Ibragimov Murod Arslanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imkoniyati cheklangan shaxslarga yunon-rum kurashini o‘rgatishning optimal nisbatlari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped738.
Ilmiy rahbar: Aliev Iskandar Bahramovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Arziqulov Muqum O‘rolovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eshitishida nuqsoni bor shaxslarni yunon-rum kurashining texnik usullariga o‘rgatishni optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eshitishida nuqsoni bor yunon-rum kurashchilarining tayyorgarligini oshirishda mezotsikl (nazariy, jismoniy, texnik-taktik va psixologik) va tayyorgarlik turlari bo‘yicha hujum va qarshi hujum harakatlarini o‘zlashtirishga qaratilgan chalg‘ituvchi texnik elementlarni mashg‘ulot dasturiga kiritish hisobiga mashg‘ulotni samarali rejalashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
eshitishida nuqsoni bor yunon-rum kurashchilarining musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida kombinatsion hujum harakatlarini takomillashtirish maqsadida bellashuvlar vaqtini inobatga olish asosida sport formasini yuqori darajada saqlash, mashg‘ulot jarayonidagi mashqlarni bajarish soni va urinishlarni maksimal shiddatda bajarishga ko‘ra mikrotsikl dasturida oralig‘ dam olish intervallarini me’yorlash hisobiga musobaqalarda hujum va himoya usullarini qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan;
eshitishida nuqsoni bor yunon-rum kurashchilarining yillik yuklamalarini optimallashtirishda sportchilarni individual xususiyatlari bilan bir qatorda tayyorgarlik natijalarini baholash va korreksiyalash bilan sport tayyorgarligini boshqarish kabi mezonlari aks etgan bir yillik strategik modulni o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarining asosiy qismiga kiritish hisobiga musobaqa bellashuvlari samaradorligi oshirilgan;
eshitishida nuqsoni bor yunon-rum kurashchilarini texnik-taktik usullarga o‘rgatish uchun tik va parter holatidagi asosiy usullarni imo-ishoralar, video tasvirlar orqali namoyish etuvchi “SurdWrestling” dasturini mashg‘ulotlarda qo‘llash hisobiga usullarga o‘rgatish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eshitishida nuqsoni bor shaxslarni yunon-rum kurashining texnik usullariga o‘rgatishni optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
eshitishida nuqsoni bor yunon-rum kurashchilarining texnik-taktik usullarga o‘rgatish uchun tik va parter holatidagi asosiy usullarni imo-ishoralar, video tasvirlar orqali namoyish etuvchi “SurdWrestling” dasturi Olmazor tumani sport maktabi eshitishida nuqsoni bor yunon-rum kurashchilarining o‘quv-mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 1-apreldagi
03-16/3206-son ma’lumotnomasi). Natijada, mashg‘ulotlardagi o‘quv-bellashuvlarida texnik-taktik harakatlar samaradorligi 19% ga oshirishga erishilgan;
eshitishida nuqsoni bor yunon-rum kurashchilarining tayyorgarligini oshirishda mezotsikl (nazariy, jismoniy, texnik-taktik va psixologik) va tayyorgarlik turlari bo‘yicha hujum va qarshi hujum harakatlarini o‘zlashtirishga qaratilgan chalg‘ituvchi texnik elementlarni bo‘yicha amaliy tavsiyalar “Sport pedagogik mahoratini oshirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti kengashining 2023-yil 28-dekabrdagi 4-sonli buyrug‘iga asosan 264-raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quv-bellashuvlarida baholangan texnik-taktik harakatlar ko‘rsatkichlari 19% ga, yutqazilgan ballar ko‘rsatkichlari 14% ga yaxshilangan;
eshitishida nuqsoni bor yunon-rum kurashchilarining musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida kombinatsion hujum harakatlarini takomillashtirish maqsadida bellashuvlar vaqtini inobatga olish asosida sport formasini yuqori darajada saqlash, mashg‘ulot jarayonidagi mashqlarni bajarish soni va urinishlarni maksimal shiddatda bajarishga ko‘ra mikrotsikl dasturida oralig‘ dam olish intervallarini me’yorlash bo‘yicha takliflar Olmazor tumani sport maktabi, Toshkent shahar sport kurashlari va Toshkent shahar karlar sport assotsatsiyalari yunon-rum kurashi sportchilarining musobaqa oldi mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 1-apreldagi 03-16/3206-son ma’lumotnomasi). Natijada, bellashuvlarda hujum harakatlari ko‘rsatkichlari 31% ga, qarshi hujum harakatlari ko‘rsatkichlari 32% ga yaxshilangan;
eshitishida nuqsoni bor yunon-rum kurashchilarining yillik yuklamalarini optimallashtirishda sportchilarni individual xususiyatlari bilan bir qatorda tayyorgarlik natijalarini tahlil qilish va korreksiyalash bilan sport tayyorgarligini boshqarish kabi mezonlari tizimlashtirilgan bir yillik strategik modul asosida o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarining asosiy qismiga kiritish bo‘yicha takliflar Olmazor tumani sport maktabi mashg‘ulot rejasiga kiritilgan va na’munaviy rejaga moslashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 1-apreldagi 03-16/3206-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik tajriba davomida Toshkent shahar chempionatida 1-o‘rinlar, Osiyo chempionatida 2-o‘rin, Butun Jahon o‘yinlarida 3-o‘rin, Jahon chempionatida 5-o‘rin va 2025-yilgi Surdlimpiya o‘yinlarida ishtrok etish imkoniyatiga erishilgan.