Murotova Dilnoza Xasan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘ nomi): “Uzr nutqiy aktining lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va komryuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2336.
Ilmiy rahbar: Matkarimova Ashurxon Ismoilovna, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shoxistaxon Muxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rahmatullaeva Dilafruzxon Shuhratovna, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi muloqotda uzr so’rashni ifodalovchi til vosita-larining lingvorragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“uzr” nutqiy aktini ifodalovchi til vositalarining inson nutq faoliyatining ajralmas qismi sifatidagi universal hodisa ekanligi va o’zbek, ingliz, rus, yapon, koreys tillarida fonologik, morfologik, leksik, sintaktik, stilistik hamda paralingvistik birliklarning real voqelanishi uchun unikal imkoniyatlar mavjudligi asoslangan;
“uzr” nutqiy aktini voqelantirilishining morfologik, leksik, sintaktik va stilistik tavsifi, rasmiy va norasmiy nutqning leksik-semantik guruhlari, turli shakllari va ularning funksional-semantik jihatdan vaziyatga oid o’zaro munosabatlari aniqlangan;
“uzr” nutqiy aktidagi lisoniy va madaniy tafovutlar funksional-semantik jihatdan vaziyatga oid munosabatlar asosida rasmiy va norasmiy nutqda uzr akti, ota-onadan uzr so’rash, do’stlardan uzr so’rash, qalbaki uzr so’rash, kesatiq/qochiriq orqali uzr so’rash, boshliq va rahbarlardan uzr so’rash, harbiy sohada uzr so’rash kabi leksik-semantik guruhlari isbotlangan;
“uzr” nutqiy aktining kommunikativ-rragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari shakllanishida ijtimoiy munosabatning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi tizimiy hamda millatning kundalik turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq vazifaviy xususiyatlarining milliy-madaniy aloqadorligi asosida yuzaga keladigan hodisa ekanligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzr nutqiy aktining lingvokulturologik tadqiqi bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan:
“uzr” nutqiy aktini ifodalovchi til vositalarining inson nutq faoliyatining ajralmas qismi sifatidagi universal hodisa ekanligi va o’zbek, ingliz, rus, yapon, koreys tillarida fonologik, morfologik, leksik, sintaktik, stilistik hamda paralingvistik birliklarning real voqelanishi uchun unikal imkoniyatlar mavjudligiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-komunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o’quv jarayoniga joriy etish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand davlat chet tillari institutining 2024-yil 16-noyabrdagi 1094/02-son ma’lumotnomasi). Natijada uzr so’rashni ifodalovchi til birliklari orqali ijtimoiy muloqot, siyosiy-diplomatik munosabatlar hamda millat madaniyatini tushunish, uzr nutqiy aktini ifodalovchi til vositalarining lingvopragmatik jihatdan tadqiqi, ikki yoki undan ortiq xalqning o’zaro bir-birlarining madaniyati, mentaliteti, e’tiqodi, an’analari, qadriyatlarini kengroq anglash nafaqat so’zlovchiga, balki tinglovchiga nisbatan ham ta’sir ko’rsatishi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalari dalillangan;
“uzr” nutqiy aktidagi lisoniy va madaniy tafovutlar funksional-semantik jihatdan vaziyatga oid munosabatlar asosida rasmiy va norasmiy nutqda uzr akti, ota-onadan uzr so’rash, do’stlardan uzr so’rash, qalbaki uzr so’rash, kesatiq/qochiriq orqali uzr so’rash, boshliq va rahbarlardan uzr so’rash, harbiy sohada uzr so’rash kabi leksik-semantik guruhlari xususidagi xulosalar Qarshi davlat universitetida 2021-2024-yillarga mo’ljallangan SUZ-800-21-GR3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 20-noyabrdagi 04/4456-son ma’lumotnomasi). Natijada til birliklarining sistemaviy xususiyatlarini o’rganish hamda til birliklari substansial xususiyatlarining pragmatik yuzaga chiqishiga doir masalalarni oydinlashtirish masalalari dalillangan;
“uzr” nutqiy aktining kommunikativ-rragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari shakllanishida ijtimoiy munosabatning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi tizimiy hamda millatning kundalik turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq vazifaviy xususiyatlarining milliy-madaniy aloqadorligi asosida yuzaga keladigan hodisa ekanligi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan O’zbekiston Milliy teleradiokomraniyasining “O’zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Notiqlik san’ati”, “Adabiy jarayon” nomli eshittirishlarning 2024-yil fevral va sentabr oylaridagi sonlarida foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokomraniyasi “O’zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 19-sentabr 04-86-1413-son ma’lumotnomasi). Natijada uzr nutqiy aktini ifodalovchi til birliklarining sotsiolingvistik va rsixolingvistik xususiyatlarini o’rganish hamda kommunikativ-rragmatik va lingvokulturologik talqinlarining ilmiy ta’minotini yoritib borish kabi amaliyotlari mukammallashgan.