Xodjaeva NargizaTavakkalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro va mintaqaviy turizm terminalogiyasining lingvomadaniy tadqiqi (rus va o‘zbek materiallari asosida), 10.00.06 –  Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2313.
Ilmiy rahbar: Zokirov Muxtar Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Nabieva Dilora Abduxamidovna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Altmisheva Yorqinoy Majidovna.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika institutini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillaridagi turistik terminlarni lingvokulturologiya nuqtayi nazaridan chog‘ishtirma o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalqaro hamda mintaqaviy turizm terminlarining kelib chiqish xususiyatlari (bevosita o‘zlashmalar; bilvosita o‘zlashmalar yoki kalkalar; shuningdek, yarim kalkalar deb nomlanadigan aralash shakllar) va shakllanish usullari (shakllanishi, abbreviatura) asoslangan;
xalqaro va mintaqaviy turizm terminlarining zamonaviy rus va o‘zbek tillaridagi turizm sohasida taklif etilayotgan tovarlar, xizmatlar, uskunalar va tizimlarning nomlari, turizm turlarining nomlari, turizm sanoati xodimlarining mutaxassislik nomlari; tashkilotlar, idoralar va dasturlarning nomlari kabi leksik-tematik guruhlari aniqlangan;
rus va o‘zbek tillari hamda madaniyatlarini aks ettiruvchi turistik terminlar tuzilishiga ko‘ra, tub va yasama, bir komponentli va ko‘p komponentli leksik birliklardan iborat ekanligi isbotlangan;
Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining madaniyati, an’analari va urf-odatlarini hisobga olgan holda rus mintaqaviy turizm terminlarining asosiy leksik guruhi diniy va madaniy-tarixiy mavzudagi terminlardan, o‘zbek mintaqaviy turizm terminlarining asosiy leksik guruhlarini madaniy, tarixiy va gastronomik mavzudagi terminlar tashkil etishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini hisobga olgan holda rus mintaqaviy turizm terminlarining asosiy leksik guruhi diniy va madaniy-tarixiy mavzudagi terminlardan, o‘zbek mintaqaviy turizm terminlarining asosiy leksik guruhlarini madaniy, tarixiy va gastronomik mavzudagi terminlar tashkil etishiga oid tavsiyalardan
2020-2021-yillarga mo‘ljallangan F3-2019081663-sonli “Milliy raqs targ‘ibotiga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 20-dekabrdagi 1/04-son ma’lumotnomasinomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan “O‘zbek xalq amaliy sanʼati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lugʻati” tegishli xalqaro va mintaqaviy terminlar bilan boyitilgan;
xalqaro va mintaqaviy turizm terminlarining zamonaviy rus va o‘zbek tillaridagi turizm sohasida taklif etilayotgan tovarlar, xizmatlar, uskunalar va tizimlarning nomlari, turizm turlarining nomlari, turizm sanoati xodimlarining mutaxassislik nomlari; tashkilotlar, idoralar va dasturlarning nomlari kabi leksik-tematik guruhlariga oid materiallaridan 2022-yil 20-iyundan 20-dekabrgacha “Do‘stlik – tinchlik garovi” nomli 1-sonli davlat granti loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika tojik milliy madaniyat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limining 2023-yil 28-iyuldagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm terminlaridan foydalanishga oid ilmiy xulosa va tavsiyalar iqtisodiy madaniyat va turizm salohiyatini oshirish hamda turizm sohasini barqaror rivojlantirish mezonlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
xalqaro hamda mintaqaviy turizm terminlarining kelib chiqish xususiyatlari (bevosita o‘zlashmalar; bilvosita o‘zlashmalar yoki kalkalar; shuningdek, yarim kalkalar deb nomlanadigan aralash shakllar) va shakllanish usullari (shakllanishi, abbreviatura)ning xususiyatlariga oid xulosalardan “Adabiy muhit”, “Ochiq muloqot”, “Yoshlar vaqti” teleko‘rsatuvlari va radio dasturlari uchun materiallar tayyorlashda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-iyuldagi 01-12-04/81-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni yangi ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qildi, radio va teleko‘rsatuvlarning tayyorlangan materiallari mazmuni turizm terminologiyasi, har ikki davlatning terminlarini shakllantirish va qo‘llash usullariga oid yangi, dolzarb ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish