Abdulxakimov Arsen Renatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tashqi quloqning morfofunksional parametrlarini antropometrik ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib3472.
Ilmiy rahbar: Mamasaidov Jamolidin Turginbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Samieva Gulnoza Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda tashqi quloqning morfofunksional parametrlarini eshitish o‘tkirligi va antropometrik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi extimoliy bog‘liqlikni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘quvchilarida tashqi quloqning antropometrik ko‘rsatkichlar, tashqi quloqning vertikal va gorizontal o‘lchamlari va eshitish o‘tkirligi o‘rtasida mutanosib bog‘liqlik mavjudligi, shuningdek eshitish organlarining yoshga bog‘liq o‘zgarishlarga morfofunksional moslashuv tezligi va xususiyatlaridagi gender farqlari tufayli bu nisbatlar qizlarda yaqqol namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor tashqi quloqning anatomik va fiziologik xususiyatlarini aniqlash uchun bolalarning yosh guruhlariga qarab proporsional quloq o‘sishining original indeksi va tovushni idrok etishining etuklik indeksi ishlab chiqilgan;
tashqi quloqning morfofunksional parametrlari va va antropometrik ko‘rsatkichlarning korrelyasion tahlili orqali ularning audiologik xususiyatlar (eshitish o‘tkirligi) bilan bog‘likligi aniqlangan va bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liklik o‘ng quloq ko‘rsatkichlari bilan yanada yaqqolroq ekanligi isbotlangan;
turli yosh davrlarida tog‘ay plastinkasining qalinlashishi, etuk va yosh tog‘ayning nisbati, hujayralararo moddaning hajmiy zichligi hamda yakka xondrotsitlar va izoguruhlarning tarqalish zichligi o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladigan tog‘ay to‘qimalarining tuzilishidagi morfologik o‘zgarishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda tashqi quloqning morfofunksional parametrlarini antropometrik ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: maktab o‘quvchilarida tashqi quloqning antropometrik ko‘rsatkichlar, tashqi quloqning vertikal va gorizontal o‘lchamlari va eshitish o‘tkirligi o‘rtasida mutanosib bog‘liqlik mavjudligi, shuningdek eshitish organlarining yoshga bog‘liq o‘zgarishlarga morfofunksional moslashuv tezligi va xususiyatlaridagi gender farqlari tufayli bu nisbatlar qizlarda yaqqol namoyon bo‘lishi aniqlangani bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 dekabrda 01-02/u-t-x-06-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda tashqi eshituv a’zosi parametrlarini va antropometrik ko‘rsatkichlarni bog‘likligini tekshirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 12.07.2024 yildagi 108-son hamda Farg‘ona shahar «Farovon» klinikasi bo‘yicha 28.11.2023 yildagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tovushlarni eshitish turli yosh davrlarda turlicha bo‘lganligi maktablarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazishda, dars jarayonlarida, sport mashg‘ulotlarida hamda bolalarni sinfda o‘tirishning huquqiy me’yorlarini ishlab chiqishda hisobga olinib korreksiya ishlari olib boriladi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 500000 so‘m byudjet mablag‘lari bolalar orasida eshitish a’zolari kasalliklarni erta aniqlash va to‘g‘ri yondashish orqali iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor tashqi quloqning anatomik va fiziologik xususiyatlarini aniqlash uchun bolalarning yosh guruhlariga qarab proporsional quloq o‘sishining original indeksi va tovushni idrok etishining etuklik indeksi ishlab chiqilgani bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 dekabrda 01-02/u-t-x-06-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda tashqi eshituv a’zosi parametrlarini va antropometrik ko‘rsatkichlarni bog‘likligini tekshirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 12.07.2024 yildagi 108-son hamda Farg‘ona shahar «Farovon» klinikasi bo‘yicha 28.11.2023 yildagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tovushlarni eshitish turli yosh davrlarda turlicha bo‘lganligi maktablarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazishda, dars jarayonlarida, sport mashg‘ulotlarida hamda bolalarni sinfda o‘tirishning huquqiy me’yorlarini ishlab chiqishda hisobga olinib korreksiya ishlari olib boriladi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 500000 so‘m byudjet mablag‘lari bolalar orasida eshitish a’zolari kasalliklarni erta aniqlash va to‘g‘ri yondashish orqali iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: tashqi quloqning morfofunksional parametrlari va va antropometrik ko‘rsatkichlarning korrelyasion tahlili orqali ularning audiologik xususiyatlar (eshitish o‘tkirligi) bilan bog‘likligi aniqlangan va bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liklik o‘ng quloq ko‘rsatkichlari bilan yanada yaqqolroq ekanligi isbotlangani bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 dekabrda 01-02/u-t-x-06-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda tashqi eshituv a’zosi parametrlarini va antropometrik ko‘rsatkichlarni bog‘likligini tekshirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 12.07.2024 yildagi 108-son hamda Farg‘ona shahar «Farovon» klinikasi bo‘yicha 28.11.2023 yildagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tovushlarni eshitish turli yosh davrlarda turlicha bo‘lganligi maktablarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazishda, dars jarayonlarida, sport mashg‘ulotlarida hamda bolalarni sinfda o‘tirishning huquqiy me’yorlarini ishlab chiqishda hisobga olinib korreksiya ishlari olib boriladi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 500000 so‘m byudjet mablag‘lari bolalar orasida eshitish a’zolari kasalliklarni erta aniqlash va to‘g‘ri yondashish orqali iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: turli yosh davrlarida tog‘ay plastinkasining qalinlashishi, etuk va yosh tog‘ayning nisbati, hujayralararo moddaning hajmiy zichligi hamda yakka xondrotsitlar va izoguruhlarning tarqalish zichligi o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladigan tog‘ay to‘qimalarining tuzilishidagi morfologik o‘zgarishlar aniqlangani bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 dekabrda 01-02/u-t-x-06-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda tashqi eshituv a’zosi parametrlarini va antropometrik ko‘rsatkichlarni bog‘likligini tekshirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘yicha 12.07.2024 yildagi 108-son hamda Farg‘ona shahar «Farovon» klinikasi bo‘yicha 28.11.2023 yildagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 01/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tovushlarni eshitish turli yosh davrlarda turlicha bo‘lganligi maktablarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazishda, dars jarayonlarida, sport mashg‘ulotlarida hamda bolalarni sinfda o‘tirishning huquqiy me’yorlarini ishlab chiqishda hisobga olinib korreksiya ishlari olib boriladi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 500000 so‘m byudjet mablag‘lari bolalar orasida eshitish a’zolari kasalliklarni erta aniqlash va to‘g‘ri yondashish orqali iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish