Kosimova Mukammalxon Umaralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz ish hujjatlari matnining lisoniy tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil.3508.
Ilmiy rahbar: Ganieva Dildoraxon Azizovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Shahzoda Tohirjon qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi ish yuritish hujjatlarini qiyosiy tadqiq etish hamda bu orqali ikki tildagi hujjatlar tili o‘rtasidagi umumiylik va farqlanishlarni aniqlash.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillarida ish yuritish hujjatlariga doir lingvistik tasniflar aniqlanib, o‘zbek tilidagi hujjat turlari qonun hujjatlari, ma’muriy-boshqaruv hujjatlari, ma’lumot berish hujjatlari, xizmat yozishmalari (xatlari) ekanligi dalillangan;
muloqotning maqsadi, mavzusi, tarkibi, nutqning shakli, muloqotning shart va holati rasmiy hujjatlar shakllanishida ekstralingvistik omillar sifatida, sarlavhaning mavjudligi, ifoda uslubining standartligi, murojaat qismiga egaligi ularning struktur xususiyatlari sifatida o‘zbek va ingliz tillaridagi misollar orqali asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi rasmiy matnlarning, xususan, xizmat yozishmalarining mazmun-mohiyatini to‘g‘ri bayon etishda lisoniy vositalar tanlovi muhimligi, rasmiy matnlarda sinonim birliklardan foydalanish, ko‘p ma’noli so‘zlarning ishlatilishi ingliz hujjatlariga xos ekanligi isbotlangan;
ikki tildagi hujjatlarda so‘z birikmalari strukturasi, faol qo‘llanadigan gap turlari, qo‘shma va murakkab gap turlari kabi sintaktik xususiyatlar, fe’l zamonlari va majhul nisbatdan foydalanishdagi farqlar, buyruq va iltimosni ifodalashda qo‘llaniladigan strukturalar rasmiy xatlar matni yordamida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida ish yuritish hujjatlari matnining qiyosiy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida ish yuritish hujjatlariga doir lingvistik tasniflar aniqlanib, o‘zbek tilidagi hujjat turlari qonun hujjatlari, ma’muriy-boshqaruv hujjatlari, ma’lumot berish hujjatlari, xizmat yozishmalari (xatlari) ekanligi dalillanganligiga doir xulosa va ilmiy natijalaridan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 29-apreldagi 1/04-90-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari mukammallashtirilgan va ilmiy-amaliy dalillar bilan boyitilgan;
muloqotning maqsadi, mavzusi, tarkibi, nutqning shakli, muloqotning shart va holati rasmiy hujjatlar shakllanishida ekstralingvistik omillar sifatida, sarlavhaning mavjudligi, ufoda uslubining standartligi, murojaat qismiga egaligi ularning struktur xususiyatlari sifatida o‘zbek va ingliz tillaridagi misollar orqali asoslanganiga hamda ikki tildagi hujjatlarda so‘z birikmalari strukturasi, faol qo‘llanadigan gap turlari, qo‘shma va murakkab gap turlari kabi sintaktik xususiyatlar, fe’l zamonlari va majhul nisbatdan foydalanishdagi farqlar, buyruq va iltimosni ifodalashda qo‘llaniladigan strukturalar rasmiy xatlar matni yordamida dalillanganligi asosida chiqarilgan xulosalar Farg‘ona davlat universitetida 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyihasida ishning turli tillardagi rasmiy uslubning va hujjatlar tilining farqli va o‘xshash jihatlarini tahlil qilish asoslaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 28-noyabrdagi 04-5951-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida amalga oshirilgan darslar va tadbirlarning mukammallashuviga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi rasmiy matnlarning, xususan, xizmat yozishmalarining mazmun-mohiyatini to‘g‘ri bayon etishda lisoniy vositalar tanlovi muhimligi, rasmiy matnlarda sinonim birliklardan foydalanish, ko‘p ma’noli so‘zlarning ishlatilishi ingliz hujjatlariga xos ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha xulosa va ilmiy qarashlardan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari senariysini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalining 2024-yil 25-apreldagi 26-36-895-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashgan va eshittirishlarda taqdim etilgan mazkur ilmiy natijalar tomoshabinlarning o‘zbek va ingliz tillariga xos rasmiy uslubni o‘rganishda, xizmat yozishmalarining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda turli lisoniy vositalarni o‘rinli qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etgan.