Arepbaev Islambek Muratbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qoraqalpog‘iston qushlari gelmintlarining ekologo-faunistik va taksonomik tavsifi”, 03.00.06- Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘ yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/B159.
Ilmiy maslahatchi: Akramova Firuza Djalaliddinovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Islomjon Ilxomjonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, professor; Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston qushlari gelmintlar faunasining zamonaviy holatini aniqlash, ekologik xususiyatlarini asoslash va epizootologik ahamiyatga ega gelmintozlarga qarshi kurash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston sharoitida suv-botqoq va quruqlik qushlari gelmintlarining 4 sinfga (Cestoda, Trematoda, Acanthocephala va Nematoda) mansub 155 turi aniqlangan. Aniqlangan gelmintlarning 112 turi suv-botqoq va 43 turi quruqlik qushlarda qayd etilgan;
ilk bor O‘zbekiston gelmintofaunasi uchun parazit chuvalchanglarning 10 turi aniqlangan. Shulardan, Austrobilharzia chapini (Price, 1929) Markaziy Osiyo gelmintofaunasi uchun yangi tur sifatida qayd etilgan;
suv-botqoq qushlarida qayd etilgan gelmintlarning 85 turi Qoraqalpog‘iston gelmintofaunasi uchun ilk bor aniqlangan va Acanthocephala sinfining vakillari quruqlik qushlari (tovuqsimon va chumchuqsimonlar) da qayd etilmagan;
o‘rganilgan qushlarning gelmintlar bilan zararlanish darajasi 85,8% ni va invaziya intensivligi birdan to bir necha o‘nlab namunalarni tashkil etishi isbotlangan;
o‘rganilgan 10 ta turkumga mansub qushlarning gelmintlar faunasi teng taqsimlanmagan. gelmintfaunaning eng boy xilma-xilligi g‘ozsimonlar turkumi vakillarida ekanligi - 75 tur, lochinsimonlar turkumi vakillarida esa 6 turdan iboratligi aniqlangan;
o‘rganilgan qushlarning trofik-ekologik aloqalari asosan ularda parazitlik qiluvchi gelmintlarning tarkibini izohlaydi va gelmintofaunasining shakllanishida asosiy omil sifatida hizmat qilishi asoslangan;
xonaki va ovlanadigan qushlar asosiy gelmintozlarining profilaktikasi uchun ekologik va epizootologik asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston qushlari gelmintlarining ekologo-faunistik va taksonomik tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qushlar vakillaridan o‘rdak, g‘ozlarning bilgarsillez, trixobilgarsioz kasalliklariga qarshi “Prazikvantel” hamda tovuq va kurkalarning kapillyarioz, askaridoz, geterakidoz kasalliklariga qarshi “Levamizol”, “Timbendazol” dori preparatlarini qo‘llash dozalari va usullari Qoraqalpog‘iston respublikasi Amudaryo va Beruniy tumanlari parrandachilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining 2024 yil 08 apreldagi 33/01-10-295-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rdak va g‘ozlarrning bilgarsiellez, trixobilgarioz kasalliklariga qarshi prazikvantel preparati (5,0; 8,0 va 10,0 mg/kg sarf meyorida) qoʻllanilganda 80-100%, tovuq va kurkalarning kapillyarioz, askaridoz, geterakidoz kasalliklariga qarshi levamizol (eritma - 1 ml 2 kg vazinga) va timbendazol (0,5 tabletka 10 kg vazinga) nisbatan qo‘llanilganda 91,6-100%, samaradorlikka erishilgan va ushbu gelmintoz kasalliklari bo‘yicha epizootik barqororlikni ta’minlash hamda parrandalarning maxsuldorligini oshirish imkonini bergan;
suv-botqoq va quruqlik qushlari gelmintlari orasida xonaki va ovlanadigan qushlarining gelmintozlari qo‘zg‘atuvchilari bo‘lgan jiddiy epizootologik ahamiyatga ega turlar tahlil qilingan, ularning ahamiyati ochib berilgan hamda qushlar xilma-xilligini saqlash, muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘ston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi qator tashkilotlar (Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Bo‘zatov tumanlari) amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘ston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 9 apreldagi 01/18-2-1128-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qushlar xilma-xilligini saqlash, gelmintlar populyasiyasini baholash, gelmintoz kasalliklarini aniqlash va oldini olish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston qushlari gelmintlarining zamonaviy turlar tarkibi, dominant turlarning bioekologik xususiyatlari hamda sistematik tahlili bo‘yicha yangi ma’lumotlar olingan. Gelmintoz kasalliklarining oldini olish maqsadida aholi orasida sanitariya-gigiena meyorlari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilgan, olingan ilmiy va amaliy natijalar bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar mazkur hududda faoliyat olib boradigan parazitolog va tibbiyot soha vakillari faoliyatida foydalanish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2024 yil 5 iyundagi 01/3215-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizdagi serkariozlarning epidemiologik holatining barqarorligini ta’minlash va oldini olish imkonini bergan.