Nurmatova Munisxon Mashrabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy yuz (face) hodisasini voqelantiruvchi vositalarning lingvopragmatik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3880.
Ilmiy rahbar: Ganieva Dildoraxon Azizovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sodikov Zohidjon Yakubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Vositov Valijon Abduvaxobovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy yuz hodisasini voqelantiruvchi lisoniy vositalarni lingvopragmatik jihatdan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xushmuomalalik va ijtimoiy yuz hodisasining qo‘llanish tamoyillari, strategiyalari, substrategiyalari, ijtimoiy yuzni saqlovchi va unga putur etkazuvchi harakatlarga doir lingvistik qarashlar aniqlanib, o‘zbek tiliga “ijtimoiy yuz” tushunchasining kiritilishi asoslangan;
tinglovchi va so‘zlovchining ijtimoiy yuziga putur etkazuvchi salbiy baho berish, befarqlikni namoyon etish, biror ish yoki harakatni amalga oshirishga undash, so‘zlovchining yaxshi/yomon xislatlariga nisbatan fikr bildirish, jismoniy yoki emotsional nazoratni yo‘qotish, o‘zini kamsitish, aybini tan olish; uzr so‘rash yoki uzrini qabul qilish, ijtimoiy jihatdan nomaqbul holatlarga javob berish kabi nutqiy harakatlar ingliz va o‘zbek tillari materiallari orqali asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarini chog‘ishtirish natijasida muloqot jarayonida ijtimoiy yuzni voqelantiruvchi lisoniy va nolisoniy vositalar orqali muloqot ishtirokchilarining ijobiy yuzi (xushmuomalalik orqali qabul qilinish, e’tirof etilish), salbiy yuzi (shaxsiy chegaralarini buzmagan holda, o‘zaro masofani saqlab muomala qilish)ning lingvopragmatik xususiyatlari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida ijtimoiy yuzni saqlash uchun xizmat qiladigan ijobiy va salbiy, direktiv va nodirektiv strategiyalar, paralingvistik vositalarning ijtimoiy yuz bilan bog‘liq xususiyatlari muloqot jarayonining mukammal va to‘liq bo‘lishi uchun xizmat qilishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. zamonaviy ingliz va o‘zbek tillarida ijtimoiy yuz hodisasini voqelantiruvchi lisoniy vositalarni lingvopragmatik jihatdan tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xushmuomalalik va ijtimoiy yuz hodisasining qo‘llanish tamoyillari, strategiyalari, substrategiyalari, ijtimoiy yuzni saqlovchi va unga putur etkazuvchi harakatlarga doir lingvistik qarashlar aniqlanib, o‘zbek tiliga “ijtimoiy yuz” tushunchasining kiritilganigi; ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida ijtimoiy yuzni saqlash uchun xizmat qiladigan ijobiy va salbiy, nodirektiv va direktiv strategiyalar, paralingvistik vositalarning ijtimoiy yuz bilan bog‘liq xususiyatlari muloqot jarayonining mukammal va to‘liq bo‘lishi uchun xizmat qilishiga doir xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2019-2021-yillarda bajarilgan “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti tomonidan 2024-yil 19-fevralda berilgan 04/979-son ma’lumotnoma). Natijada talabalarning ingliz va o‘zbek tillarida ogʻzaki hamda yozma nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ularning madaniyatlararo muloqot jarayonlaridagi faoliyatlarini yaxshilashga erishilgan;
tinglovchi va so‘zlovchining ijtimoiy yuziga putur etkazuvchi salbiy baho berish, befarqlikni namoyon etish, biror ish yoki harakatni amalga oshirishga undash, so‘zlovchining yaxshi/yomon xislatlariga nisbatan fikr bildirish, jismoniy yoki emotsional nazoratni yo‘qotish, o‘zini kamsitish, aybini tan olish; uzr so‘rash yoki uzrini qabul qilish, ijtimoiy jihatdan nomaqbul holatlarga javob berish kabi nutqiy harakatlar ingliz va o‘zbek tillari materiallari orqali asoslanganligi yuzasidan xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022-yillarda bajarilgan “Change academy” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti tomonidan 2023-yil 19-dekabrda berilgan 04/6417-son ma’lumotnoma). Natijada dissertatsiya materiallari loyiha doirasida amalga oshirilgan mashg‘ulotlar va tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarini chog‘ishtirish natijasida muloqot jarayonida ijtimoiy yuzni voqelantiruvchi lisoniy va nolisoniy vositalar orqali muloqot ishtirokchilarining ijobiy yuzi (xushmuomalalik orqali qabul qilinish, e’tirof etilish), salbiy yuzi (shaxsiy chegaralarini buzmagan holda, o‘zaro masofani saqlab muomala qilish)ning lingvopragmatik xususiyatlari yuzasidan olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida yosh avlodni ma’naviy komillik, har tomonlama barkamol va istiqlolga sodiqlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlash hamda ijodkor yoshlar uchun turli seminar va tadbirlar tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyat kengashining 2023-yil 14-dekabrdagi 02-22/993-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari barkamol shaxsni tarbiyalash va ular ongiga milliy mustaqillik g‘oyasini singdirish masalalarida muhim asos bo‘lib xizmat qilgan.