Komilova Nilufar Abdilkadimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gender konseptual semantikasi verbalizatorlari va ularning lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy tadqiqi (hozirgi zamon ingliz va o‘zbek tillari materialida)”,  10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1374.
Ilmiy rahbar: Hoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori; Ziyaev Avaz Ikhtiyorovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi gender konseptual semantikasini voqelantiruvchi verbal va noverbal til birliklarini struktural-semantik, kommunikativ-pragmatik, qiyosiy-tipologik va lingvokulturologik nuqtayi nazardan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 «gender» konseptual semantikasini voqelantiruvchi barcha verbal va noverbal birliklar genderemalar deb nomlanib, «gender makromaydoni» birliklari sifatida belgilangan hamda ushbu maydon yadrosi, dominantasi va periferiyasini tashkil etuvchi konstituentlari aniqlangan;
turli tizimli tillarda «gender» konsepti verbalizatorlarining sathlararo terminologiyasi (fonogenderema, morfogenderema, leksogenderema, frazegenderema, sentensogenderema, frazeogenderema va tekstogenderema) ishlab chiqilgan hamda ingliz va o‘zbek tillaridan olingan misollar yordamida asoslangan;
har ikki tilda qiyoslanayotgan lingvokulturologik xususiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi genderemalar ayni bir vaqtda ikki xil ma’no: denotativ ma’no va kulturologik ma’nolar ifodalashligi dalillangan;
«gender» konseptini voqelantiruvchi lisoniy birliklar til sathlari bo‘yicha struktur-semanik, lingvokognitiv, lingvopragmatik va lingvokulturologik maqomi hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi izomorf va allomorf xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz-o‘zbek tillaridagi gender konseptual semantikasi verbalizatorlarining lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
«gender» konseptual semanikasi verbalizatorlarining verbal va noverbal turlari turli tizimli tillar hisoblangan ingliz va o‘zbek tillarida ilk marta qiyosiy kesimda tahlil qilishga qaratilgan xulosalaridan ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbekistan State University of World LanguaGES and Valladolid University (Spain) - 2019-1-ES01-KA107-061356 (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Valyadolid universiteti (Ispaniya) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022-yil 9-iyunidagi IRD/22164-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy jihatdan boyitilib, undagi til va tafakkur, til va madaniyat munosabatlariga doir nazariy asoslar takomillashtirilgan;
turli tizimli tillarda «gender» konsepti verbalizatorlarining sathlararo terminologiyasi (fonogenderema, morfogenderema, leksogenderema, frazegenderema, sentensogenderema, frazeogenderema va tekstogenderema) ishlab chiqish hamda ingliz va o‘zbek tillaridan olingan misollar yordamida asoslab berish, «gender» konsepti va «gender-til-madaniyat» tushunchalarining o‘zaro aloqasi va munosabatini aniqlash, semantikasida milliy-madaniy ma’noni bevosita aks ettirgan genderemalarning shakllanish manbalarini belgilash, struktural-semantik va lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishga doir ilmiy natija hamda xulosalaridan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan «O‘zbekiston milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish» mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, «O‘zbek milliy raqs san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati»ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022-yil 10-iyundagi 1/04-25-son ma’lumotnomasi). Natijada raqs san’atiga oid lingvistik birliklarda «gender» konseptining voqelanishi masalasiga oydinlik kiritish, ingliz va o‘zbek lingvomadaniy birliklari tarkibidagi genderemalarning lingvistik, milliy-madaniy va kommunikativ funksiyalarini aniqlashga doir ilmiy-nazariy qarashlar mukammallashgan;
 «gender» konseptual semantikasini voqelantiruvchi barcha verbal va noverbal birliklar genderemalar deb nomlanib, «gender makromaydoni» birliklari sifatida belgilangan hamda ushbu maydon yadrosi, dominantasi va periferiyasini tashkil etuvchi konstituentlarining ingliz va o‘zbek tillari lisoniy manzarasida aks etishiga doir nazariy va amaliy xulosalar hamda tavsiyalaridan Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida o‘qitiladigan umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan «O‘zbek tili» darsligida, 2021-2022-yillar davomida Qozog‘iston o‘zbek etnomadaniyat birlashmalari «Do‘stlik» hamjamiyati qoshidagi «Ijodkor» adabiy uyushmasining targ‘ibot faoliyatida, xususan, birlashma tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-nazariy konferensiyalarda hamda ilmiy-adabiy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda foydalanilgan (Qozog‘iston o‘zbek etnomadaniyat birlashmalari «Do‘stlik» hamjamiyatining 2022-yil 20-iyunidagi 44-son ma’lumotnomasi). Natijada qozog‘istonlik talabalar uchun mo‘ljallangan darslik mazmuni boyitilgan;
har ikki tilda qiyoslanayotgan lingvokulturologik xususiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi genderemalar struktural-semantik xususiyatga ega ekanligi hamda ayni bir vaqtda ikki xil ma’no: denotativ ma’no va kulturologik ma’nolar ifodalashligini ilmiy dalillash jarayonida duch kelinayotgan bir qator dolzarb muammolar hamda ularga ilmiy jihatdan asoslangan yechimlar topishga doir ilmiy xulosa va materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Ma’naviy-marifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” radioeshittirishlarining 2022 yil yanvar va may oylari sonlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 04-36-810 son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirishlarning mazmuni boyitilib, ilmiy salmog‘i ortgan;
«gender» konseptual semantikasini voqelantiruvchi barcha verbal va noverbal birliklar genderemalar deb nomlanib, «gender makromaydoni» birliklari sifatida belgilangan hamda ushbu maydon yadrosi, dominantasi va periferiyasini tashkil etuvchi konstituentlari ochib berilganligi borasidagi xulosalardan Istanbul Universitetining «Evropa Ittifoqining COST dasturi doirasidagi Evroosiyo turkiy dunyosining boshqa lingvokulturologik millatlar ta’limi bilan tillararo va madaniyatlararo aloqalari muammolari, ingliz tilidan o‘zlashtirilgan tahlil asosida (Evropa fan va madaniyat sohasidagi hamkorlik) nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Istanbul Universitetining 53-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy jihatdan boyitilib, undagi til va gender, genderemalarning pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlariga doir nazariy asoslar takomillashtirilgan hamda gender lingvistikasi va lingvokulturologiya fanlari genderga oid yangi nazariy ma'lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish