Xaydarov Bekzod Shukuralievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nayza uloqtiruvchilarning mashgʻulot jarayonini takomillashtirish samaradorligi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2035.
Ilmiy rahbar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent,
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Dadabaev Odiljon Jaloliddinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdullaev Mexriddin Junaydulloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nayza uloqtiruvchilarning texnik tayyorgarlik darajasini rivojlantiruvchi metodikasini ishlab chiqish asosida mashg‘ulotlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nayza uloqtiruvchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini (mikrotsikl, mezotsikl) rejalashtirish asosida yozgi musobaqa oldi tayyorgarlik haftasida qo‘llaniladigan mashg‘ulot uslubiyatini (portlovchi kuchni rivojlantirishda shtangani ko‘taradigan vazniga nisbatan nisbiy og‘irligi bilan belgilangan vaqt davomida  yuklamalar hajmini o‘zgartirish) ishlab chiqish hisobiga uloqtiruvchilarni mashg‘ulot jarayonini takomillashtilgan;
nayza uloqtiruvchilarning uloqtirishda chalishtirma qadamlar ritmini bir me’yorga keltirish uchun maxsus mashqlar majmuasiga kichik g‘ovlarda yon tomonlama yugurish, shtanga grifini elkaga, yuqoriga ko‘targan holatda yugurish elementlarini singdirish hisobiga yugurib kelib nayzaga oxirgi kuch berish texnikasini bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
nayza uloqtiruvchilar maxsus texnik harakat tayyorgarligini (oxirgi kuch berish, snaryadni uchib chiqarish burchagini optimallashtirish) uchun ishlab chiqilgan “Jevelin Bek Imitation-800” trenajor uskunasidan foydalanish hisobiga nayzaning uchib chiqish burchagini taminlovchi texnik harakatlar takomillashtirilgan;
nayza uloqtiruvchilarning yugurib kelish va oxirgi kuch berish fazalar bo‘gliqligini uyg‘unlashtirish asosida indvidual uloqtirish texnikasini takomillashtirishga qaratilgan kompleks mashg‘ulot modulini intinsiv mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash hisobiga musobaqalarida yuqori sport natijalarga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport takomillashuv guruhi nayza uloqtiruvchilarining yillik mashg‘ulotlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
nayza uloqtiruvchilarni yillik tayyorgarligining bosqich va davrlaridagi mashg‘ulot yuklamalari hajmi o‘quv dasturidagi komponentlarini hisobga olgan holda yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlariga mos ravishda rejalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarning mazmuni asosida «Sport pedagogik mahoratini oshirish (Engil atletika)» nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 18-sentyabrdagi 03-01/04/20/9627-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarning jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha bo‘y uzunligi 3,7 %, tana vaznii 4,6 %, elka kengligi 1,9 % ga o‘sgan;
engil atletika bilan shug'ullanuvchi o‘quvchi yoshlarda yillik tayyorgarlikning barcha sikllarida yuklamalar meʼyoriy hajmlari o‘quvchilarning funksional tayyorgarligini inobatga olgan holda ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etilgan. Nayza uloqtiruvchilarni yillik tayyorgarlik mashg'ulotlarining mikro, mezo va makrotsikllarida qo‘llaniladigan vositalarni shiddat zonalari bo‘yicha takrorlanishlar soni, dam olish oralig‘ini sportchilarning individual xususiyatlarini mashg'ulot yuklamalariga mosligi bo‘yicha olib borilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 18-sentyabrdagi
03-01/04/20/9627-son ma’lumotnomasi) Tadqiqot natijasida nayza uloqtiruvchilarning musobaqa natijalari 9,6 % ga yaxshilangan;
nayza uloqtiruvchilarni yillik tayyorgarligining bosqich va davrlaridagi mashg‘ulot yuklamalari hajmi o‘quv dasturidagi komponentlarini hisobga olgan holda yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlariga mos ravishda rejalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarning mazmuni asosida «Sport pedagogik mahoratini oshirish (Engil atletika)» nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 18-sentyabrdagi 03-01/04/20/9627-son ma’lumotnomasi). Natijada nayza uloqtiruvchilarni sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi 14,3 % ga oshgan;
nayza uloqtiruvchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida funksional holatini inobatga olgan holda rejalashtirishning optimallashtirilgan tuzilmasi amaliyotga tatbiq etilib uning samaradorligi aniqlangan. Asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida yillik mashg‘ulot vositalari jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan. (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 18-sentyabrdagi 03-01/04/20/9627-son ma’lumotnomasi) Natijada mashg'ulotlarda nayza uloqtiruvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi 12,9% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish