni axborot-mazmunli, faoliyatli-texnologik, intelektual mezon va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirilgan, didaktik ta’minoti esa standart, nostandart va darajali topshiriqlar, talabalarni kreativ fikrlashini rivojlantirishga doir muammoli, kreativ mazmundagi biologik masalalar, o‘quv loyihalarini vizual ko‘rinishda ifodalovchi elektron-didaktik vositalarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kreativ yondashuv asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining kreativligi va pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari, didaktik jihatlari ularda umumkasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning rivojlanganligi, o‘quv-bilish faoliyatining produktivligi va tadqiqiy yo‘nalishdagi uslublarning shakllanganligi kabi omillarini integratsiya asosida o‘qitish bilan optimallik darajasini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan. Talabalarda kreativ yondashuv asosida pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishda innovatsion ta’limdan foydalanishning didaktik modelini motivatsion-maqsadga yo‘naltirilgan, tuzilmali-mazmunli, funksional-faoliyatli, baholi-natijaviy, tashkiliy-pedagogik komponentlari axborot texnologiyalari vositasida biologiya o‘qitish metodikasi fanidan information, daliliy, muammoli, fanlararo integratsiyalashuv va refleksiv bosqichlarga asoslangan STEAM texnologiyalari va PISA xalqaro tadqiqotlarining kontent topshiriqlarining ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalardan 5110400 – “Biologiya” ta’lim yo‘nalishining malaka talablari asosida kredit-modul tizimida joriy etish ko‘zda tutilgan fan dasturi, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-yanvardagi 02-07-257/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, axborot ta’lim muhitida talabalarining kreativligi va pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishda innovatsion va kreativ ta’limni tashkillashtirishning pedagogik, didaktik va metodik imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentli mutaxassis sifatida tayyorlash axborot ta’lim muhitida talabalarning o‘quv motivlarini intensivligi, ijodiy o‘z-o‘zini rivojlantirish samaradorligi, topshiriqlarni bajarish algoritmi, kognitiv jarayonlarni fasilitativining kreativligini ta’minlash kabi metodik shart-sharoitlari raqamli texnologiyalarni adaptiv joriy etish metodikasini kengaytirish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalardan 5110400 – “Biologiya” ta’lim yo‘nalishi (qozoq guruhi bakalavriat bosqichi uchun “G‘ilimi zertteu qizmetіnің negіzderі” (Ilmiy tadqiqot faoliyati asoslari), (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i guvohnomasi) nomli o‘quv qo‘llanmasi va “Biologiya o‘qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan laboratoriya mashg‘ulotlaridan uslubiy qo‘llanmalar (NDPI 2022 yil 31-may 10-son yig‘ilishida ma’qullangan) mazmuniga singdirilgan. Natijada, biolog-talabalarning o‘z faoliyatini kreativligini oshrishda qo‘llaniladigan metodik ta’minoti o‘qitish vositalari va subektlari faoliyatini integratsion shaklda loyihalashtirish orqali pedagogik kompetensiyalarini shakklantirish va rivojlantirishga erishilgan;
“Biologiya o‘qitish metodikasi” fanidan bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kreativligini va kasbiy-pedagogik kompetentligini tashkil etishning didaktik ta’minoti standart, nostandart va darajali topshiriqlar, talabalarni kreativ fikrlashini rivojlantirishga doir muammoli, kreativ mazmunli biologik masalalar, o‘quv loyihalarini vizual ko‘rinishda ifodalash imkoniyatlarini kengaytiruvhi raqamli-didaktik (yoki ta’limning elektron-dasturiy vositalarini) vositalarni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir takliflardan “Biologiya o‘qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan elektron o‘quv uslubiy majmua” nomli elektron o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda mazkur qo‘llanma negizida tayyorlangan talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyatni rivojlantirishga oid ishlanmalar va metodik tavsiyalar https://learning-biology.uz/ saytida qayd etilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-yanvardagi 02-07-257/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning biologiyani o‘qitishda innovatsion va kreativ ta’limni tashkil etish asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining pedagogik kompetentli mutaxassis sifatida tayyorlash metodikasini elektron ta’lim resurslari vositasida takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish