Tasheva Sevara Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida ta’lim sifatini boshqarish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped6907.
Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Rahmonqulova Nargiza Xodjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim sifatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro dasturlarni o‘zlashtirishda bilingval kompetentlik muhim vositalardan biri ekanligiga ko‘ra qo‘shma ta’lim dasturlarining menejmenti doirasida «til immersiyasi» va «ta’lim patterni» kabi yangi atamalarni ilmiy-amaliy muomalaga kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qo‘shma ta’lim sifati nazoratining amaldagi tartibiga ko‘ra (xalqaro bo‘lim, ilmiy bo‘lim, o‘quv bo‘limi va b.), o‘quv va qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish va transformatsiyasiga ko‘ra muqobil dasturiy ta’minotni shakllantirish va monitoring sifatini oshirishga ko‘ra qo‘shma ta’lim dasturi amaliyotini o‘quv bo‘limi boshqaruvida tashkil qilishning samarali ekanligi asoslangan;
qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida ta’lim sifatini boshqarish mexanizmiga yangi moslashuv elementi kiritilgan bo‘lib, ushbu elementning O‘zbekistonda joriy qilinayotgan va joriy qilinishi rejalashtirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlarini mahalliy ta’lim standartlari, jumladan, Davlat ta’lim standartlariga moslashtirish jarayonining ta’lim sifati ijobiy dinamikasiga hissa qo‘shishi asoslangan;
qo‘shma ta’lim dasturlari va mazkur dasturlarni oliy ta’lim tizimida boshqarish samaradorligini oshirishda pedagogik o‘lchovlarga ko‘ra talabalar sonini asos sifatida qabul qilish va oliy ta’lim muassasining markaziy boshqaruv tuzilmasida “Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish” bo‘limini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida ta’lim sifatini boshqarish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
xalqaro dasturlarni o‘zlashtirishda bilingval kompetentlik muhim vositalardan biri ekanligini inobatga olgan holda qo‘shma ta’lim dasturlarining menejmenti doirasida «til immersiyasi» va «ta’lim patterni» kabi yangi atamalarni ilmiy-amaliy muomalaga kiritishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida ta’lim sifati boshqaruvini O‘zbekiston sharoitida optimallashtirish» mavzusidagi metodik ko‘rsatmalar tarkibiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 31-iyuldagi 04/14-2144-son ma’lumotnomasi). Taklif oliy o‘quv yurtlaridagi qo‘shma ta’lim dasturlariga asoslangan ta’lim jarayonini tashkillashtirish hamda ularning menejmenti doirasida mos tushunchalarni amalda qo‘llash va ish faoliyatini takomillashtirishga uslubiy jihatdan xizmat qilgan;
qo‘shma ta’lim sifati nazoratining amaldagi tartibiga ko‘ra (xalqaro bo‘lim, ilmiy bo‘lim, o‘quv bo‘limi va b.) hamda o‘quv va qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish va transformatsiyasiga ko‘ra, muqobil dasturiy ta’minotni shakllantirish, monitoring sifatini oshirishga ko‘ra QTD amaliyotini o‘quv bo‘limi boshqaruvida tashkil qilish bo‘yicha taklif Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6-iyuldagi 421-son “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 31-iyuldagi 04/14-2144-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif milliy va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari sifati va samaradorligini oshirishga, qo‘shma ta’lim dasturlarini milliy Davlat ta’lim standartlariga moslashtirish orqali ta’lim jarayonini takomillashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalaridagi qo‘shma ta’lim dasturlarining ta’lim sifatini boshqarish bo‘yicha faoliyatni olib borish, jumladan, o‘quv va qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish va transformatsiyasiga ko‘ra muqobil dasturiy ta’minotni shakllantirish va monitoring sifatini oshirishga ko‘ra, qo‘shma ta’lim dasturi amaliyotini o‘quv bo‘limi boshqaruvida tashkil qilishning samaradorligining ilmiy asoslanganligi O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasida qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 2 ta yangi shtat elementi tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 31-iyuldagi 04/14-2144-son ma’lumotnomasi). Natijada vazirligining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishga erishilgan;
qo‘shma ta’lim dasturlari va mazkur dasturlarni oliy ta’lim tizimida boshqarish samaradorligini oshirishda pedagogik o‘lchovlarga ko‘ra talabalar sonini asos sifatida qabul qilish va oliy ta’lim markaziy boshqaruv tuzilmasida “Qo‘shma ta’lim dasturlarini boshqarish” bo‘limini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining akademik boshqaruv tuzilmasida alohida bo‘lim ko‘rinishida “Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish“ bo‘limini tashkil qilishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 31 iyuldagi 04/14-2144-son ma’lumotnomasi). Taklif qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni muvofiqlashtirish darajasini oshirish, unga ko‘ra faoliyat samaradorligi va boshqaruv qarorlari natijadorligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan.