Masharipov Ravqat Madraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurash bilan shug‘ullanuvchi talaba sportchilarda ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarini rejalashtirish uslublari”, 13.00.04–“Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2772.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Aliev Iskandar Baxramovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.  
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Komil Burxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Azizov Nosirjon Nematillaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kurash bilan shug‘ullanuvchi talaba-sportchilarni koʻp yillik tayyorgarlik jarayonlarini rejalashtirish uslublarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalarni samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-kurashchilarning murakkabligi turlicha bo‘lgan hajm va shiddatini me’yorlash imkoniyatlari turli yo‘nalishdagi yuklama o‘lchamlari va bellashuv faoliyati natijalarini baholash, submaksimal va maksimal yuklamalarni anaerob-alaktat, aerob-gilikolitik rejimi bo‘yicha kombinatsiyalashga ko‘ra murakkab harakatlarni samarali bajarish darajalarini izchil kengaytirish asosida aniqlashtirilgan;
talaba-kurashchilarning mikrotsikllarni oqilona rejalashtirish samaradorligi murakkablashtirilgan sharoitlarda shox usullarini hujum-himoya-qarshi hujum harakat traektoriyasini bajarishga erishish hamda turli vaznlar bilan bellashuvga qaratilgan maxsus harakat faoliyati rejimidagi tortuvchi va rivojlantiruvchi yuklamalarni og‘ir toliqishda bajariladigan mashg‘ulotlarda intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talaba-kurashchilarning turli o‘zgaruvchan sharoitlarda texnik usullarni samarali bajarish imkoniyatlarni navbatlash va takrorlash ketma-ketligi bo‘yicha jismoniy yuklamalarni mashg‘ulotning yakunlovchi nafas roslovchi va bo‘shashtiruvchi qismida qo‘llash hamda mashg‘ulot tuzilishi mazmunini prognostik rejalashtirish asosida takomillashtirilgan;
talaba-kurashchilarning makrotsikl tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni harakat ko‘nikmalari kuzgi-qishki tayyorlov, qishki musobaqa, bahorgi tayyorlov, dastlabki musobaqalashuv, asosiy musobaqalashuv bosqichlaridagi yuklama parametrlarini tezkor axborot olish imkoniyatlariga proporsional moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurash bilan shug‘ullanuvchi talaba-sportchilarni koʻp yillik tayyorgarlik jarayonlarini rejalashtirish uslublarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalarni samaradorligini asoslashda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida:
talaba-kurashchilarning murakkabligi turlicha bo‘lgan hajm va shiddatini me’yorlash imkoniyatlari turli yo‘nalishdagi yuklama o‘lchamlari va bellashuv faoliyati natijalarini baholash, submaksimal va maksimal yuklamalarni anaerob-alaktat, aerob-gilikolitik rejimi bo‘yicha kombinatsiyalashga ko‘ra murakkab harakatlarni samarali bajarish darajalarini izchil kengaytirish asosida murakkabligi turlicha bo‘lgan yuklamalar hajmi va shiddatini me’yorlash bo‘yicha takliflar “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi (kurash)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan 302-0958-son guvohnomasi). Natijada, kurashchilarning musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari 17% ga yaxshilangan;
talaba-kurashchilarning mikrotsikllarni oqilona rejalashtirish samaradorligi murakkablashtirilgan sharoitlarda shox usullarini hujum-himoya-qarshi hujum harakat traektoriyasini bajarishga erishish hamda turli vaznlar bilan bellashuvga qaratilgan maxsus harakat faoliyati rejimidagi tortuvchi va rivojlantiruvchi yuklamalarni og‘ir toliqishda bajariladigan mashg‘ulotlarda intensiv qo‘llash asosida maxsus harakat faoliyati rejimidagi intensiv mashg‘ulotlar ta’sirini qo‘llash hisobiga mikrotsikllarni oqilona rejalashtirish bo‘yicha takliflar Urganch davlat universiteti kurash mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 7-noyabrdagi                                     03-01/04/20/11821-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchilarning maxsus tayyorgarlik darajasi 14% -16 % ga yaxshilangan;
talaba-kurashchilarning turli o‘zgaruvchan sharoitlarda texnik usullarni samarali bajarish imkoniyatlarni navbatlash va takrorlash ketma-ketligi bo‘yicha jismoniy yuklamalarni mashg‘ulotning yakunlovchi nafas roslovchi va bo‘shashtiruvchi qismida qo‘llash hamda mashg‘ulot tuzilishi mazmunini prognostik rejalashtirish asosida mikrotsikllarda o‘quv mashg‘ulotlari tuzilishi va mazmunini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi (kurash)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan 302-0958-son guvohnomasi). Natijada, kurashchilarda texnik harakat ko‘rsatkichlari 18 % ga yaxshilangan;
talaba-kurashchilarning makrotsikl tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni harakat ko‘nikmalari kuzgi-qishki tayyorlov, qishki musobaqa, bahorgi tayyorlov, dastlabki musobaqalashuv, asosiy musobaqalashuv bosqichlaridagi yuklama parametrlarini tezkor axborot olish imkoniyatlariga proporsional moslashtirish asosida model tuzilishini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar Urganch davlat universiteti kurash mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 7-noyabrdagi 03-01/04/20/11821-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi 16 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish