Raximov Nodirjon Najmiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Buxoro vohasidagi er osti suvlarining hozirgi holatini baholash va ulardan istiqbolda oqilona foydalanish», 04.00.04 - Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/GM130.
Ilmiy rahbar: Mavlonov Aslon Akramovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Sabirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Djaksimuratov Karamatdin Mustapaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekgidrogeologiya” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro vohasidagi er osti suvlarining zamonaviy holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro vohasidagi er osti suvlari shakllanishida faol ishtirok etuvchi asosiy omillar aniqlangan hamda er osti suv konlarining gidrogeologik sharoiti va o‘rni baholangan;
ilg‘or texnologiyalar yordamida Buxoro vohasi er osti suvlari rejimini baholovchi gidrogeodinamik va gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarish tendensiyalari aniqlangan;
Buxoro vohasidagi er osti suvlarining zamonaviy holati baholangan va interaktiv raqamli gidrogeologik xaritasi yaratilgan;
Buxoro vohasidagi to‘rtlamchi va neogen davri yotqiziqlaridagi er osti suvlaridan istiqbolda oqilona foydalanish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Er osti suvlarining zamonaviy holatini baholash va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro vohasidagi er osti suvlarini shakllantiruvchi asosiy omillar, er osti suv konlarini zamonaviy gidrogeologik sharoitlari va ularning o‘rni baholanganligi Buxoro gidrogeologiya stansiyasining amaliy tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 23 apreldagi 08-1465-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot doirasida ko‘p yillik gidrogeologik va gidrologik ma’lumotlarni samarali tahlil qilish hamda tegishli xulosalar chiqarish imkonini bergan;
ilg‘or texnologiyalar yordamida ilmiy asoslangan Buxoro vohasidagi er osti suvlarining ko‘p yillik gidrogeodinamik va gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tendensiyalari Buxoro gidrogeologiya stansiyasining amaliy tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 23 apreldagi 08-1465-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlari monitoringini samarali yuritish va gidrogeologik ko‘rsatkichlar o‘zgarishining asosiy sabablarini aniqlashga imkon yaratilgan;
Buxoro vohasidagi to‘rtlamchi va neogen davri yotqiziqlaridagi er osti suvlaridan kelgusida oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy asoslar Buxoro gidrogeologiya stansiyasining amaliy tadqiqotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 23 apreldagi 08-1465-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlaridan oqilona foydalanish va ularni nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish imkonini bergan.