Matmusaeva Nadira Mamirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Hozirgi o‘zbek tarixiy romanlarida ayol shaxsi va uning badiiy talqini (Sh.Isaxonova ijodi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3078.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Ibodatxon Ikromovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Sulaymonov Mo‘minjon Yusubjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shahodat Isaxonovaning tarixiy-biografik romanlarining badiiy-estetik tahlili orqali hozirgi o‘zbek tarixiy romanchiligiga xos ayol shaxsi va uning badiiy talqini muammosini ochib berish hamda uning janr takomili, g‘oyaviy-badiiy mundarijasidagi ahamiyatini aniqlash asosida muayyan ilmiy-nazariy qarashlarni umumlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
roman janrining badiiy-konseptual olami xususiyatlaridan kelib chiqqan o‘zbek tarixiy romanlaridagi umuminsoniy, milliy g‘oyalar hamda shaxs ruhiy holatidagi talqin masalalari, ularning o‘zbek romanchiligidagi ta’sir kuchi, ijtimoiy-estetik omillari,  falsafiy-tarixiy ko‘lami va badiiy mukammallik darajasi aniqlangan;
Sh.Isaxonova tarixiy romanlaridagi badiiy tafakkur uyg‘unligida shakllangan umumiy va individual tasvir vositalari, poetik usullardan foydalanishdagi ijodiy-badiiy mahorat, lisoniy ifoda uslubi shakllari orqali yaratilgan tasvirlardagi ayol shaxsi va uning xarakteri ochib berilgan;
adibaning tarixiy-badiiy obraz yaratish borasidagi odam va olam haqidagi falsafiy mushohadalari, xoslangan uslubiy izlanishlari, tariximizda muhim o‘rin tutuvchi ayollar talqinidagi milliy g‘urur, onalik mehri va jur’ati, vafo va sadoqat, millat davomiyligi ta’minlovchi kuch kabi ezgu tuyg‘ular namunalarining tasvirlari aniqlanib, sujet uyg‘unligidagi badiiyat mohiyati asoslari isbotlangan;
ayol ichki dunyosini tasvirlashda muhim o‘rin tutuvchi badiiy detallar, voqelik tasviridagi tarixiy va zamonaviy mushtarak ifodaviy tasvirlardagi xalqona milliy jihatlar yozuvchi mahorati badiiy-estetik tahlillar, tarixiy va badiiy haqiqat tamoyillariga bog‘liqlik yozuvchi asarlaridagi ayollar obrazi orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahodat Isaxonovaning tarixiy-biografik romanlarining badiiy-estetik tahlili orqali hozirgi o‘zbek tarixiy romanchiligiga xos ayol shaxsi va obrazi muammosini o‘rganish hamda uning janr takomili, g‘oyaviy-badiiy mundarijasidagi ahamiyatini tadqiq etishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
Sh.Isaxonova talqinidagi malikalar obrazlarida lirik kayfiyat, ruhiy kechinmalar, onalik va buvilik maqomidagi munosabatlar yetakchi motivni tashkil etishi, ayol ijodkor ifoda yo‘sinida xotin-qizlarning ichki dunyosini keng planda qamrab olish imkoniyati yuqoriroq darajada ekanligi ochib berilgan to‘xtam va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2021 yillarda bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiya yaratish nomli fundamental loyiha doirasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 05/12-14-5575-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek romanchiligi taraqqiyotida umuminsoniy g‘oyalar va milliy ruhiyat talqini masalalari yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
xalq taqdirida chuqur iz qoldirgan tarixiy ayol shaxslarning obrazlari tizimini yaratayotgan Sh.Isaxonova “o‘zbek ayollar nasri” tushunchasining to‘liq shakllanishiga munosib ulush qo‘shayotgan mohir adibalarimizdan biri ekanligi isbotlangan hamda asarning g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasiga yaxlit yondashuv tarixiy asarlarning zamonaviy mohiyati haqida fikr aytish imkonini berishi, romanlar tili va uslubi qurama, ko‘pqatlamli, ko‘pqirrali bo‘lishi Sh.Isaxonova tarixiy romanlari tahlili orqali isbotlangan o‘rinlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘basi tomonidan hamda o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirishga doir uslubiy ko‘rsatmalar” tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 06-12-14-5678-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy adabiyotning o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi sifatidagi  qadriyat ekanligi haqidagi fikrlar yangi qarashlar bilan kengaytirilgan;
ayol ichki dunyosini tasvirlashda muhim o‘rin tutuvchi badiiy detallar, voqelik tasviridagi tarixiy va zamonaviy mushtarak ifodaviy tasvirlardagi xalqona milliy jihatlar yozuvchi mahorati badiiy-estetik tahlillar, tarixiy va badiiy haqiqat tamoyillariga bog‘liqlik yozuvchi asarlaridagi ayollar obrazi orqali dalillangan xulosalardan “O‘zbekiston teleradiokanali”da efirga uzatiladigan “Assalom, O‘zbekiston”, “Yurtim jamoli”, “Muqaddas ayol” kabi turkum ko‘rsatuvlar ssenariysini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 5-apreldagi 06-28-433-son ma’lumotnomasi). Natijada  ayol ichki dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari muhim omil ekanligi ko‘rsatuvlar ta’sirchanligini, ommabopligini oshirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish