Jumaev Sirojiddin Zafarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Molekulyar biologiyadan mashq va masalalarni echish metodikasini takomillashtirish (pedagogika oliy o‘quv yurtlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7445.
Ilmiy rahbar: Azimov Ibragimjon Toshpulatovich, biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Kuychieva Mo‘jizaxon Abdumannobovna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Juginisov Tangirbergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida Molekulyar biologiya fani bo‘yicha mashq va masalalar echishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini nazariy jihatdan asoslash, mashq va masalalar echish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
molekulyar biologiya fanini o‘qitishda mashq va masalalardan foydalanish orqali o‘quv ijodiy faoliyatni rivojlantirishning didaktik (bilim o‘rgatuvchi, malakani rivojlantiruvchi, va egallangan bilimlarni nazorat qiluvchi) funksiyalari psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlardagi holatini qiyosiy tahlil qilish orqali asoslangan;
molekulyar biologiya fanini talabalarga o‘qitishda o‘quv ijodiy faoliyatlarini tashkil qilish va o‘rganishda ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan model takomillashtirilgan;
molekulyar biologiya fanining nuklein kislotalar mavzulariga oid mashq va masalalarni echishga o‘rgatish orqali talabalarning o‘quv ijodiy faoliyatini shakllantirish metodikasini takomillashtilgan;
oqsillar mavzularini o‘qitishda talabalarning o‘quv ijodiy faoliyatlarini rivojlantishga qaratilgan o‘qitish vositalarni ishlab chiqishda mashq va masalalardan foydalanishda o‘quv-metodik ta’minot, shuningdek o‘quv metodik ishlanmalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida moleklyar biologiya fani mavzularini o‘qitishda mashq va masalalardan foydalanish asosida o‘qitish metodikasi takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
molekulyar biologiya fani mavzularini o‘qitishda mashq va masalalardan foydalanish bo‘yicha o‘quv materiallarini tizimlashtirishning didaktik parametrlari asosida talabalar topshiriqlarini loyihalash va fanga doir materiallar bilan ishlashda interfaol usullarni takomillashtirishga oid takliflardan PZ-2017-0927124-son “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. «Molekulyar biologiya”, o‘quv ijodiy faoliyatni tashkil etishning mazmuni va tashkiliy-metodik asoslari takomillashtirilgan;
molekulyar biologiya fani mavzularini o‘qitishda o‘quv ijodiy faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish modelini joriy etishning ilmiy-metodik ta’minoti o‘quv mashg‘ulotlarining o‘quv jarayonini ta’minlovchi metodik tizim, fanga oid mashq va masalalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqilgan hamda oliy talim muassasalarining biologiya ta’lim yo‘nalishidagi ilmiy metodik taminot mazmuniga singdirilgan. «Molekulyar biologiya” , ushbu takliflar ta’lim modelining ilmiy-metodik ta’minoti sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning ta'lim olishida o'quv faoliyatlarini takomillashtirishga qaratilgan mashq va masalalardan foydalanishning didaktik funksiyalari (bilim o'rgatuvchi, malakani rivojlantiruvchi, va egallangan bilimlami nazorat qiluvchi)ni belgilash asosida evrestik xususiyatlarini oshirishini aniqlashga oid takliflar "Biologiyadan olimpiada masalalarini echish metodikasi" nomli o'quv qo'llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024- yil 25-fevraldagi 7/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024/83U-209 raqamli nashr ruxsatnomasi). «Molekulyar biologiya” , molekulyar biologiya fanini o'qitishda mashq va masalalardan foydalanish imkoni kengaytirilgan.
molekulyar biologiya fani mavzularini o‘qitishda talabalarning o‘quv ijodiy faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishda o‘quv ijodiy topshiriqlarni bajarish metodlari, fanga oid o‘qitish metodikasini takomillashtirish darajalarini tashxislash komponentlari funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish orqali ta’lim sifat va samaradorligini oshirishga doir tavsiyalardan talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishda foydalanilgan. «Molekulyar biologiya” , bo‘lajak biologiya o‘qituvchisini mustaqil va kreativ ta’lim faoliyatiga yo‘naltirish, o‘z-o‘zining kasbiy kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan.