Temirov Farrux Bahronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy bag‘rikenglikni rivojlantirishning falsafiy-mafkuraviy jihatlari”, 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2.PhD/Fal48.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Ochilova Baxti Murodovna, falsafa fanlari doktori, professor; Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy bag‘rikenglikni ta’minlashning barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish omili sifatidagi falsafiy-mafkuraviy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mezoni bilan baholash, xalq davlat organlariga emas, davlat xalqqa xizmat qilish tamoyiliga rioya qilishni tizimli tashkil etishning ijtimoiy bag‘rikenglikni ta’minlash mexanizmi sifatida namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
   diniy konfessiyalarning faoliyatida tenglikning ta’minlanishi, fuqarolarning ibodat etishlari uchun sharoitlarning yaratilishi diniy bag‘rikenglikni ta’minlash omili va ijtimoiy bag‘rikenglikning shakli  sifatida amal qilishi asoslangan;
 shaxslararo o‘zaro munosabatlarda bag‘rikenglik tamoyillariga rioya qilinishining ziddiyatli vaziyatlardan chiqish, barqaror taraqqiyotga erishish va ijtimoiy bag‘rikenglikning omili ekanligi ochib berilgan;
xalqaro munosabatlarda ijtimoiy bag‘rikenglikning ta’minlashi Yangi O‘zbekistonda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy  hayot farovonligiga erishish davlatning xalqaro nufuzi oshishi va teng imkoniyat makonida teng o‘rnini egallash imkoni sifatida aml qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy bag‘rikenglikni rivojlantirishning falsafiy-mafkuraviy jihatlari asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalar, xususan:
davlat boshqaruvida millatlararo tenglik, fuqarolar mehnatini ijtimoiy adolat mezoni bilan baholash, xalq davlat organlariga emas, davlat xalqga xizmat qilish tamoyiliga rioya qilishni tizimli tashkil etishning ijtimoiy bag‘rikenglikni ta’minlash mexanizmi sifatida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Agentligining «Yoshlarga oid davlat siyosati targ‘iboti oyligi» loyihasini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 19-noyabrdagi 4-13-21-546-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning ijtimoiy faol qatlamining ongida ijtimoiy bag‘rikenglik tamoyiliga amal qilish va yangi avlod yoshlariga maqsadli faoliyatini tashkil etishda ibrat bo‘zlishiga xizmat qilgan.
   diniy konfessiyalarning faoliyatida tenglikning ta’minlanishi, fuqarolarning ibodat etishlari uchun sharoitlarning yaratilishi diniy bag‘rikenglikni ta’minlash omili va ijtimoiy bag‘rikenglikning shakli  sifatida amal qilishiga oid takliflardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining  2023-yil 8-noyabrdagi  01-27 1333 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar  partiya faoliyatidagi  dolzarb masalalarni samarali hal etishga xizmat qilgan;
 shaxslararo o‘zaro munosabatlarda bag‘rikenglik tamoyillariga rioya qilinishining ziddiyatli vaziyatlardan chiqish, barqaror taraqqiyotga erishish va ijtimoiy bag‘rikenglikning omili ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali» DM ijodkorlari «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-oktyabrdagi 23-43-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM targ‘ibot ishlarida foydalanishga xizmat qilgan;
xalqaro munosabatlarda ijtimoiy bag‘rikenglikning ta’minlashi Yangi O‘zbekistonda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy  hayot farovonligiga erishish davlatning xalqaro nufuzi oshishi va teng imkoniyat makonida teng o‘rnini egallash imkoni sifatida amal qilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot  ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 29-noyabrdagi № 02-22/1321 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar mahallalarda konflikt vaziyatlarini bartaraf qilish, aholining o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish