Muxtorov Erkin Mustafoevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vrach kasbiy mahoratini rivojlantirishining psixologik mexanizmlari” 19.00.03 - Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (kasb psixologiyasi) (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/P25.
Ilmiy maslahatchi: Begmatov Abduladjan Seradjidinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jabborov Xazrat Xuseynovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vrach kasbiy mahoratini rivojlantirishning psixologik mexanizmlarini aniqlash orqali zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliyotchi vrachlar kasbiy mahoratining rivojlanganlik darajasini baholashda bemor va hamkasblar bilan muloqotdagi mas’uliyatlilikning, tibbiy-ekstremal holatlarda muammoga orginal echim topishdagi fikrning chuqurligi, moslashuvchanligi, mustaqilligining, “vrach-bemor”, “vrach-bemorning yaqinlari” munosabatlari diadasidagi o‘zaro tushunish va tushuntirishning beg‘arazlik tamoyiliga asoslanganligini hisobga olish muhimligi tufayli shaxsdagi kasbiy faoliyat bilan bog‘liq “xulqiy”, “kreativ”, “kognitivlik”, “altruizm”, “ijtimoiy adaptatsiya” kabi professional attityudlarning ustuvor namoyon bo‘lishi muhim mezon ekanligi asoslangan;
vrachlar kasbiy mahoratining namoyon bo‘lishida “vrach-mijoz-mijozning yaqinlari” munosabatlarida bir-birining kechinmalarini autent baholash, idrok etishni aks ettiruvchi empatiyaning ratsional va hissiy kanalini, lingvistik, shaxslararo va shaxs ichki olamiga yo‘nalganlik bilan bog‘liq intellektni tibbiy muloqotdagi professional deontologiyaga simbioz ifodalanishi tufayli shaxsning emotsional xususiyatlari va intellekt tiplari ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
vrach-bemor o‘rtasida optimal komplaensning shakllanishi insonlar va vaziyatni tushunishning altruizmga, emotsional barqarorlikning kasbiy mahoratni xulqiy, kognitiv, ijtimoiy adaptasion sifatlariga uyg‘un holda professional muloqotda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli sotsial kommunikativ kompetentlikning integral xususiyatlariga bog‘liq ekani isbotlangan;
vrachlardagi kasbiy mahoratning rivojlanganligini baholashda “bemor-shifokor”, “shifokor-shifokor” munosabatlaridagi disfunksional to‘siqlarni engib o‘tishni ifodalovchi konstruktiv kommunikativ sifatlar emotsional barqarorlik ta’sirida ijtimoiy tafakkurni faollashishi altruistik qarashlarni namoyon qilganligi tufayli tibbiy vaziyatlardagi kommunikativ kompetentlik, ijtimoiy persepsiya, refleksiya shaxsga ta’sir etuvchi muhim “professional-psixologik prediktorlar” ekanligi isbotlangan;
vrachlarda kasbiy mahoratni rivojlantirish modeli professional tushunchalarni anglash, tibbiy vaziyatdagi muloqot va shaxslararo munosabatlardagi identifikatsiyaning kasbiy ko‘nikmalar negizida shakllanishi “vrach imidjini”namoyon bo‘lishida ustuvor harakterga ega ekanligi tufayli, korreksion-adaptiv bosqichdagi “kognitiv boshqaruvchanlik”, “adaptatsion”, “emotsional”, “xulqiy” komponentlarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Vrach kasbiy mahoratini rivojlantirishining psixologik mexanizmlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
amaliyotchi vrachlar kasbiy mahoratining rivojlanganlik darajasini baholashda bemor va hamkasblar bilan muloqotdagi mas’uliyatlilikning, tibbiy-ekstremal holatlarda muammoga orginal echim topishdagi fikrning chuqurligi, moslashuvchanligi, mustaqilligining, “vrach-bemor”, “vrach-bemorning yaqinlari” munosabatlari diadasidagi o‘zaro tushunish va tushuntirishning beg‘arazlik tamoyiliga asoslanganligini hisobga olish muhimligi tufayli shaxsdagi kasbiy faoliyat bilan bog‘liq “xulqiy”, “kreativ”, “kognitivlik”, “altruizm”, “ijtimoiy adaptatsiya” kabi professional attityudlarning ustuvor namoyon bo‘lishi muhim mezon ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-124-son buyrug‘i bilan “Muloqot psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-124 a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi vrachlar kasbiy mahoratining rivojlanganlik darajasini baholash mezonlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
vrachlar kasbiy mahoratining namoyon bo‘lishida “vrach-mijoz-mijozning yaqinlari” munosabatlarida bir-birining kechinmalarini autent baholash, idrok etishni aks ettiruvchi empatiyaning ratsional va hissiy kanalini, lingvistik, shaxslararo va shaxs ichki olamiga yo‘nalganlik bilan bog‘liq intellektni tibbiy muloqotdagi professional deontologiyaga simbioz ifodalanishi tufayli shaxsning emotsional xususiyatlari va intellekt tiplari ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-124-son buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-124a-son ma’lumotnomasi). Natijada vrachlar kasbiy mahoratini namoyon bo‘lishida shaxsning emotsional xususiyatlari va intellekt tiplari ta’sirini ochib berish imkoniyati yaratilgan;
vrach-bemor o‘rtasida optimal komplaensning shakllanishi insonlar va vaziyatni tushunishning altruizmga, emotsional barqarorlikning kasbiy mahoratni xulqiy, kognitiv, ijtimoiy adaptasion sifatlariga uyg‘un holda professional muloqotda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli sotsial kommunikativ kompetentlikning integral xususiyatlariga bog‘liq ekani isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-124-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-124a-son ma’lumotnomasi). Natijada vrach-bemor o‘rtasida optimal komplaensning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
vrachlardagi kasbiy mahoratning rivojlanganligini baholashda “bemor-shifokor”, “shifokor-shifokor” munosabatlaridagi disfunksional to‘siqlararni engib o‘tishni ifodalovchi konstruktiv kommunikativ sifatlar emotsional barqarorlik ta’sirida ijtimoiy tafakkurni faollashishi altruistik qarashlarni namoyon qilganligi tufayli tibbiy vaziyatlardagi kommunikativ kompetentlik, ijtimoiy persepsiya, refleksiya shaxsga ta’sir etuvchi muhim “professional-psixologik prediktorlar” ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-124-son buyrug‘i bilan “Muloqot psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-124a-son ma’lumotnomasi). Natijada vrachlardagi kasbiy mahorat rivojlanganligini baholashda sotsial-kommunikativ kompetentlikning ta’sirini tadqiq etish us'hun psixodiagnostik metodikalar tizimlashtirilgan;
vrachlarda kasbiy mahoratni rivojlantirish modeli professional tushunchalarni anglash, tibbiy vaziyatdagi muloqot va shaxslararo munosabatlardagi identifikatsiyaning kasbiy ko‘nikmalar negizida shakllanishi “vrach imidjini”namoyon bo‘lishida ustuvor harakterga ega ekanligi tufayli, korreksion-adaptiv bosqichdagi “kognitiv boshqaruvchanlik”, “adaptatsion”, “emotsional”, “xulqiy” komponentlarni uyg‘unlashtirish asosida takomilashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-124-son buyrug‘i bilan “Muloqot psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-124a-son ma’lumotnomasi). Natijada vrachlarda kasbiy mahoratni rivojlantirishga qaratilgan psixologik model hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.