Mirzatillaev Isroiljon Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Engil atletika to‘garaklarida zaxira sportchilarni tayyoralash samaradorligi”, 13.00.04 - “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2632.
Ilmiy rahbar: Ishtaev Dilshod Ravshanbekovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyibjon Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Taniberdiev Akmal Abdug‘anievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab engil atletika to‘garaklarida zaxira sportchilarini samarali tayyorlash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
12-13 yoshli o‘quvchilarning engil atletika mashg‘ulotlarida sportchilar zaxirasini oshirish uchun o‘quv mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan o‘yinlarni (sprint – estafeta va salom, nayza uloqtirish – aniqlikka va uzunlikka, sakrash – arg‘amchida va langarcho‘pda, chidamlilik – narvon zinalari orasidan sakrab yugurish) tabaqalashtirish hisobiga to‘garaklariga jalb qilish texnologiyasi kengaytirilgan;
umumta’lim maktablarida 12-13 yoshli o‘quvchilarni to‘garaklarga saralash uchun engil atletika to‘garaklarini tashkil qilishga qaratilgan vaqtinchalik va doimiy mashg‘ulot guruhlaridagi o‘quvchilarni jismoniy va faolligini oshirish hamda salomatligini mustahkamlshga qaratilgan tartiblashtiruvchi tizimni ishlab chiqish hisobiga ommaviy sport bilan qamrab olishda zaxira imkoniyatlari kengaytirilgan;
to‘garaklarda shug‘ullanuvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun o‘rtacha mashq rukniga to‘g‘ri keluvchi korreksion vositalarni standart va o‘zgaruvchan mashq uslubiyatini qo‘llash hisobiga yetakchi jismoniy sifatlarni oshirishga erishilgan;
engil atletika bilan shug‘ullanuvchi 12-13 yoshli maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan jismoniy tarbiya vositalarini shiddat va hajm uzlyuksizligini o‘yin jarayonlarida optimal me’yorlash orqali mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan mashqlar ritmini differensial belgilash, jismoniy tayyorgarligini oshirish mutonisibligiga erishilgan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil atletika to‘garaklarida zaxira sportchilarni tayyoralash samaradorligi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
12-13 yoshli o‘quvchilarning engil atletika mashg‘ulotlarida sportchilar zaxirasini oshirish uchun o‘quv mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishda qo‘llaniladigan o‘yinlarni (sprint – estafeta va slalom, nayza uloqtirish – aniqlikka va uzunlikka, sakrash – arg;amchida va langar cho‘pda, chidamlilik – narvon zinalari orasidan sakrab yugurish) tabaqalashtirish bo‘yicha takliflar “Engil atletikani o‘rgatish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 13-sentyabrdagi 03-01/04/20/9464-son dalolatnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi 16,8% ga yaxshilangan;
umumta’lim maktablarida 12-13 yoshli o‘quvchilarni to‘garaklarga saralash uchun engil atletika to‘garaklarini tashkil qilishga qaratilgan vaqtinchalik va doimiy mashg‘ulot guruhlaridagi o‘quvchilarni jismoniy va faolligini oshirish hamda salomatligini mustahkamlshga qaratilgan tartiblashtiruvchi tizimni ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanidagi 248 sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilarining engil atletika to‘garaklar jarayoniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 13-sentyabrdagi 03-01/04/20/9464-son dalolatnomasi). Natijada engil atletika to‘garaklariga qamrab olish 22,5% ga yaxshilangan;
to‘garaklarda shug‘ullanuvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun o‘rtacha mashq rukniga to‘g‘ri keluvchi korreksion vositalarni standart va o‘zgaruvchan mashq uslubiyatini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanidagi 148-son umumta’lim maktabi o‘quvchilarining engil atletika to‘garaklariga kirtilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 13-sentyabrdagi 03-01/04/20/9464-son dalolatnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi 18,1% ga, maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi 12,4% ga oshgan.
engil atletika bilan shug‘ullanuvchi 12-13 yoshli maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan jismoniy tarbiya vositalarini shiddat va hajm uzlyuksizligini o‘yin jarayonlarida optimal me’yorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanidagi 248-son umumta’lim maktabi o‘quvchilarining engil atletika to‘garaklariga kirtilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 13-sentyabrdagi 03-01/04/20/9464-son dalolatnomasi). Natijada engil atletika to‘garaklarida shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganlik darajasini 4,6 % ga oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish