Usmonova Shaxnoza Yoqubjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillaridagi landshaft terminlarining struktural-semantik va kognitiv tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3591.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03.30.12.2019.Fil.05.02
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi landshaft terminlarining shog‘ishtirma tadqiqini amalga oshirish, turli tizimdagi tillarning landshaft terminlarining struktur-semantik, kognitiv, lingvokulturologik xususiyatlarini oshib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek  va ingliz terminologik tizimida landshaft terminlarining tutgan o‘rni aniqlanib, ularni chog‘ishtirish asnosida morfologik va sintaktik usul bilan termin yasalishi doirasida ushbu tillarga xos lingvistik xususiyatlar aniqlangan;
 landshaft terminlarini tipologik o‘rganish zaruriyati, o‘zbek va ingliz tillaridagi landshaft terminlarining strukturaviy tuzilishi, leksik-semantik va derivatsion xususiyatlari, mazkur tillardagi landshaftlar shakllanishida o‘zlashma qatlamning o‘rni morfologik, leksik, sintaktik, transliteratsiya, frazeologik xususiyatlar asosida ochib berilgan;
landshaft terminologik tizimi birliklari tarjimasi adekvatligini ta’minlashda potensial iste’molshi (oddiy, lingvistik nomutaxassis aholi)ga tushunarli bo‘lishi maqsadining ustuvorligi dalillangan;
landshaft terminlari yasalishida salbiy va ijobiy baho sifatida termin-metaforalarning mavjudligi hamda metonimik ko‘shimning modellari belgilanib, bu terminlarga xos metaforalarning ijtimoiy, madaniy, tabiiy va o‘zaro muloqot muhitlari orqali shakllanadigan kognitiv va konseptual turlarining nutq ta’sirshanligini oshirishdagi ahamiyati lisoniy dalillar yordamida asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillardagi landshaft  terminlarining lingvistik xususiyatlarini tadqiq etish orqali olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
o‘zbek  va ingliz terminologik tizimida landshaft terminlarining tutgan o‘rni aniqlanib, ularni chog‘ishtirish asnosida morfologik va sintaktik usul bilan termin yasalish orqali ushbu tillarga xos lingvistik xususiyatlari haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-AI-G004 “Qoraqalpoqlar tasavvuridagi ayol timsoli: etnologik tadqiqotlar” mavzusidagi fundamental va amaliy-ilmiy loyihada foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 7-dekabrdagi 497/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihani ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy jihatdan boyitilishga erishilgan;
landshaft terminlarini tipologik o‘rganish zaruriyati, o‘zbek va ingliz tillaridagi landshaft terminlarining strukturaviy tuzilishi, leksik-semantik va derivatsion xususiyatlari, mazkur tillardagi landshaftlar shakllanishida o‘zlashma qatlamning o‘rni morfologik, leksik, sintaktik, transliteratsiya, frazeologik xususiyatlar asosida oid qarashlardan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan №OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyiha doirasida samarali foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 18-dekabrdagi 04/6398-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan yoshlarning qardosh xalqlar bilan ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy-siyosiy aloqalari doirasidagi lingvistik va nolingvistik omillarni o‘rganish hamda o‘rganilayotgan tillardagi landshaft lug‘atiga xos baholash ma’nolarini shakllantirishda konseptual metafora ta’sirini aniqlash yuzasidan yozilgan ilmiy tavsiyalar asosida loyihaning takomillashuviga erishilgan;
landshaft terminlari yasalishida salbiy va ijobiy baho sifatida termin-metaforalarning mavjudligi hamda metonimik ko‘shimning modellari belgilanib, bu terminlarga xos metaforalarning ijtimoiy, madaniy, tabiiy va o‘zaro muloqot muhitlari orqali shakllanadigan kognitiv va konseptual turlarining nutq ta’sirshanligini oshirishdagi ahamiyati borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limining 2023-yil 7-dekabrdagi 206-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotchi viloyat miqyosida o‘tkazilgan tadbir va anjumanlarning ssenariylarini ishlab chiqishda bevosita  ishtirok etgan va natijada uyushma faoliyatida qo‘llanilgan matnlarning til qoidalari  asosida yozilishiga, shuningdek, ijodkor yoshlar o‘rtasida badiiy tarjima mahoratini  oshirishga amaliy jihatdan  ko‘mak bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish